Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə21/23
tarix27.02.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#101572
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
mustaqil ta\'lim Iqtisodiyot nazariyasi

16-mavzu

Raqobat va monopoliya. Antimonopol qonunchilik


  1. Raqobatchilik munosabatlarining rivojlanishi qanday bosqichlardan iborat? Har bir bosqichda raqobatning xarakteri va asosiy belgilarini ajratib ko‘rsating.











  1. Raqobat shakllariga tushuncha beringva ularninghar biriga xos belgilarini ko‘rsating.










  1. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering.Sof raqobat va cheklangan raqobat shakllari amal qilish mexanizmini tushuntirib bering








Topshiriqlar

    1. Jadvaldagi raqamlarga diqqat qiling. Keyingi yillar ma’lumotlari bilan to‘ldiring. Ular asosida qanday xulosa chiqarish mumkin? Fikringizni izohlang.


Respublikada YaIMda monopoliyalar ulushi %da.






2014

2015

2016

2017

Yalpi ichki mahsulotda monopol mahsulotlar hissasi

25,7

22,9

21,7

20,5

Sanoat mahsulotlaridagi ulushi

14,9

14,3

13,8

14,3

5. Respublikamizda 2017-yil monopol korxona va mahsulotlar soni quyidagicha bo‘lgan deylik:







Korxona soni

Mahsulot soni

1. Non va bulka mahsulotlari

21

43

2. Ko‘mir

6

7

3. Oziq-ovqat mahsulotlari

92

35

4. Gaz

5

6

5. Yengil sanoat

43

87

6. Mahalliy sanoat

12

17

7. Neft-kimyo sanoati

27

50

8. Mashinasozlik

30

60

9. Qurilish materiallari

71

193

10. Xizmatlar

338

659

11. Boshqa tarmoqlar

108

238

Jami

753

1532

Sizning fikringizcha qaysi sohalarni tabiiy monopoliyaga kiritsak, to‘g‘ri bo‘ladi? Unga ko‘ra, korxonalar va mahsulotlar bo‘yicha tabiiy va sun’iy monopoliyalar hissasini aniqlang.
Tabiiy monopoliyalar sun’iy monopoliyalardan qanday farqlanadi, izohlang.
Javobingizni asoslab bering.

Testlar

  1. Quyidagi bozorlardan qaysi birlarini mukammal raqobatga asoslangan bozorga kiritish mumkin?

  1. avtomobil, velosiped bozori;

  2. muzlatkich, televizor bozori;

  1. dehqon bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori;

  2. axborot, intellektual mulk bozori;

  3. ko‘chmas mulk bozori.



  1. Tabiiy monopoliyaga ... misol bo‘la oladi.

  1. OPEK – xalqaro neft karteli;

  2. G‘allabank;

  1. «Sharq» matbaa ishlab chiqarish konserni;

  2. IBM kompaniyasi;

  3. Toshkent metropoliteni.

  1. Oligopoliya – bu:

  1. bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi raqobatlashuvchi ko‘plab firmalar;

  2. tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqaruvchi ko‘plab raqobatdosh firmalar;

  1. bir necha yirik raqobatdosh firmalar;

  2. bitta yirik firma;

  3. yagona yirik iste’molchi kompaniya.



  1. Birinchi bo‘lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat qilgan iqtisodchi – bu

  1. Ogyusten Kurno;

  2. Edvard Chemberlen;

Joan Robinson;

  1. Jon Gelbreyt;

  2. Alfred Marshall.

  1. Raqobatning qaysi shaklida ishlab chiqaruvchilar bozor baholarini to‘liq nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi?

  1. sof raqobat;

  2. monopolistik raqobat;

  1. sof monopoliya;

  2. oligopoliya;

  3. monopsoniya.

  1. Quyidagilardan qaysi biri «bahosiz» raqobatlashish usuliga kiradi?

  1. «narxlar jangi» yoki narxlarni pasaytirib borish;

  2. demping narxlarni qo‘llash, ya’ni tovarlarni boshqa mamla-katlarga ichki bozordagidan ancha past baholar bo‘yicha sotish;

  1. narxlardan chegirma qilish;

  2. imtiyozli narxlarni belgilash va boshqa tovarlarni qo‘shib berish;

  3. kafolatlangan tekin xizmat ko‘rsatish.

  1. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozor bilan quyidagi tomonlari bilan o‘xshash

  1. tarmoqqa kirish uchun to‘siqlar yo‘qligi;

  2. firmalar uchun strategik yo‘nalish xos;

  1. uncha ko‘p bo‘lmagan sotuvchilar ish yuritishadi;

  2. firmalar bozorda hukmron rol o‘ynaydi;

  3. firmalar tarmoqdan to‘siqlarsiz chiqib ketadi



  1. Kartel bitimini buzish uchun urinish shuncha kam bo‘ladi, qachonki:

  1. bitimni buzilishi va uni aniqlash o‘rtasida uzoq vaqt o‘tishi;

  2. bitimga rioya qilinmagani sezilmaslik ehtimoli yuqori bo‘lsa;

  1. diskontlash koeffitsiyenti yuqori bo‘lsa;

  2. kartel a’zolari o‘rtasida xarajatlar teng bo‘lsa;

  3. kartel bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishni tartibga solganda.




  1. Tarmoqda 40ta firma bo‘lib, ulardan hech biriga umumiy ishlab chiqarish hajmining 3%dan ortig‘i to‘g‘ri kelmaydi. Mahsulot bozorda tabaqalashgan hisoblanadi. Bunday tarmoq:

  1. monopolistik raqobatga;

  2. sof monopoliyaga;

  1. mukammal raqobatga;

  2. oligopoliyaga;

  3. monopsoniyaga misol bo‘la oladi.



