Ызбекистон Давлат жисмоний тарбия институти


TO’PNI PASTDAN QABUL QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASHQLARI



Yüklə 5,1 Mb.
səhifə27/44
tarix11.05.2022
ölçüsü5,1 Mb.
#86542
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Saparbayev. X kurs ishi

1.8. TO’PNI PASTDAN QABUL QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASHQLARI
1.O’yinchi ikki qo’li bilan to’pni o’zini tepasiga tashlab, o’zi shu to’pni ikki qo’l bilan qabul qilishi.

2.O’yinchi ikki qo’li bilan to’pni polga urib qaqchigan to’pga etib olib, to’pni pastdan qabul qilishga dastlabki holatni egallash, to’pni qabul qilish.

3.Devor oldida turib, devordan qaytgan to’pni qabul qilish. Devorga qarab to’pni urib, qaytgan to’pni qabul qilish. Devordan masofa taxminiy va qabul qilishni hisobga olgan holda devorga yaqin yoki uzoq turiladi. To’pni pastdan qabul qilish texnikasi o’rganilgandan keyin dumalab yoki ko’krakka yiqilib to’pni qabul qilishga o’rgatish mumkin.

Yiqilib to’pni qabul qilish uchun belgilangan mashqlar.

1.Past holatdan o’rtaga do’mbaloq oshish yoki yonbosh-belda yumalashish.

2.Oldinga bir qadam tashlab past holatni egallash va orqaga yonbosh orasiga yumalanish.

3.O’rtacha holatda katta qadam yonga tashlab orqasiga yumalanish yoki yonbosh orqaga yumalanish.

4.Sekin yugurib kelib past holatni egallash va orqaga yiqilib yumalanish yoki yonbosh orqaga yumalanish.

Orqaga va yonbosh-orqaga yumalashni takomillashtirish mashqlari.

1.Aylana bo’ylab yugurish, o’qituvchini signalidan keyin orqaga yoki yonbosh orqaga yumalash.

2.Shu mashqni faqat yonga katta qadam tashlash bilan bajariladi. Mana shu mashqlarni bajargandan keyin to’pni yuqoridan ikki qo’l bilan qabul qilib orqaga yoki yonbosh orqaga yumalash.

Shu mashqlarga o’xshash mashqlar.

1. Shug’ullanuvchilar sherik-sherik bo’lishib, bir-biriga qarama-qarshi turishibdi. 1-o’yinchi past holatdan to’pni 2 qo’l bilan yuqoridan qabul qilishga tayyorlanadi, 2-o’yinchi esa to’pni 1-o’yinchiga tashlab beradi, 1-o’yinchi to’pni yuqoridan ikki qo’l bilan qabul qilingan keyin orqaga yoki yonboshga yumalaydi.

2. O’yinchilarni dastlabki holati shu 1-o’yinchi o’rtacha holatda turadi, 2-o’yinchi to’pni unga tashlab beradi, 1-o’yinchi esa to’pni yuqoridan 2 qo’l bilan qabul qilib orqaga yoki yonboshga dumalaydi.

3. O’yinchilarni dastlabki holatda shu 1-o’yinchi hohlagan balandlikda, xohlagan tomonga, xohlagan tezlikda tashlaydi. Shunga qaramay 1-o’yinchi to’pni yuqoridan ikki qo’l bilan qabul qilib orqaga yoki yonboshga yumalaydi. Ko’krakka yiqilishni bo’lim-bo’lim bo’yicha o’rgatish kerak. Ko’kraka yiqilishning tahminiy mashqlari:

1. O’yinchilar ko’kragi bilan yotgan holatda, o’qituvchini signal bilan yonga chiqariladi va bel, bo’g’inda, ko’krak qafasida orqaga qarab egiladilar. Oyoqni tizza bo’g’ini ham bukiladi.

2. O’yinchi qo’llar yordamida erda yotganda 2-bir o’yinchi uni oyog’ini to’pig’dan ushlab ko’taradi. shu holatdan erda yotgan o’yinchi ko’krakka yiqiladi.

3. Past holatda turgan joyidan o’yinchi oldinga qarab bir qadam tashlaydi va ko’krakka yiqiladi. Ko’krakka yiqilishni o’rgangandan keyin yiqilib to’pni pastda 1 yoki 2 qo’l bilan qabul qilishni o’rganamiz. Shuni o’rganish uchun berilgan mashqlar:

1. Shug’ullanuvchilar sherik-sherik bo’lib bir-biriga qarma-qarshi turishadi. 1-o’yinchi past holatda turadi, 2-o’yinchi esa to’pni biroz etkazmay 1-o’yinchi tomonga tashlaydi. 1-o’yinchi esa to’pni pastdan qabul qilib ko’krakka yiqiladi.

2. Dastlabki holat shu 1-o’yinchi to’pni 2-o’yinchiga etkazmay tashlaydi. 2-o’yinchi to’pga qarab katta qadam tashlaydi va to’pni pastdan 1 yoki 2 qo’l bilan qabul qiladi. Shu vaqtni o’zida orqada qolgan oyoq bilan itarilib ko’krakka yiqiladi.

3. O’yinchini biri to’pni yo’nalishini o’zgartirib to’pni tashlaydi. Sherigi esa to’pga etib kelib, to’pni pastdan 1 yoki 2 qo’l bilan qabul qilib ko’krakka yiqiladi. To’pni ko’krakda qabul qilayotganda sharoitni sun’iy qiyinlashtirish mumkin. To’pni yo’nalishini, balandligini, tezligini o’zgartirish mumkin.




Yüklə 5,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə