Ызбекистон Давлат жисмоний тарбия институти


Tadqiqotning amaliy ahamiyati



Yüklə 5,1 Mb.
səhifə14/44
tarix11.05.2022
ölçüsü5,1 Mb.
#86542
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Saparbayev. X kurs ishi

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Olingan tadqiqot natijalari, ularning tahlili, muloqaza va xulosalar hamda ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar voleybol bo’yicha o’tkaziladigan o’quv-trenirovka mashg’ulotlariga tadbiq etilishi yosh voleybolchilar texnik tayyorgarligini samarali shakllantirish imkoniyatini oshiradi.

I BOB. MUAMMONING O’RGANILGANLIK DARAJASI



1.1. 5-9 SINF O’QUVCHILARIGA VOLEYBOL DARS O’TKAZISH USLUBIYATI
Jismoniy tarbiya va sport millat genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalashda kafolatli omil sifatida borgan sari o’quvchi yoshlarning kundalik turmush tarziga singib bormoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi «o’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari» to’g’risidagi 271-sonli qaroriga binoan ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari hajmini oshirilishi, «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» kabi 3 bosqichli musobaqalar tizimini tatbiq etilishi, «Alpomish» va «Barchinoy» test sinovlarining joriy qilinishi, shuningdek, o’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «o’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish» va shu masala bo’yicha Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori kabi konsteptual hujjatlar ushbu sohani, ayniqsa yoshlar o’rtasida yanada jadalroq ommaviylashishiga keng huquqiy imkoniyatlarni ochib bermoqda.

O’rta umumta’lim maktab, akademik listey va kasb-hunar kollejlari o’quv rejalari tarkibiga mustaqil fan sifatida kiritilgan voleybol darsi o’quvchi yoshlarning jismoniy va funkstional imkoniyatlarini oshirish, sog’lig’ini mustahkamlash, hayotiy zarur malakalarni shakllantirish, maxsus sifatlarni tarbiyalash, texnik-taktik va o’yin malakalariga o’rgatish ma’naviy-madaniy, ahloqiy va psixologik xislatlarni kamol toptirishda o’ta muhim ahamiyatga egadir.


Yüklə 5,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə