1.7. HIMOYA TEXNIKASI
Himoya bu hujum harakatlariga qarshi harakat qilishdir. Himoya usullaridan foydalanib hujum harakatlari bartaraf etiladi.
1.7.1. TOPNI QABUL QILISH
Top oyinga kiritilganda, hujum zarbasidan song va tosiqdan qaytganda amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon voleybolida topni qabul qilishning quyidagi usullari va variantlari mavjud: pastdan ikki qollab (juda kam hollarda bir qol bilan); yuqoridan ikki qollab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qollab pastdan; oldinga kokrak-qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qollab pastdan.
Oyinga kiritilgan topni sifatli qabul qilish hujum harakatlarining qanchalik samarali bolishini belgilaydi. Oyinga kiritilgan topni qabul qilishning eng kop tarqalgan va samarali shakli bu topni ikki qollab pastdan qabul qilishdir. 13-rasmda ikki qollab pastdan top qabul qilayotgan oyinchining holati tasvirlangan.Oyoqlar bukilgan, bir oyoq oldinda, qol kaftlari birlashtirilgan holda pastga tushirilgan. Topni qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qollar bilan oldinga-yuqoriga harakat qilinadi. Topga nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak emas. Bunda qollar top tomon yaqinlashtirilib, uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni bukib-yozish bilan topga kerakli yonalish beriladi. Topni pastdan qabul qilishda eng asosiysi topning yonalishi, tezligini togri baholay olish va boglovchi oyinchini kuzatish hisoblanadi. Oyinchi zarur joyni egallay olmagan bolsa-yu, top ong tomonga yonalayotgan bolsa, topni qabul qiluvchi qollarni togri oldinga chiqaradi va ong qolni yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yonalayotgan bolsa, chap qol yuqoriga chiqariladi.
Topni pastdan ikki qollab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda ham asosiy usul hisoblanadi. Oyinga kiritilgan top yoki hujum zarbasining sifatsiz qabul qilinishi (past trayektoriyada uzatish, boglovchi oyinchiga yetkazib bermaslik) boglovchi oyinchi tomonidan hujum uchun beriladigan top uzatishni samarasiz bolishiga olib keladi. Shuning uchun mashgulotlar vaqtida turli tezlikda, yonalishda va kuchlanishda kelayotgan toplarni pastdan ikki qollab qabul qilishga katta etibor berish zarur.
Topni bir qollab qabul qilish tayanch holatda va yiqilib amalga oshiriladi. Tayanch holatda bajariladigan usul oyinchining yoniga tezlik bilan tushayotgan topni qabul qilishda foydalaniladi. Topni qabul qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan bajariladi.
Orqaga yoki yon tomonga yiqilib, bir qol bilan topni qabul qilish kop hollarda ayollar voleyboliga xosdir. Harakat songgida yon tomonga katta qadam tashlanib, qol top tomon togri uzatiladi. Bunda MOK (markaziy ogirlik kuchi) keskin pasayadi.
13-rasm.
Topga zarba berilgandan song, oyinchi tayanch oyoqning uchida yiqilish tomonga burilib, oyoq tovoni bilan otiradi va dombaloq oshadi (14-rasm).
Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning orqa orta qismi bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan dombaloq oshiladi, daxan kokrak qismiga tekkizib olinadi.
14-rasm.
Kokrak-qorin qismi bilan sirgalib yiqilgan holda bir qol bilan topni qabul qilish usuli erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. Oyinchi oxirgi qadamda (15-rasm) keskin harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25˚-30˚ burchak ostida maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa yoki oldi tomoni bilan to‘pga zarba berib, qo‘llarini oldinga cho‘zadi va qo‘llari maydonchaga tegishi bilan oyoqlarini tizza qismida bukadi, qo‘llar esa orqaga-yonga itarilishi bilan gavdaning gorizontal holatga kelishiga yordam beradi. Bosh oz vaqtida maksimal orqaga tashlanadi.
15-rasm.
Dostları ilə paylaş: |