Ызбекистон Давлат жисмоний тарбия институти


Namunaviy dars bayonnomasi shakli



Yüklə 5,1 Mb.
səhifə17/44
tarix11.05.2022
ölçüsü5,1 Mb.
#86542
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Saparbayev. X kurs ishi

Namunaviy dars bayonnomasi shakli


«tasdiqlayman»

o’quv ishlari bo’yicha direktor

muovini_________/Almasova R.D./

«__»____________2014yil.
9- sinf o’quvchilari uchun

3-sonli dars bayonnomasi

Dars vazifalari:



1._________________________________

2._________________________________

3._________________________________

Dars o’tkazish joyi:____________ Anjomlar:___________________





Dars qismlari

Dars mazmuni

Mashqlarni miqdorlash

Tashkiliy va uslubiy ko’rsatmalar














1.2. YOSH VOLEYBOLCHILARNI TARBIYALASHDA TEXNIK TAYYORGARLIKNING MOHIYATI, MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI
Texnik tayyorgarlik – mashq bajarishning shunday usuliki, harakat faoliyati vazifasini maqsadga muvofiq va kam kuch sarf etib bajarishni tushunamiz.

Voleybol texnikasini egallashdagi asosiy vazifa, bu jarayon o’yinchi tomonidan biomexanik harakat va harakat malakalarining o’zlashtirilishi, amaliyotda bu harakat malakalarini yuqori darajada takomillashtirishdir.

Yuqori sport natijalarini ko’rsatish faqat voleybolchini texnik tayyorgarligi asosida komandani texnik tayyorgarligini va maxoratini belgilaydi. Buning uchun:

1.Barcha texnik malakalarni o’zlashtirish va bu texnik malakalarni zamonaviy usulda bajara bilish. Texnik maxoratni ko’rsatkichi – o’yinchini har tomonlama texnik tayyorgarligiga bog’liq.

2.Texnik malakalarni har xil usulida bajara olish, o’yin davomida jamoada ma’lum bir faoliyatni bajarish va ularni o’yin paytida qo’llash. Mana shu ko’rsatkich orqali texnik mahorat va sport texnikasidan unumli foydalanish aniqlanadi.

3.Texnik (priemlarni) malakalarni barqaror bajarish.

O’yin davomida raqib tomonidan qo’llaniladigan qarshi harakatlar va har xil halaqit beruvchi ta’sirotlar, maqsadga muvofiq javob berish. Bu ko’rsatkich orqali texnik tayyorgarlikni turg’unligini bilish mumkin.

Texnik tayyorgarlik – bu ko’p yillik ixtisoslashtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, musobaqa taqdirini hal qiluvchi o’yin malakalari texnikasini o’zlashtirish va uni shakllantirishga qaratilgan tayyorgarlik turidir. Dastlabki o’rgatish bosqichida texnik tayyorgarlikni maqsadga muvofiq tashkil qilish o’rta muhim ahamiyat kashf etadi.

Texnik tayyorgarlik ko’rsatgichlarining samarali shakllanishi tayyorlov, yondoshtiruv, maxsus va o’yin mashqlaridan qanchalik to’g’ri foydalanishga bog’liq.

Voleybolda texnik tayyorgarlik o’yin davomida amalga oshiriladigan xujum va ximoya texnikasiga oid harakat malakalariga o’rgatish hamda sekin-asta shu malakalarni shakllantira borish jarayonlarini o’z ichiga oladi.

Hujum va himoya texnikasiga o’rgatishda dastavval voleybolchiga xos xolatlar va maydon bo’ylab harakat qilish, so’ng to’p uzatish - qabul qilish, to’p kiritish – uni qabul qilish, zarba berish va to’siq qo’yish malakalariga ahamiyat qaratladi. Holat va harakatlanishlar quyidachilardan iborat: to’pni uzatishdagi holat: hyoklar, tizza, gavda, elka-qo’llar – barmoqlarning joylashishi. To’p kiritish, zarba berish, to’siq qo’yishdagi xolatlar.

Maydon bo’ylab harakatlanishlar ham turliga bo’lib, har hil yo’nalinlarda ijro etiladi. Masalan, o’nga, chapga, oldinga, orqaga yurish, yugurish, siljish, xatlash, sakrash, sirg’anish va hokozo. Ushbu harakat malakalari avval alohida o’rganiladi, so’ng o’yin malakalariga qo’shib ijro etiladi.

Hozirgi kunga kelib yosh voleybolchilarni tayyorlashda texnik tayyorgarlik jarayonining mohiyati, mazmuni va xususiyatlari talaygina ilmiy - uslubiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan va atroflicha yoritilgan.

Voleybol mashg’ulotlarda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim:



  • salomatlikni mustahkamlash;

  • bolani jismoniy jihatdan to’g’ri taraqqiy ettirish (vazni, tana va tana qismlarini o’lchamlari, o’pkaning tiriklik sig’imi va hokazo);

  • hayotiy zarur harakat malakalarini (yurish, chopish, sakrash, to’xtash, tortilish va hokazo) shakllantirish;

  • jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) rivojlantirish;

  • maxsus jismoniy sifatlarni o’stirish (sakrovchanlik, maxsus tezkorlik va kuch, maxsus chidamkorlik);

  • voleybolchi holatlari, harakatlinishi, to’p uzatish, qabul qilish, zarba berish, to’p kiritish, to’siq qo’yish malakalariga o’rgatish.

Shu bilan bir qatorda Yu.N.Kleщev, A.G.Furmanovlarning (24) «Yunыy voleybolist» deb nomlangan kitobida texnik tayyorgarlik vositalari tarkibida texnik mahoratni shakllantirishga mo’ljallangan harakatli o’yinlardan foydalanish lozimligi haqida hech narsa deyilmagan.

