Jismoniy tarbiya nazariyasi va



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jismoniy mashqlar 
— jismoniy tarbiyaning asosiy xususiy 
manbayidir... Jismoniy tarbiyaning hamma manbalaridan to ‘liq 
foydalana olganimizdagina, u yuqori natija beradi. Lekin 
ham m a sistemalar guruhi bir xilda emas: jismoniy tarbiya 
masalalarini hal etishda jismoniy mashqlar ustiga ko‘proq vazifa 
yuklatiladi. Bu bir qancha shartli sabablardan iborat:
1. Jismoniy mashqlar harakat faoliyatlari tizimi sifatida 
b o ‘lib, odamning tuyg‘u-ehtiyojiga, uni o ‘rab turgan borliqqa 
bog'liq.
2. Jism oniy m ashqlar jism oniy tarbiya jarayonida bu 
tarbiyaning ilmiy va amaliy yutuqlarini, ijtimoiy-tarixiy tajri- 
balarini berish usullaridan iborat.
3. Jismoniy mashqlar, organizm ning faqat funksional 
holatiga ta ’sir qilibgina qolmasdan, ularni boshqaruvchi shaxsga 
ham ta ’sir etadi. Shunday ekan, jismoniy mashqlarni, hara- 
katli faoliyatlar sifatida odamning jismoniy va ruhiy faoliyat- 
larning dialektik birligi qonuni sifatida ко1 rib chiqish zarur.
4. Pedagogik faoliyatlarning hamma turlari orasida faqat 
jismoniy tarbiya predmeti orqali odamni harakatli faoliyatlarga 
o ‘rgatish mumkin.
5. Jism o n iy m a sh q la r odam vujudi tabiiy ehtiyojini 
qondirishi mumkin.
Jismoniy mashqlar ta ’sirini aniqlovchi omillar
Bizga m a’lumki, bir xil jismoniy mashqlar har xil natija 
berishi mumkin yoki uning tcskarisi ham boiishi mumkin. 
Hamma omillar quyidagicha guruhlanishi mumkin:
1. 
0 ‘qituvchi bilan o'quvchining shaxsiy xarakteri jismoniy 
mashqlarning natijasiga ta ’sir ko‘rsatadi. Bu yerda o ‘rgatish
37


jarayoni ikki tom onlam a — o ‘qituvchi o ‘rgatadi, o ‘quvchi 
o ‘rganadi, shuning uchun jismoniy mashqlarning ta ’sir etishi 
o ‘rganayotganga va o ‘rgatayotganga bog‘liq: axloq va iroda 
sifatlari, aqliy bilim darajasi, jismoniy rivojlanganligi, qiziquv- 
chanlik va faolligi.
2. Ilmiy omillar. Jismoniy mashqlarning qonuniyatlarini 
bilish darajasi bilan bogiiqlik. Jismoniy mashqlarning peda­
gogik, psixologik, fiziologik, biomexanik xususiyatlari qancha 
chuqur ishlangan b o ‘lsa, pedagogik vazifalarni hal etishda 
ulardan shuncha samaradorlik bilan foydalanish mumkin.
3. Jismoniy mashqlardan foydalanish davrida metodik — 
uslubiy omillar guruh talabalarini birlashtiradi. Bu davrda eng 
qulay m e ’yorga erishilgandagina, mukam m al samaradorlik 
boiishi mumkin.
Jismoniy mashqlarni qaytalash m e ’yori qator lahzalarga 
bog‘liq: a) harakatlarni bajarishning davomiyligi; b) uning 
jadalligi, y a ’ni alohida harakatlarning bir-biriga bog‘liqligi;
d) mashqlarning tez-tez qaytalanishi yoki dam olish oralig‘i- 
ning soni; e) qaytalash oralig‘idagi dam ning c h o ‘zilishi;
f) pauza — damning xarakteri (aktivligi- passivligi); g) dastlabki 
holat (m asalan, oldinga engashishda q o ‘Ilarning holati). 
M e’yorni boshqarishda yuqorida ko‘rsatilgan talablarni hisobga 
olish shart.
4. Jismoniy mashqlarni sog‘lomlashtirishga y o ‘naltirish 
vazifasini hal etishda sanitariya-gigiyenik omillarning muhimligi 
(mehnat rejimi, ovqatlanish, davolanish, sanitar normalarini 
saqlash, yorug‘lik, shamollatish).
5. Meteorologik omillar (havo harorati, namlik, atmosfera 
bosimi, sham olning kuchi) inson, odatd a, bu guruhdagi 
omillarni boshqarish imkoniga ega emas.
6. Moddiy omillar. Moddiy ta ’minlash bir guruh omillarni 
tashkil etadi (sport inshootlari, asbob-anjomlar, sport kiyim- 
kechaklari va boshqalar). B a’zi guruh mashqlari u c h u n
(ertalabki gigiyenik gimnastika) ular hal qiluvchi emas. Sport 
mahoratlariga erishishning asosiy omili moddiy va anjomlar 
bilan ta’minlanganlik bilan ham bogiiqdir.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə