|
Ishlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson mehnat faoliyatiga ta`sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullariQozon yasash jarayonida faoliyat ko`rsatadigan ishchilar eshitishIshlab chiqarish jarayonlari sanitariyasi va gigiyenasi inson meQozon yasash jarayonida faoliyat ko`rsatadigan ishchilar eshitish
qobiliyatining pasayishi
Ish staji
Normal
eshitadigan
kishilarning
soni, % da
1 yilgacha
1-4 yilgacha
5-9 yilgacha
10-14 yilgacha
15-19 yilgacha
20-24 yilgacha
25-29 yilgacha
30 yil va undan ortiq
99,0
76,3
50,0
33,0
20,0
10,0
8,7
4,7
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta`sirida bo`lishi uchun
sog’ligiga ta`sir etadi, u tez charchaydi, ruhiy reaktsiya tezligi kamayadi, xotirasi
susayadi. SHuningdek, shovqin insonga diqqatini bir joyga jamlashiga halaqit qiladi,
harakatida muvozanatni buzadi, tovush va yorug’lik signallarini qabul qilish
qobiliyatini susaytiradi va natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab
bo`ladi.
Bundan tashqari shovqin qon bosimining oshishiga, ko`z qorachig’ining
kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga, yurak va tomir urishining
tezlashishiga, asab sistemasining buzilishiga, uyqusizlikka va eshitish qobiliyatining
buzilishiga ham olib keladi. Ayniqsa inson qulog’i eshitmaydigan shovqinlar-
infratovushlar (tovush chastotasi 16 Gts dan kichik shovqinlar) va ul’tratovushlar
(tovush chastotasi 20000 Gts dan katta) inson sog’ligiga katta ta`sir ko`rsatadi.
Shovqin darajasini me`yorlashtirish va o`lchash.
Shovqin darajasini
me`yorlashtirish-shovqinning insonga salbiy ta`sirini kamaytirishga qaratilgan asosiy
tadbirlardan biri hisoblanadi. Shovqinning inson sog’ligiga ta`siri uning chastotasiga
bog’liq bo`lganligi sababli, har bir shovqin oktava polosasi uchun alohida ruxsat
etilgan shovqin darajasi belgilangan. Shovqinning eng yuqori ruxsat etilgan darajasi
past chastotalar uchun, ruxsat etilgan past darajasi esa yuqori chastotali shovqinlar
uchun qabul qilingan. Masalan, eng kichik tovush bosimi nazariy va ilmiy ishlar
bajariladigan ish joylari uchun belgilangan bo`lib, u o`rtacha geometrik chastota 8000
Gts bo`lganda 30 dB deb qabul qilingan. eng yuqori tovush bosimi esa doimiy ish
joylarida, ishlab chiqarish binolari, mashina va traktorlarning kabinalari uchun
belgilangan bo`lib, u o`rtacha geometrik chastota 63 Gts bo`lganda 99 dB ga teng.
Shovqin darajasini aniqlash uchun Shum-1, ISHV-1 markali shovqin
o`lchagichlardan foydalaniladi. SHovqinni spektr chastotasi bo`yicha baholash uchun
ASH-2M, AS-3 markadagi chastotali anilizatorlar ishlatiladi. Ushbu anilizatorlar
o`tkazish kengligi bo`yicha oktavali, yarim oktavali, 1/3 oktavali va qisqa oktavali
bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|