Mualliflar faqat maxsus texnik mashqlar, yondoshtiruvchi va tayyorlov mashqlari to’g’risida so’z yuritadilar. Ta’kidlash zarurki, harakatli o’yinlarni tanlash va qo’llashdan avval o’yin texnikasi va unga o’rgatish bosqichlari mazmuni haqida etakchi mutaxassislarning umumlashtirilgan yagona fikrlarini yoritish lozim

O’yin texnikasi – bu bir vaktning o’zida ketma-ket va muayyan maksadli tartibda ijro etiladigan ixtisoslashgan xarakat yoki xarakatlarning majmuasidir.

O’yin texnikasi – xarakat aniq, tez, yengil, vaziyatga muvofik, kamkuch sarf tib yukori samarada bajarishga muljallangan bo’lishi lozim.

«Texnika» atamasi yunoncha (tennis) suz bulib, juda keng ma’noda foydalaniladi va o’zbek tilida «Sa’nat» tushunchasini anglatadi.

Zamonoviy voleybol turli o’yin malakalari va taktik kombinastiyalarga nixoyatda boy bulib, o’ta katta shiddat va tezlikda utadi. Binobarin, voleybolning yuqorida zikr etilgan uziga xos xususiyatlari uyinchilardan mukammal takomillashgan texnik maxorat talab kiladi.

Musobaka o’yinlarida texnik maxorat kanchalik keng va tashki ta’sirlarga nisbatan mukammal shakllangan bo’lsa, shunchalik galabani kulga kirtish imkoni ko’p buladi.

Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor va xakoza) ulaning texnik pasportlari mavjud bulib mazkur vositasining texnik kursatkichlari va ulchamlari berilgan buladi. Sportda ham muayyan xarakat malakasining o’ziga xos texnik kursatkichlari, va ulchamlari va uni ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir.

Voleybol uini texnikasi uziga xos tasnifga ega bulib, u bir necha turkumdan tarkib topadi. Uyin texnikasining tasnifi «Xujum texnikasi» va «Ximoya texnikasi» kabi turkumlarga bulinadi. Ular esa uz navbatida yukoridan pastga karab bir-biriga buysundirilgan kichik turkumlardan tashkil topadi.

«Xujum» - texnikasiga xolat va xarakatlanish, to’pni uyinga kiritish va zarba texnikasi kiradi.

«Ximoya» - texnikasi esa uz navbatida xolat va xarakatlanish, to’pni qabul qilish va to’siq texnikasidan iborat.

Uzatish texnikasini. To’p uzatish voleybolda asosiy uyin malakalaridan biri bulib, shu uyin bilan bog’lik bulgan barcha texnik – taktik faoliyatini yagona vositadir.

Uzatish – xujum texnikasiga mansub bulib, uni ma’lum vaziyatda taktik maxorat bilan tug’ridan tug’ri ijro etish ochko olish imkonini berishi mumkin.

To’p uzatish – nemis mutaxasisi M.Fidlerni izoxiga binoan – bir vaqtni o’ziga bajariladigan ikki xarakat malakasidan iborat buladi. Birinchi «Jangovor» xolatdan gavdani ogirlik markazini bir oz pastga tushirish, ya’ni oyoqlarni tizza qismidan salgina egilishidan to to’pni qabul qilishigacha bulgan malaka. Bu malaka ximoya texnikasiga kiradi. Ikkinchisi – agar to’p maksadli uyinchiga aniq etkazib berilsa bu uzatish deb yuritiladi va xujum texnikasiga kiradi.

Uzatish bir necha turlardan iborat bo’ladi:


  1. Tayanch xolatda ikki kullab yukoridan uzatish;

  2. Ikki kullab pastdan uzatish

  3. Bir kul bilan pastdan uzatish;

  4. Sakragan holatda (tayanchisiz) ikki kul yoki bir kul bilan pastdan uzatish.

Uzatish vertikal, gorizontal yoki diagonal ravishda baland, past uzok yoki yakin yunalishlarda ijro etilishi mumkin. To’p uzatishni bu turlaridan ikki kullab yukoridan uzatish texikasini olsak, bunda «Jangovor» xolat – bir oyoq ikkinchisiga nisbatan oldinga, ikkala oyoq xam tizza kismidan egilgan buladi;

Kelayotgan to’pni yunalishga, baland pastligiga va tezligiga karab xolat yoki xarakatlanish – joy tanlash munosib mazmunga ega bulish lozim; to’p yakinlashganda to’pga nisbatan karshi xarakat oyoqlarni tizza kismidan yozilishi bilan boshlanadi.

Kullarni kursatish va katta barmoklar uchburchak shaklda bulib, uni orasidan to’pni yakinlashishi kuzatiladi;

Bilaklar salgina orkaga egilgan bulib, barmok, panja, kaftar chumich shaklda buladi;



To’p bilan kullarni «Uchrashuvi» arafasida oyoqlarni tizza kismidan yozilishi, kullar bilan da’vom etib, uzatishda to’pni yunalshini maksadga muvofik ta’minlanishi lozim. Uzatish vaqtidabarmoklar amortizastiya va yunaltirish, kursatkich va urta barmoklar esa bilaklarni to’pga karshi xarakati blan birgalikda uzatishni ta’minlovchi kuchvazifalarni bajaradi. Nomsiz va kichik barmoklar to’pni yon tomondan uni aniq yunaltirishga yordam beradi. Tayanchsiz xolatda (sakragan xolatda) ikki kullab yukoridan uzatish texnikasi – aksariyat kiska balandlikda fakat sakragan xolatda amalga oshiriladi.

Yüklə 5,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə