Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120
84019 (2)

137
Eksport
 —
mamlakatda ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlarga 
sotilgan tovar va xizmatlar.
Import
— chet mamlakatlardan sotib olingan tovar va xizmatlar.
Tashqi savdo hajmi
 —
mamlakat import va eksportini tashkil 
etuvchi tovar va xizmatlarining jami qiymati.
Tashqi savdo balansi (saldosi)
 
— mamlakatning eksport va import 
hajmlari orasidagi farq.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet mamlakatlarga 
sotish 
eksport
deb ataladi. Tovar va xizmatlarni chet mamlakatlardan sotib 
olishga esa 
import
deyiladi.
 
Mamlakatning import va eksport qilgan tovar 
va xizmatlari qiymatlarining yig‘indisi 
tashqi savdo
hajmini aniqlaydi. 
Tashqi savdo hajmi mamlakatning xalqaro savdo-sotiq jarayonida 
qanchalik ishtirok etayotganini bildiradi. Mamlakatning xalqaro savdo-
sotiqdagi ishtirokining samaradorligini import va eksport hajmlarini 
taqqoslash yordamida aniqlash mumkin. Mamlakatning eksporti va 
importi hajmlari orasidagi farq
tashqi savdo balansi (saldosi)ni
aniqlaydi. 
Agar mamlakatning chetga sotayotgan eksport tovar va xizmatlari hajmi 
mamlakatga keltirilayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‘p 
bo‘lsa, tashqi savdo balansi (saldosi) musbat bo‘ladi. Aks holda esa tashqi 
savdo balansi (saldosi) manfiy bo‘lib, xalqaro savdo-sotiqda muammolar 
paydo bo‘ladi. Chunki tovarlarni chetga sotishdan tushgan chet el valutasi 
miqdori chetdan olib kelinayotgan tovarlarni sotib olishga yetmay qoladi. 
Natijada tashqi savdoda valuta tanqisligi vujudga keladi.
1. Davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqning ahamiyati nimada?
2. Mutlaq va nisbiy ustunlik tamoyillarining bir-biridan farqi nimada? 
3. Mamlakatimiz qanday tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha MDH 
mamlakatlariga nisbatan mutlaq ustunlikka ega deb o‘ylaysiz?
4. Import va eksportning bir-biridan farqi nimada? 
5. Mamlakatning tashqi savdo hajmi nimadan tashkil topadi?
6. Mamlakatning tashqi savdo saldosi qachon manfiy va qachon musbat 
bo‘ladi? Bularning qay biri mamlakat uchun foydali?

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə