Jahon adabiyoti tarixi


Qadimgi Attika komediyasi. Aristofan (m.o. 445/446-385 yy.)



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə50/183
tarix11.12.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#145732
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   183
Qadimgi Attika komediyasi. Aristofan (m.o. 445/446-385 yy.) Miloddan oldingi V – IV asrlar butun Yunoniston, xususan, Afina davlati uchun kuchli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot davri bo‘lgan. Ammo, shu bilan birga, demokratiya tuzumining ziddiyatlari, ayrim ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashib bordi. Dastlabki komediyanavis shoirlar o‘zlarining asarlarida ana shu nuqsonlarni fosh etishga, kulgi va satira yordamida ularni bartaraf etishga intilganlar. Shunday qilib, “Qadimgi Attika komediyasi” deb atalmish maxsus adabiy oqim maydonga keldi. O‘tkir siyosiy jo‘shqinlik, demokratiya dushmanlariga qarshi murosasizlik – qadimgi attika komediyasining asosiy xususiyatidir. Mazkur janrda ijod qilgan ko‘pdan-ko‘p shoirlar orasida faqat uch kishining nomi bizga ma'lum. Bular – Kratin, Evpolid va Aristofandir.
Qadimgi yunon komediyanavis shoirlari orasida bir necha asarlari bizga qadar yetib kelgan yagona shoir Aristofandir. Uning ijodida komediyaning mazmun ko‘lami benihoya kengaydi, shakliy jihatdan yuksaklikka ko‘tarildi. Aristofanning hayoti haqida bizgacha juda kam ma'lumot yetib kelgan. Shoir taxminan miloddan avvalgi 445/446 yili Attika viloyati yaqinidagi Egina orolida tug‘ilgan. U o‘zining adabiy faoliyatini juda erta boshlagan va 20 yoshga yetar-yetmas komediyanivislar musobaqasida qatnashib ikkinchi o‘rinni egallagan. Qirq yilcha davom etgan ijodiy faoliyati davrida qirqdan ortiq asar yozgan. Aristofanning komediyalaridan 11 tasigina u yoki bu darajada saqlanib qolingan bo‘lib, ular ijtimoiy-tarixiy davr bilan bog‘liq ravishda uch davrga bo‘linadi:
a) Birinchi davrda(427-421 yy., Peloponness urushining birinchi bosqichi) – urushlardan charchab, ruhiy umidsizlikka tushgan oddiy dehqon, o‘zi bilan o‘zi sulh tuzib, tinch hayot nashidasini surishi haqidagi “Axarnliklar”(425); davrning taniqli siyosatchilaridan biri Kleon satira qilingan “Chavandozlar”(424); qarz botqog‘idan qutilish uchun sofistlardan ta'lim olgan qahramon haqidagi “Bulutlar”(423); sudlashishni yaxshi ko‘ruvchi qariya haqidagi “Arilar”(422); qo‘ng‘izda Olimp tog‘iga chiqib, kuch bilan tinchlik ma'budasini yerga olib tushgan musallaspaz to‘g‘risidagi “Tinchlik” komediyalari yozilgan.
b) Ikkinchi davr(414-405 yy.). 421-yildan 414-yilgacha fanga hech qanday ma'lumot ma'lum emas. Bu yillarda asosan ijtimoiy-satirik mavzularda komediyalar yozilgan bo‘lsa kerak, deb taxmin kilish mumkin. Ikkinchi davrda osmon va yer o‘rtasida qushlar bilan hamkorlikda shahar qurgan ikki afinalik haqidagi “Qushlar”(414), ayollarning urushga qarshi isyoni haqidagi “Lisistrata”(411), yevripid kulgu ostiga olingan “Ayollar Fesmoriy bayramida”(411) va yana yevripid tanqid qilingan “Qurbaqalar”(405) komediyalari yozilgan.
v) Uchinchi davr(392-388 yy.)da asosan maishiy, utopik ideallar ulug‘langan komediyalar yozilgan, ularda dialoglar xordan ustunlik qiladi. “Ayollar xalq yig‘inida”(392), “Boylik”( “Plutos”)(388) komediyalari shunday asarlar sirasiga kiradi.
Aristofanning ijodi asosan uzoq davom etgan urushlar davriga, buning natijasida Afina demokratik davlatining to‘xtovsiz yemirilib, inqrozga uchray boshlagan paytiga to‘g‘ri kelgan. Bu paytdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ziddiyotlar, ma'naviy, aholoqiy, falsafiy muammolarning keskinlashuvi shoir ijodida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Uning asarlaridagi ajoyib dramatik holatlar, qahramonlar qiyofasini tavsiflash mahorati, komediyalariga sochib yuborilgan hazil-mutoyibalar, favqulotda pichinglar, oxori to‘kilmagan qochiriqlar, beqiyos so‘z o‘yinlari, shuningdek barcha asarlariga xos sodda, tiniq, o‘ynoqi va muxtasar til, rohatbaxsh lirik parchalar – Aristofanning yuksak mahoratidan darak beradi. Rus tanqidchisi V.G.Belinskiyning ta'kidlashicha, Aristofan – eng olijanob, g‘oyat musaffo va qadimgi Yunonistonning eng so‘nggi ulug‘ shoiri bo‘lgan. 1954- yili Jahon Tinchlik Kengashining qaroriga binoan Aristofanning 2400 yilligi nishonlandi.
Umuminsoniy badiiy merosning ajralmas qismi bo‘lgan antik adabiyot, xususan qadimgi yunon adabiyotida tilga olingan ko‘plab mavzu va muammolar XXI asrda ham dolzarb bo‘lib, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə