Jismoniy tarbiya nazariyasi va



Yüklə 4,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/127
tarix28.11.2023
ölçüsü4,31 Mb.
#136108
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

Asosiy gimnastika. 
Bu gimnastikaning vazifasi umumiy 
jism oniy tayyorgarlikni takomillashtirishdan iborat. U o'z 
turlarining har xilligi hamda boyligi bilan xarakterlanadi. Har 
qanday harakat-faoliyatlarni, umumiy jismoniy tayyorgarlikni 
keng ta ’minlash uchun xizmat qiladi. Asosiy gimnastika bilan 
shug'ullanish, keyingi jismoniy takomillashuvga olib keladi.
Gigiyenik gimnastika. 
Bu — asosiy gimnastikaning ko'ri- 
nishlaridan biridir. U shug'ullanuvchilarning salomatligini
45


m ustahkamlashga, um um iy jism oniy rivojlanishiga ham da 
ish qobiliyatlarini oshirishga qaratilgandir. Gigiyenik gim ­
nastika erta bilan, kun davomida yoki kechqurun, yakka tarzda 
yoki guruh bilan qo ‘llaniladi, ochiq havoda o ‘tkazilsa yana 
ham maqsadga muvofiq bo ‘ladi.
Sport gimnastikasi. 
Murakkab gimnastik mashqlarni baja- 
rishga va sport sohasida yuqori mahoratga erishishga olib keladi. 
Asosiy mashqlari: erkin mashqlar, turnikda, parallel va har 
xil balandlikdagi bruslarda, xodada, halq ad a va boshqa 
snaryadlarda bajariladigan mashqlardan iborat. Sport gim- 
nastikasiga akrobatika va badiiy gimnastika unsurlari ham 
q o ‘shiladi, lekin ular alohida-alohida bajariladi. Sport gim­
nastikasi bilan shug‘ullanish, harakat apparatining garmonik 
rivojlanishini, harakatning yuqori koordinatsiyasini, kuchni, 
epchillikni, tezlikni, chidamlilikni va chaqqonlikni t a ’min- 
lashdan iborat.
Akrobatika. 
Bu ham sport gimnastikasi singari, yuqori 
sport m ahoratiga erishishga (um baloq oshish, aylanish), 
muvozanat saqlash (qo'lda tik turish, piraniida hosil qilish) va 
boshqa mashqlarni bajarishga qaratilgan. Bu jarayonda shug'ul- 
lanuvchi o ‘z harakat apparatining yuqori san’atini egallaydi.
Badiiy gimnastika. 
Bu san’atkorona harakat faoliyatlariga 
erishilganlik jaray o n in in g m urakkab, nafis tom onidir. U 
musobaqa davriga ega b o ‘lib, faqat ayollar va qizlar uchun 
taalluqli boshqa gimnastikalardan yana bir farqi, bajarilayotgan 
murakkab badiiy mashqlar musiqa ohangida bajariladi.

Yüklə 4,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə