Исследование в XXI веке декабрь, 2022 г 77 sovet hokimiyatining anʼanaviy taʼlim tizimini cheklash va tugatish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix24.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101433
növüИсследование
1   2   3   4   5
G‘ofur Bobonazarovich Xolmo‘minov


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
декабрь
, 2022 
г 
79 
qatorda uning tarkibidagi qator davlatlarda ham savodsizlik illatlari talaygina ekanligidan 
dalolat beradi. Misol uchun, 1920-yilda birgina Turkiston aholisi orasida har 1000 kishiga 
nisbatan: oʻzbeklarning – 36, qirgʻizlarning – 42, tojiklarning– 32 va turkmanlarning – 11 
nafari savodli ekanligi belgilab oʻtilgan. Ammo bu raqamlar qaysi koʻrsatkichlar asosida 
hisoblab chiqilgani aniq belgilanmagan. 
Oʻsha yillari xalqaro munosabatlarda raqobatlasha olish uchun bilimli kadrlar 
tayyorlash sovet hukumatining asosiy dasturiga aylangan edi. Shu boisdan sovet 
maktablarini tashkil etish masalasi inqilobdan soʻng asosiy vazifalardan boʻlib qolgan. 
Maorif xalq komissarligi tomonidan bu muammoga yechim rejalashtirilib, maʼlum vaqt 
maktab tarmoqlarini boshqarishning eski tizimi ham saqlanib qolgan. “Hamma maktab ona 
tilida” shiorining eʼlon qilinishi maʼlum darajada madaniy qurilish jarayoniga ijobiy taʼsir 
koʻrsatgan. Natijada madaniy va maʼrifiy muassasalar oʻsishi kuzatilgan. 1921-yilga kelib, 
yahudiylar uchun kommunalar maktabi – 39 ta (talabalar — 2800 kishi), mahalliy millat 
uchun kommunalar maktabi – 15 ta (talabalar — 1100 kishi), yahudiylar uchun maktab-
internatlar – 63 ta ( 8123 bola), mahalliy millat uchun maktab-internatlar – 94 ta (7490 
bola), yahudiylar uchun bolalar bogʻchalar — 41 ta (4410 oʻquvchi), mahalliy millat uchun 
bolalar bogʻchalari — 30 ta (2630 oʻquvchi), yahudiylar uchun bolalar uylari — 2 ta (66 
talaba), mahalliy millat uchun bolalar uylari — 10 ta (578 talaba), yahudiylarning 1-darajali 
maktablar — 323 taga (70875 oʻquvchi) yetgan. 
Shuningdek, kasb-hunar maktablari tarmogʻi ham kengayadi. Hunarmandlik maktabi – 
1 ta, qishloq xoʻjalik texnikumi – 6 ta, sanoat-iqtisod bilim yurti – 2 ta, texnika va hunar 
bilim yurti – 9 ta, tibbiyot bilim yurti – 7 ta, kimyo-farmasevtika bilim yurti – 1 ta, aralash 
soha bilim yurtlari – 6 ta boʻlib, bularning har birida 200 tagacha talaba tahsil olgan. 
Bundan tashqari, 6 ta Inpros (Taʼlim instituti, pedagogika institutiga oʻxshash narsa – 
muallif) ham mavjud boʻlib, ularda 1610 ta oʻquvchi oʻqigan. Sovet va partiya ishchi-
mehnatkashlarining siyosiy va umumiy taʼlim maktabi esa 14 ta boʻlib, ulardagi oʻquvchilar 
1850 nafarni (bundan 1250 tasi mahalliy millat vakili) tashkil etgan. 
Oktyabr inqilobidan soʻng Turkistonda maktab va madrasalar qisqarib borganini 
kuzatish mumkin. Misol uchun, Turkistonda 1908-yil faoliyat koʻrsatgan maktab va 
madrasalar hamda 1924-yilda mavjud taʼlim muassasalarining roʻyxatini taqqoslaganda, 
yangi uslubiy dasturlar asosida qayta tashkil etilgan taʼlim muassasalarini qoʻshganda, 
maktablar – 5148 taga, madrasalar – 21 taga kamayganligida ham kuzatiladi. 
Tarixiy manbalardan maʼlumki, ilgari Turkistonda mahalliy xalq yozish va oʻqish uchun 
fors-tojik va turkiy-oʻzbek tillardan keng foydalangan. Maktablarda fors-tojik, arab va 
turkiy-oʻzbek tili asosiy oʻqish tili boʻlgan. Ammo ruslar oʻlkani oʻz hukmronligi ostiga 
olganidan soʻng barcha savdo-sanoat va davlat ishlari rus tilida olib boriladi. Ilm-fan va 
savdo tili sifatida hali toʻliq shakllanmagan rus tili Turkiston mahalliy xalqi orasida ham 
keng yoyilmagan edi. Shuningdek, kadrlar tarkibida soha mutaxassislarining yetishmasligi til 
oʻrganish masalasida muammolar yanada ogʻirlashishiga sabab boʻlgan. 


Международный
научный
журнал

5 (100), 
Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə