Исследование в XXI веке декабрь, 2022 г 77 sovet hokimiyatining anʼanaviy taʼlim tizimini cheklash va tugatish



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix24.02.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101433
növüИсследование
1   2   3   4   5
G‘ofur Bobonazarovich Xolmo‘minov


часть
1
 
«
Новости
образования

исследование
в 
XXI 
веке
»
декабрь
, 2022 
г 
80 
Shoʻro hukumatining tanazzuli arafasida taʼlim tizimi Vasiy (mutavalliy)lar kengashi 
tomonidan boshqarib borilgan. 1917-yilda Turkiston oʻqituvchilar uyushmasi Viloyat 
kengashi boʻlimi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda xalq taʼlimini boshqarish uchun muvaqqat 
jamiyat tashkil etish masalasi koʻriladi. Ammo oʻsha paytlari bu maqsad yoʻlida birlashishga 
turli-tuman toʻsiqlar mavjud boʻlgan. Chunki, sohani ayrim hududlarda Bilim yurtlari 
kengashi, boshqasida – Maktablar komiteti, uchinchisida –Komissarlik, toʻrtinchisida – 
huquqlari cheklangan oldingi inspektorlar boshqarib bormoqda edi [7. B.22]. Shuningdek, 
1917-1920-yillar davomida sotsialistik jamiyat qurishga qarshilik doirasida turli 
toʻqnashuvlar – kontrrevolyutsiya, vayronagarchilik, namoyishlar yuz bergan. 
Maktablar soni 1920-yilda 2000 dan ziyod (1919-1921 oʻquv yillari davomida aniq 
statistik maʼlumot olinmagan – muallif) deb koʻrsatilgan boʻlsa-da, amalda bu qogʻozda 
qayd etilgan, xolos. Bunga 1919-yildan moddiy yetishmovchilik, maktabni saqlash uchun 
taʼminotning yetarli darajada mavjud emasligi sabab boʻlgan. 1922-yilda Turkiston iqtisodiy 
tizimida ogʻir holat yuzaga kelgani uchun maktab xarajatlari aholi tomonidan qoplangan. 
1923-yilda maktablar soni qisqargan boʻlsa-da, 496 ta maktab davlat byudjeti hisobidan 
qoplanishi va aholi tomonidan taʼminlanishi hisobidan qayta tiklanish davri ham boʻlgan.
Xulosa qilib eʼtirof etish lozimki, XIX asr oxiri – XX asr boshlari imperiya hukumatining 
Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosati maorif tizimiga ham katta salbiy taʼsir 
koʻrsatgan. Turkiston xalq maorifi izdan chiqishi quyidagi omillarga bogʻliq boʻlgan: 1) 
moddiy qiyinchiliklar, turli soliq va ishlab berish majburiyatlari; 2) eski maktab oʻqituvchilari 
bolalarni imperiya hukumatiga qarshi tayyorlamoqda, degan shubha-gumonlar; 3) 
zamonaviy yangi usul maktablariga reformatorlar deb qarab, bu tipdagi maktablarning 
yopilishi; 4) eski maktab tizimini butunlay tugatib, sotsialistik maorif va madaniyatni 
tiklashga urinishlar. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə