Jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Tanqidiy fikrlash asoslari



Yüklə 458 Kb.
səhifə14/17
tarix31.12.2021
ölçüsü458 Kb.
#81421
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Ахмедов Салим (1)

Tanqidiy fikrlash asoslari

Tanqidiy fikrlash asosini qo‘yidagi uch faza tashqil qiladi; da’vat, anglash, muloxaza ( DAM). Bu fazalarni batafsilroq ko‘rib chiqaylik;

Da’vat - fazasining ahamiyati shundan iboratki, unda yangi bilimlar, o‘zi mustaqil tanlagan maqsad uchun intilish o‘quvchida anchagina kuchli bo‘ladi.

Anglash- ifodali fikrlashning ikkinchi fazasi xisoblanadi. Unda yangi axborot da’vat fazasida faollashtirilgan axborot bilan bog‘lanadi. YAngi o‘quv materialining tushunilishiga erishish bu fazaning eng muhim vazifasidir. Bu fazada o‘z tushunchalarini « orqasidan kuzatib» borish muhimdir. Sub’ektning ichki jarayonlari va holatlarini o‘zi tomonidan bilib borishi reflektsiya ( ba’zan meta-bilish ) deb ataladi.

Reflektsiya ( lotincha reflexio- orqaga qaytish) falsafaga oid tushuncha bo‘lib, u individ ongida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar xao‘ida o‘zining muloxaza yuritishini anglatadi. Refleksiya-bu sub’ektning faqatgina o‘zini –o‘zi tushunishi bo‘libgina qolmay, balki u «refleksiyalanuvchi», uning shaxsiy xususiyatlari, ta’siriga javob berishning ifodalanganligi va bilishga oid tasavvurlarning oydinlashtrilishi va boshqalar tomonidan tushunilishini ham anglatadi. Murakkab refleksiya jarayonida sub’ektlarni o‘zaro aks ettirilishining kamda oltita darajasi ifodalanadi. Ular: sub’ektning o‘zi haqiqatan ham qanday, sub’ekt o‘zini–o‘zi qanday «ko‘radi», sub’ekt boshqalar tomonidan qanday idrok qilinadi va yana yuqoridagi uch daraja boshqa sub’ekt tomonidan qanday idrok qilinadi. 1

O‘YOTFning uchinchi fazasi muloxaza qilish deb ataladi. Bu fazada bilimlar mustaxkamlanadi va o‘rganilayotgan masala bo‘yicha oldingi fazalarga nisbatan boshqacha (to‘larok) tasavvur shakllanadi va u «o‘qiganlik»ning ortishiga olib keladi. Talaba o‘z o‘quv maqsadiga erishgandagina bunday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, uchinchi fazada talabani o‘kiganlikning pastroq darajasidan uning yuqoriroq darajasiga o‘tkazish sodir bo‘ladi. Bu talabaning yangi g‘oya va axborotlarni o‘z so‘zi bilan ifodalay olishida aks etadi. O‘quvchilar o‘zlariga ko‘prok yoqqan narsani yaxshiroq eslab qoladilar. Bunday tushunish uzoq muddatli ta’sirga ega bo‘ladi. ( Pirson va Filding,1991). Bu fazaning eng muhim maqsadi o‘quvchilar o‘rtasidagi diolog va polilogdir. Muloxaza va refleksiya fazasida munozarani qo‘llab, biz birnecha variantlarni ko‘rib chiqishga imkon beramiz.

Stil, Meredis va Templlar O‘YOIF asoslari (da’vat, anglash, mulohaza) o‘qituvchiga shunday sharoitlar yaratdiki, ularning miqiyosida u qo‘yidagilarni uddalaydi, deb hisoblaydilar110:

- o‘quvchilarning fikrlashini faollashtiradi:

- o‘quvchilar maqsadini ajratadi:

- faol munozaraga imkon yaratadi:

- o‘qishga imkoniyatni oshiradi:

- faol o‘quv faoliyatni ta’minlaydi:

- o‘zgarishlarni rag‘batlantiradi:

- o‘quvchilarga turli xil fikrlarni eshitishlari uchun imkon beradi:

- savolni berishda o‘quvchilarga yordam beradi:

- o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi:

- o‘quvchilar tomonidan axyuoratlarni qayta ishlanishini ta’minlaydi:

- tanqidiy fikrlashga imkoniyat yaratadi.

Agar o‘quv jarayoni yuqorida ta’kidlaganidek mulohaza asosida tashqil etilsa, o‘quvchilar faol bo‘ladilar, o‘qituvchi esa ularga sherik bo‘lib hisoblanadi. O‘zaro fikr almashish paytida ular ma’lum darajada o‘qituvchi faoliyatining ayrim qismlarini bajaradilar, o‘quv guruhi esa hamjamiyatga aylanadi.

Quyida biz VI-XI asrlarda evropada ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot mavzusini interfaol darslarda o‘rganish bo‘yicha namunani beramiz:

Darsning maqsadi:


  • Qadimgi Ustrushona tarixi bilan o‘quvchilarni tanishtirish.


  • Yüklə 458 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə