Ызбекистон Давлат жисмоний тарбия институти



Yüklə 5,1 Mb.
səhifə26/44
tarix11.05.2022
ölçüsü5,1 Mb.
#86542
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Saparbayev. X kurs ishi

1.7.2. TO‘SIQ QO‘YISH
To‘siq – raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat qilishning eng asosiy usuli hisoblanadi. Texnik nuqtayi nazardan to‘siq qo‘yish eng qiyin o‘yin elementlaridan sanaladi. To‘siq qo‘yish elementini yuqori darajada egallash bilan o‘yinchi qarshi hujumni uyushtirish, to‘siqdan so‘ng qimmatli ochkolarni yutish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

To‘siq bir o‘yinchi tomonidan (yakka) yoki ikki-uch o‘yinchi tomonidan (guruhli) amalga oshirilishi mumkin. O‘yinchi to‘r yaqinida, yuqori turish holatida, qo‘llarni yelka sathida ko‘tarib, tovonlarini parallel holatda qo‘yib turadi (16-rasm). Hujum qilinayotgan joyning masofasiga qarab to‘r yaqinida yon tomonlarga qadam tashlash, yugurish, sakrash kabi harakatlarni bajarish mumkin.



16-rasm.
To‘siq qo‘yish uchun avval o‘yinchi oyoqlarini ko‘proq bukib, qo‘llarini qattiq silkib yuqoriga sakraydi. Qo‘llar tirsakdan bir oz bukilgan holatda to‘r tepasiga ko‘tariladi. Optimal kuchlangan (barmoqlar orasi ochiq) kaftlar to‘rning yuqori qismiga borganda, to‘r osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. Zarba vaqtida kaftlar to‘pga maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo‘g‘inlari hisobiga faol bukiladi. Bundan asosiy maqsad berilgan zarbani amortizatsiyalash va to‘pni raqib jamoasining maydonchasiga yo‘naltirishdan iboratdir.

Hujumchilar to‘r chekkalaridan hujum zarbalarini berishda to‘pni to‘siqdan maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga harakat qiladilar. Shu sababli to‘siq to‘r chekkasiga yaqin bo‘lgan qo‘l bilan yopiladi va to‘pning maydonchadan chiqib ketishga yo‘l qo‘yilmaydi.

To‘siq qo‘yish texnikasining murakkabligi quyidagi uchta omilga bog‘liq: joy tanlash; turgan joydan yoki harakatdan so‘ng baland sakrash; qo‘lni to‘r ustiga ko‘tarish vaqtini aniqlash.





Yüklə 5,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə