Jismoniy tarbiya nazariyasi va


Jism oniy tarbiya manbalari va turlari



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Jism oniy tarbiya manbalari va turlari
Jismoniy tarbiya manbalarining to liq hajmini va ularning 
xarakterli tomonlarini bilish, o'qituvchiga qo‘yilgan vazifalarni 
hal etish bilan birga, jismoniy tarbiya manbalarining hamma 
turlaridan foydalanish imkonini beradi hamda jismoniy mashq- 
larni, ya’ni jismoniy tarbiya sistemasini tuzish, uni samaradorlik 
bilan qoilashga sharoit yaratadi.
Jismoniy tarbiya faqatgina jismoniy mashqlardan iborat 
bo‘lib qolmay, balki yana shaxsiy mehnat gigiyenasi, maishiy, 
tabiatning tabiiy kuchlari, mehnat va dam olish rejimidan kelib 
chiqish kerak.
Jismoniy mashqlar guruhida, tabiatning tabiiy kuchlari, 
gigiyenik omillar, har bir manbaning funksional imkoniyatlari 
aniq ko‘rsatilgan.
Har bir guruh ma'lum sondagi manbalarni birlashtiradi. 
Bu manbani qo ‘llab, faqal har xil tezlikda bir necha variant 
olish mumkin. Nihoyatda har bir manba bir-biridan ajralgan 
holda emas, majmuiy holda, har xil tipdagi manbalar bilan 
birga qo ‘llaniladi.
Jismoniy mashqlar
„Jismoniy mashqlar11 tuslumchasi odamning harakat fao­
liyati bilan bog‘liqdir. Bu faoliyatni uch turga ajratish mumkin: 
m e h n at, bilim olish, o ‘yinlar. Faol dam olish shaklida 
qo‘llanilayotgan jismoniy mashqlar o ‘yin faoliyatiga kiritiladi. 
Bu shakllar orasida turli o'tish shakllari mavjud: o ‘yin fao- 
liyatlarida o ‘quv elementlarining mavjud bo‘lishi ham mumkin. 
Bolaning har xil yoshdagi hayotida alohida faoliyat turlarining 
ahamiyati ortadi. Masalan, maktab yoshigacha bo ‘lgan bolalarda 
o ‘yinlar, maktab yoshidagi bolalarda o ‘qish, bilim olish asosiy 
o ‘rin tutadi.
Harakatli faoliyat deb odamning maqsadga ongli yo‘nalti- 
rilgan faol harakatini tushunamiz.
35


Jismoniy tarbiya sohasida o ‘quvchilarni o ‘quv faoliyatlari, 
davlat dasturida ko ‘rsatilgan harakatli faoliyatlar tizimini 
o'zlashtirib olish tushuniladi.
H am m a harakatli faoliyatlar ijtimoiy xususiyatga ega: 
o ‘quvchi jamiyat hayotida bilimi va tajribasiga tayanib, bilim- 
larni o ‘zlashtirib boradi. Harakat, faoliyatlar m a ’lum peda­
gogik vazifalarni hal etishga qaratilgan. Masalan, o'quvchi qisqa 
masofaga yugurishni, uzunlikka va balandlikka sakrashni, 
yugurib kelib, kichik t o ‘pni uloqtirishni o'zlashtirib oldi, 
oltinchi sinf o ‘quvchisi ,,Alpomish“ va ,,Barchinoy“ maj- 
muyining yengil atletika b o ‘limini topshirishga tayyorlanib 
boradi.
Harakat — organizmning funksiyasidan iborat. Jismoniy 
tarbiya uchun erkin o ‘zlashtirib olingan jismoniy mashqlar 
katta ahamiyatga ega. Bundan keyingi so‘zlar erkin harakatlar 
ustida boradi. Ya’ni I.P.Pavlov ta ’biri bilan aytganda, „Katta 
yarimsharlar po‘stlog‘ida vujudga kelayotgan harakatlar“ odam 
xohishiga itoat ettirilgan.
Har bir xohish bilan bajarilgan mashqlarning uch belgisi 
bor: 1) u doimo ongli funksiya hisoblanadi; 2) u odam 
tomonidan hayotiy faoliyat natijasida o ‘zlashtiriladi; 3) hara­
katlarga o ‘rgatish darajasi o ‘quvchilar ixtiyoriga bo'ysundiriladi. 
Erkin mashqlar doimo ongli bajariladi.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə