Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə4/23
tarix27.02.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#101572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
mustaqil ta\'lim Iqtisodiyot nazariyasi

1-mavzu

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH USLLARI
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va

topshiriqlar


  1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi

nima?








1. Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi?












  1. Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilishningqanday yo‘llari mavjud?















Topshiriqlar

Quyidagi bildirilgan fikrlar to‘g‘ri (T) yoki noto‘g‘ri (N)ligini aniqlang (T/N)

    1. Nazariya amaliyotda qo‘llanishi uchun har bir aniq holatda, voqelikda o‘z isbotini topishi kerak.

  1. Iqtisodiyot nazariyasi aniq fan emas, lekin u statistik ma’lumot tahlilidan foydalanib, juda ko‘p aniq muammolarni tadqiq etadi.

  2. Ma’lum bir sharoitda ijobiy natija bergan iqtisodiy siyosat, boshqa bir sharoitda xato bo‘lishi mumkin.

  3. Agar iqtisodchilar iqtisodiyotning asosiy tamoyillarini bir xil sharhlasalar, demak, ular albatta vaziyatni baholashda hamfikr bo‘lishadi.

  4. Agar gipoteza praktikada tasdiqlansa, u holda foydalanilayotgan nazariy asos bo‘la oladigan xulosa doimo to‘g‘ri.

  5. Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga o‘xshash obyektiv xarakterga ega. Demak, iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlari bilan bir xil amal qiladi, deb ayta olamiz.

  6. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo‘lib, barcha iqtisodiy fanlar uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi.

  7. Iqtisodiyotda avval dalillar, ma’lumotlar to‘planadi, ular o‘rganiladi. So‘ngra xususiy va umumiy xulosalar chiqariladi.


Testlar



  1. Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti nimadan iborat?

  1. ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdan;

  2. siyosiy munosabatlarni o‘rganishdan;

  3. iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-qoidalarini o‘rganishdan;

  4. huquqiy munosabatlarni o‘rganishdan;

  5. tashkiliy munosabatlarni o‘rganishdan.
  1. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi?

  1. qiymat qonuni;

  2. talab qonuni;

  3. taklif qonuni;

  4. ehtiyojlarning yuksalish qonuni;

  5. yuqoridagilarning barchasi.
  1. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi?



  1. ilmiy abstraksiya;

  2. deduksiya;

  3. induksiya;

  4. empirik;

  5. mantiqiy usul.
  1. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?

  1. mehnat vositalari va ishchi kuchi;

  2. kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;

  3. tabiiy va inson resurslari;

  4. ishlab chiqarishning moddiy omillari;

  5. tabiiy omillar.
  1. Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?

  1. mutlaq cheklanganlik;

  2. inson mehnatining natijasi;

  3. nisbatan cheklangan yoki kamyob;

  4. qiymatga ega;

  5. tabiat mahsuli.
  1. “Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi?

  1. iqtisodiy fanlar;

  2. siyosiy fanlar;

  3. ijtimoiy fanlar;

  4. ijtimoiy-gumanitar fanlar;

  5. tabiiy fanlar.
  1. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani nimani o‘rgatadi?

  1. ijtimoiy tuzumlarni;

  2. kishilik jamiyati rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini;

  3. ishlab chiqarish kuchlarini;

  4. moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni;

  5. kishilarning xulq-atvorini.



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə