1.9. YOSH VOLEYBOLCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK
Sport faoliyatida texnik-taktik malakalarni samarali ijro etish va muayyan sport turida yuqori natijalarga erishish sportchilarni shakllangan jismoniy tayyorgarligiga bevosita bogliqdir. Binobarin, jismoniy sifatlarni (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) maqsadga muvofiq shakllantirish sport tayyorgar-ligining muhim shartlaridan biridir.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonlaridan iborat bolib, muvofiq sport turining xususiyatiga mos ravishda tashkil qilinishini taqozo etadi.
Ushbu jarayonning asosiy maqsadi umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratiladi.
Umumiy jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi maxsus jismoniy sifatlarni samarali yoki samarasiz shakllanishiga bogliq boladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sportchilar organizmining funksional imkoniyatlarini oshirish va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Barcha sport turlari kabi voleybolda ham oyin malakalarini tez, aniq va vaziyatga nisbatan maqsadga muvofiq ijro etish eng avvalo maxsus jismoniy sifatlarga bogliqdir.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari turli yonalishda ijro etiladigan maxsus mashqlar bolib top kiritish, qabul qilish, uzatish, zarba berish, tosiq qoyish kabi oyin malakalaridan iboratdir.
Malumki, zamonaviy voleybolda barcha oyin malakalari aksariyat vaziyatlarda ota katta tezlikda tayanchsiz holatda (sakragan vaqtda, kokrakka yiqilib topni qabul qilish) ijro etiladi. Demak, maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayonini tashkil qilishda sport tayyorgarligining davri va bosqichlariga qarab sakrash, turli yonalishda qisqa oraliqlarga chopish, «yiqilish», toxtash, depsinish mashqlari alohida yoki oyin malakalarini ijro etish bilan qollanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |