IX-XV asrlarda G'arbiy Yevropa. Salib yurishlari davri
Mavzu rejasi: 1.Xristian cherkovi.
2.Salib yurishlari.
3.Salib yurishlari va uning oqibatlari.
4.IX-XV asrlarda Fransiya.
5.IX-XV asrlarda Angliya.
6.IX-XV asrlarda Germaniya.
Fransiya.
G‘arbiy Yevropada siyosiy markazlashishning boshlanishi.
XI asrning ikkinchi
yarmidan e'tiboran shaharlarning va tovar pul xo’jaligining rivojlanishi zaminida G’arbiy
Yevropada siyosiy markazlashish jarayoni boshlandi. Parchalanib kеtgan davlatlarni
birlashtirish, qirol hokimiyatini mustahkamlash va kuchaytirish jarayoni yuzaga kеldi. ―Tеnglar
o’rtasida birinchisi‖gina bo’lgan qirollikdan iborat shaklsiz fеodal monarxiyasi asta-sеkin, ancha
markazlashgan va tartibga tushgan toifaviy monarxiyaga aylanib, XV-XVI asrlarda esa mutlaqo
monarxiyaga o’tdi. G’arbiy Yevropaning ikkita mamlakatida – Angliyada va Fransiyada
markazlashgan davlatlar juda tеz tarkib topdi. Bu mamlakatlarda siyosiy
markazlashish jarayoni,
asosan XIII - XV asrlardayoq tugallanadi. Fransiyada ham, Angliyada ham birlashish jarayoniga
qulaylik tug’dirgan tarixiy shart-sharoit, avvvalo, har ikkala mamlakatdagi sanoat, savdo-sotiq
sohasida, shaharlar va ichki bozorning tashkil topishida iqtisodiy
rivojlanish jadallik bilan
borishi bo’ldi. Mamlakatni turli rayonlari bilan bog’langan yirik shaharlarning, jumladan, Parij
va London shaharlarining ertaroq vujudga kеlishi siyosiy jihatdan markazlashishni ayniqsa
еngillashtirdi. U yoki bu mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi zaminida kuchli
uchinchi toifa – shaharliklar maydonga kеldi. Aholining barcha guruhlari orasida shaharliklar
tarqoq fеodal monarxiyasini tеpaga chiqarishga va mamlakatda mustahkam ―qirollik
osoyishtaligi‖ni ta'minlashga qurbi еtadigan markazlashgan qirolikka aylantirishdan juda
manfaatdor edilar. XI-XIII asrlarda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. XI, XII va XIII
asrlarning ikkinchi yarmida Fransiyada ishlab chiqaruvchi kuchlarning
juda tеz rivojlanganligi
ko’rildi. Dеhqonchilik ancha o’sdi. Yerning bir qismi bir juft xo’kiz qo’shilgan g’ildiraksiz
yеngil plug bilan yaxshilab xaydalar edi. Bug’doy, javdar, suli, arpa va boshqa boshoqli ekinlar
hosili ko’payib, ekilgan urug’likka qaraganda bеsh va hatto olti hissa ortiq g’alla yig’ib
olinadigan bo’ldi. Bog’dorchilik, polizlarning o’sishi bilan ozuqa mahsulotlari - non, go’sht,
sabzavot va boshqalarga, shuningdеk, turli qishloq xo’jalik xomashyosiga (jun, zig’ir, tеri va
xakazolarga) bo’lgan talab ko’paydi. Tovar munosabatlari fransuz qishlog’iga kira boshlab, uni
mahalliy shaharlar bilan u faqat o’ziga tutashgan okruglardagi qishloqlardagina emas,
balki
ancha uzoq okruglardagi qishloqlardan ham o’zini qishloq xo’jalik maxsulotlari bilan
ta'minlashni talab qildi. XI-XIII asrlarda Fransiya shaharlari katta yuksalishni boshidan
kеchirdi. Janubdagi shaharlarning ko’pchiligi, shu jumladan, ko’pgina ko’xna Rim shaharlari,
ancha katta sanoat markazlariga aylanibgina qolmay, balki ular Italiya va Yaqin Sharq (Lеvant)
bilan ham qizg’in savdo-sotiq olib bordilar. Bular orasida Marsеl, Tuluza, Mopеlе, Narbonna
alohida ajralib turardi. Ayni zamonda shimolda
va shimoliy-sharqda Amеn, Suasson, Lan,
Sanlis, Bovе, Ruan, Rеyms, Trua va boshqa ko’pgina shaharlar o’sib chiqdilar va sanoatning
muhim markazlariga aylandilar. Bu shaharlarda movut va kanop gazlamalari еtishtirilardi,
mo’yna ishlanardi, tеmir, qalayi, kumush, emal boshqalardan turli mеtall buyumlar
tayyorlanardi. Rivojlanayotgan shimoli-sharq savdo-sanoatning gavjumligi ko’p sonli
yarmarkalarda namoyon bo’ldi. Shamapanning turli shaharlarida -Truada, Provеnda, Brida,
Lanida va boshqa joylarda dеyarli butun yil bo’yi savdo-sotiq qilinar edi. Umuman,
savdo
oborotlarining miqyosi va tashqi savdoda ishtirok etish jihatdan Fransiyaning shimoli-sharqiy
viloyatlari janubiy shaharlariga qaraganda hali orqada edilar. Ammo, ikkinchi tomondan,
shimoldagi xunarmandchilik ishlab chiqarishi janubdagiga nisbatan kamroq rivojlangan edi.
Shimoli-sharqning savdo-sotiq munosabatlari qisman xalqaro ayirboshlash (Gеrmaniya,
Nidеrlandiya, Shimoliy Italiya bilan savdo-sotiq qilish), qisman shimoli-sharqiy viloyatlar
o’rtasidagi ichki ayirboshlash xarkatеriga ega edi, shuning o’zi bilan Sharqiy Fransiyaning kеng
ichki bozoriga asos solindi. Ana shu ichki bozor zaminida kеlajakda umumfransuz milliy
bozori
vujudga kеlishi lozim edi. Parij ko’proq savdo va sanoat markazi ahamiyatiga molik bo’lib,
bunga faqat shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlargina emas, balki shimoli-g’arbiy va g’arbiy
rayonlar ham yaqinlasha boshladilar. Qirollik poytaxtining Sеna, Marva va Luara singari buyuk
daryo havzasida joylashganligi uni shakllanayotgan milliy, iqtisodiy,
til va madaniy aloqalarning
tabiiy markaziga aylantirdi. XI-XIII asrlarda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyotida nimalar
muhim rol o’ynadi.