17-mavzu

OMILLI DAROMADLAR VA ISH HAQINING SHAKLLANISHI. ISHCHI KUCHI BOZORI VA BANDLIK



Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va
topshiriqlar


  1. Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o‘z qarashingizni bildiring.











  1. Tarif tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi?











  1. Кasaba uyushmalari ish haqini oshirishningqanday usullaridan foydalanadilar?





_



Topshiriqlar



    1. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarida minimal ish haqi miqdori quyidagicha (AQSh dollarida)



Germaniya 31,8

Shveysariya 28,3

Gollandiya 23,3

Fransiya 19,3

Italiya 18,0

Hozirgi paytda Germaniya sanoatida o‘rtacha ish haqi darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni, Shveysariya esa uchinchi o‘rinni egallaydi.


Jadval ma’lumotlari asosida boshqa mamlakatlarning Germaniyaga nisbatan o‘rtacha soatlik ish haqi darajasini hisoblang. Agar bu ko‘rsatkichni O‘zbekiston bilan taqqoslasak qanday xulosa chiqarish mumkin?
Ish haqini xohlaganimizcha ko‘tara olamizmi? U nimalarga bog‘liq. Bu borada hukumatimiz qanday chora-tadbirlar ko‘rayapti? Faqat nominal ish haqiga qarab turmush darajasi haqida xulosa chiqarish mumkinmi?

    1. AQShda bilim olish uchun sarflangan xarajatlar, so‘ngra olinadigan daromadlar o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha: o‘rta ta’limga nisbatan bilim olish muddatini 2 baravar ko‘payishi, o‘qishni tugatgach daro-madning 5 martaga ko‘payishiga olib keladi.

Bu fikrni tahlil qiling va quyidagi savollarni izohlang: «Inson kapitali» nima?
Inson kapitaliga investitsiya deganda nimani tushunasiz?

Testlar

  1. Real ish haqini o‘zgarish darajasini, nominal ish haqi darajasi va...:

    1. tovar va xizmatlar bahosi darajasi;

    2. foyda normasi;

  1. soliqqa tortish stavkasi;

  2. ish vaqtining uzunligi;

  3. mehnat unumdorligi bilan taqqoslash orqali aniqlash mumkin.



  1. Ish haqi stavkasini o‘sishi bilan

    1. agar mehnatga talab elastik bo‘lsa, bandlik qisqaradi;

    2. agar mehnatga talab mutloq noelastik bo‘lsa, bandlik qisqaradi;

  1. agar mehnatga talab elastik bo‘lsa, bandlik o‘sadi;

  2. agar mehnatga talab noelastik bo‘lsa, bandlik o‘sadi;

  3. agar mehnatga talab noelastik bo‘lsa, bandlik qisqaradi.

  1. Ish haqini kasaba uyushmalari bosimi bilan oshirilganda

    1. bandlik miqdori o‘zgarmaydi;

    2. bandlikning kamayishiga olib keladi;

  1. bandlikning o‘sishiga olib keladi;

  2. mehnat unumdorligini pasaytiradi;

  3. ish vaqtini uzaytirishga olib keladi.

  1. Mehnat taklifining ishchilar sonining o‘zgarmagani holda bo‘sh vaqt evaziga ko‘payishi

    1. daromad effekti;

    2. baho effekti;

  1. o‘rin bosish effekti;

  2. miqdor effekti;

  3. alohida manfaatlar effekti deb ataladi.

  1. Ishlovchining bo‘sh vaqtni ko‘proq qadrlashi evaziga mehnat taklifining kamayishi

    1. baho effekti;

    2. o‘rin bosish effekti;

  1. daromad effekti;

  2. miqdor effekti;

  3. alohida manfaatlar effekti deb ataladi.

  1. Ish haqi dinamikasi va darajasiga mehnat bozori kon’yunkturasidan tashqari quyidagilardan qaysi biri ta’sir qilmaydi?

    1. mehnat resurslari soni;

    2. texnika, texnologiya darajasi;

  1. mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;

  2. mamlakatda qonunlar ijrosi va siyosiy vaziyat;

  3. ishchilarni xohish-ehtiyoji.

  1. Firma mehnat bozorida monoponiya hisoblanadi, lekin tayyor mahsulot bozorida monopol mavqega ega emas. Raqobatdosh firmalarga nisbatan u:

  1. ko‘proq ishchilarni yollaydi va nisbatan yuqori ish haqi belgilaydi;

  2. kamroq ishchilarni yollaydi va nisbatan pastroq ish haqi belgilaydi;

  1. kamroq ishchilar yollaydi va yuqoriroq ish haqi tayinlaydi;

  2. ko‘proq ishchilar yollaydi va kamroq ish haqi belgilaydi;

  3. ishchilar sonini o‘zgartirmaydi, ko‘proq ish haqi belgilaydi.

  1. Nominal ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:

  1. ma’lum vaqt oralig‘ida pul shaklida olingan ish haqi;

  2. ish haqining sotib olish layoqati;

  1. barcha pul daromadlari (foyda, renta, foiz) summasi;

  2. a) va b) to‘g‘ri;

  3. b) va d) to‘g‘ri.

9 Real ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:

  1. nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori;

  2. pul shaklida olingan ish haqi;

v) ish haqining pul shaklida qatiy belgilangan stavkasi;

  1. ish haqining soliqlar chegirilgan qismi;

  2. ish haqining o‘rtacha darajasi.

10.Real ish haqi darajasi quyidagilarning qaysi birining o‘zgarishiga to‘g‘ri mutanosib bogliqlikda o‘zgaradi?

  1. tovar (xizmat)lar bahosi;

  2. nominal ish haqi miqdori;

  1. soliqlar darajasi;

  2. majburiy to‘lovlar;

  3. sug‘urta to‘lovlari.



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə