Kalit yaratishda va saqlashda xavfsiz qurilmalardan foydalanish



Yüklə 121,19 Kb.
səhifə2/9
tarix30.06.2022
ölçüsü121,19 Kb.
#90259
1   2   3   4   5   6   7   8   9
малумотлар кодлаш (автовосстановление)

«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo‗ymoq» ma‘nosini bildiradi. Birinchi, marta u yozuv paydo bo‗lgan davrlardayoq aytib o‗tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya‘ni diskda saqlanadigan sonlar ko‗rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‗rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‗lgan har qanday axborotga nisbatan qo‗llash mumkin. Maxfiylikni ta‘minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo‗llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‗llaniladigan usullaning o‗zi axborotni himoyalash bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗p jarayonlarda ishlatilishi mumkin.
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta‘minlaydi. Masalan, to‗lov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning o‗zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo‗shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning ta‘minlash zaruriyati paydo bo‗ladi. Umuman olganda kompьyuter tarmog‗iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko‗p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta‘minlash deyiladi. Kriptografiyada qo‗llaniladigan usullar ko‗p bo‗lmagan o‗zgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini ta‘minlashi mumkin[4].
Nafaqat axborotning kompyuter tarmog‗idan ma‘nosi buzilmasdan kelganligini bilish, balki uning muallifdan keganligiga ishonch hosil qilish juda muhim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli usullar ma‘lum. Eng universal protsedura parollar bilan almashuvdir, lekin bu juda samarali bo‗lmagan protsedura. Chunki parolni qo‗liga kiritgan har qanday shaxs axborotdan foydalanishi mumkin bo‗ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik usullar bilan himoyalash mumkin, lekin kriptografiya bundan kuchliroq parolni uzluksiz
o‗zgartirish imkonini beradigan protseduralarni ham ta‘minlaydi. Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan biri – raqamli signatura – maxsus xossa bilan axborotni to‗ldirish yordamida yaxlitlikni ta‘minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma‘lum bo‗lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan ma‘lum usullardan ko‗proq afzalliklarga ega.
Ma‘lumotlarni shifrlash va uni mahfiy kanal orqali uzatishda bir martalik parollarning o‘rni kata hisoblanadi. Ularni generatsiya qilish va saqlashda maxsus kalit qurilmalarini saqlovchi e-tokenlar, Java simcardlar va boshqalaridan foydalaniladi.
Ishning maqsadi: Kalitlarni xavfsiz saqlash va yaratish tizimini ishlab chiqish.
Ushbu bakalavr bitiruv ishi kirish, 3 ta qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar to‘plamidan iborat.
1-qism nazariy qism bo‘lib, kalitlarni yaratishda va saqlashda kriptogafiyaning o‘rni, simmetrik va asimmetrik shifrlash algoritmlariga bag‘ishlangan.
2-qism amaliy qism, unda kalitlarni yaratuvchi va saqlovchin tizimlar: e-Tokenlar, Java cardlar, USB kalitlar va boshqalari tahlil qilinib, kriptografik algoritmlardan foydalanib kalit yaratish dasturini ishlab chiqilgan.
3-qismda hayot faoliyati xavfsizligiga oid ma‘lumotlar keltirilgan.
Xulosada ish bo‘yicha asosiy natijalar berilgan.



    1. Yüklə 121,19 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə