Jismoniy tarbiya nazariyasi va


 ‘yin, gimnastika, sport, turizm



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

0 ‘yin, gimnastika, sport, turizm
Jismoniy tarbiya tizimida o ‘yin, gimnastika, sport va turizm 
hamda boshqa ko‘p turlardan foydalaniladi. Turli guruhlar 
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanganlarida bu turlarni bir-biriga 
bogMash hamda aniq masalalarni hal qilish mumkin. 0 ‘yin, 
gimnastika, sport va turizmni jismoniy tarbiyaning umumiy 
tasnifi, metodi va vositasi sifatida qarash qabul qilingan. Ular 
jamiyatning ehtiyoji (talabi), sharoitning tashkil topishi, o ‘zga- 
rishi, t a ’siri ostida hamda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi 
orqali vujudga kelgan. 0 ‘yinlar, gimnastika, sport va turizm 
xilma-xil jismoniy mashqlarni o ‘z ichiga oladi. U m um iy 
jismoniy mashqlarning masalalari bilan birga, ular o'ziga xos 
vazifalari, metodi va q o ‘llanilishi orqali bir-biridan farq qiladi.
0 ‘yin 
— qadim zam onlardayoq odam larning m ehnat 
faoliyatlari orqali kelib chiqqan. Haqiqatan ham, o ‘yinlar 
jamiyatning butun tarixiy taraqqiyoti jarayonida inson hayotiy 
ehtiyojini qondirish m aqsadida vujudga kelgan. M eh n a t 
o ‘zgarib, takomillashib borgan, shu bilan birga, odamlar ham 
o ‘zgarib, takomillashib borgan. Jam iyat tarixida m eh n at 
o ‘yinlari katta bayram bo ‘lsa, ba’zi harakatlar alohida odam ­
larning mehnat faoliyatlaridan iborat bo‘lgan.
Bola mehnatga qobiliyatli boMishidan oldin u o ‘ynay 
boshlaydi. 0 ‘yin ibtidoiy jamiyat davrida kelib chiqqan bo ‘lib, 
u o ‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda, uni mehnatga
44


tayyorlashda, dam oldirish, hayotiy malakalarni vujudga 
keltirishda katta xizmat qilgan.
Har bir xalqning o ‘ziga xos milliy o'yinlari bo‘lib, ular 
avloddan avlodga berib kelinmoqda. O'yinlar odamlarning har 
xil harakat-faoliyatlaridan iborat bo'lib, jism oniy tarbiya 
sifatida kuchni, epchillikni, chidamlilikni, tezlikni, bo‘g‘inlar 
egiluvchanligini oshirishda hamda xulq-atvor va iroda sifatlarini 
tarbiyalashda amaliyotda keng qo'llaniladi.
A . F i t r a t , A .A v lo n iy , A .S .M a k a r e n k o m a k ta b g a c h a , 
maktab yoshidagi bolalar va o'smirlarning o ’yinlariga katta 
ahamiyat bergan edi. Ular o'yinlarni shaxsni har jihatdan 
tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri deb hisoblar 
edilar. Bolalarning dars jarayonidagina emas, balki uyush- 
qoqlikka, turmushni bilishga o'rgatadigan o'yinlar vaqlida ham 
bilim olishlarini ta ’kidlab o'tgan edilar.
O'yinlar, asosan, ikki turga boiinadi: a) sport o'yinlari;
b) harakatli o'yinlar. Bu o'yinlarning o'ziga xos qonun- 
qoidalari mavjud. Hozirgi vaqtda sport o'yinlari eng taraqqiy 
etgan o'y in lard an hisoblanadi. C hunki bu o 'y in la r bilan 
millionlab har xil yoshdagi odamlar shug'ullanadi va tomosha 
qiladi.
Gimnastika. 
Gimnastika ham o ‘yin singari tarixiy rivoj­
lanish davomida kelib chiqqan. Gimnastika ham jismoniy 
tarbiyaning metodi va vositasi bilan bog'liq. G im nastika 
jismoniy tarbiya tizimida asosiy masalalarni hal etadi. Odamlar 
sportning qaysi turi bilan shug'ullanmasin, albatta gimnastikaga 
murojaat qiladi. Gimnastika o'zining maqsad va vazifalariga 
qarab bir necha turlarga bo'linadi: I) asosiy gimnastika 
(gigiyenik gimnastika); 2) sport gimnastikasi (akrobatika, 
badiiy gimnastika); 3) yordamchi gimnastika (ishlab chiqarish 
gimnastikasi, davolash gimnastikasi, sportda yordamchi gim­
nastika).

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə