Oyin chidamkorligi
Oyin chidamkorligi yuqorida qayd etilgan barcha chidamkorlik turlarini oz ichiga oladi va shuni hisobiga voleybolchilarning butun oyin davomida texnik-taktik malakalar samarasi darajasini susaytirmasdan faoliyat korsatishiga zamin yaratadi.
Ushbu sifat integral sifat bolib, uni rivojlantirish, odatda, oyin partiyalarini kopaytirish (69 partiya) hamda oyinni toliq (66) va toliqsiz (55, 44, 33) tarkibda tashkil etish yordamida amalga oshirilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda oyin vaziyati oyinchilardan malum mazmun va yonalishga xos harakat (malaka) ijrosidan song (balki ijro yakunlamasdan) zudlik bilan umuman boshqa mazmun va yonalishdagi harakat (malaka)larni ijro etishga undaydi. Bunday harakatlarni katta tezlikda va samarali bajarish sportchichlardan ota chaqqonlikni talab qiladi.
Chaqqonlik bu integral (yigma) sifat bolib oz ichiga kuch, tezkorlik, chidamkorlik, egiluvchanlik, sakrovchanlik, qisqa vaqtda vaziyatni farqlab olish va tezkor ravishda togri qarorga kelib, shiddatli harakat qilish sifat hamda qobiliyatlarini qamrab oladi. Ushbu sifatlarning yuqori saviyada ijro etilishi vestibular apparatining funksional imkoniyatlari shakllangan bolishini taqozo etadi.
Namunaviy mashqlar:
- 5 marta oldinga ombaloq (kuvirok) oshish sakrab zarba berish taqlidi 5 marta orqaga onbaloq oshish yiqilib topni qabul qilish taqlidi;
- shu mashq tosiq qoyish va sakrab top uzatish taqlidi bilan bajariladi;
- shu mashq sakrab ong va chap tomonlarga 360° aylanib qonish mashqi bilan ijro etiladi.
Bunday oyinlar partiyalari oraliqlarida qisqa muddat ichida ijro etiladigan maxsus mashqlar qollanilishi mumkin.
Namunaviy mashqlar:
- 15 marta ong oyoqda sakrash va mashq tugashi bilan sakrab top uzatish taqlidi;
- 15 marta chap oyoqda sakrash va mashq tugashi bilan sakrab top uzatish taqlidi;
- shu sakrash mashqlari qaytariladi va mashq tugashi bilan topni yiqilib qabul qilish, zarba berish, tosiq qoyish malakalari taqlid qilinadi;
- «mokkisimon» yugurish mashq tugashi bilan navbatma-navbat oyin malakalarini taqlid qilish;
- «archasimon» yugurish va oyin malakalari taqlidi;
- ixtisoslashtirilgan harakatli oyinlar;
- malum vaqt davomida (20 s, 30 s, 45 s, 60 s) imkoni boricha kop marta samarali oyin malakalarini bajarish (top bilan) va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |