Kasbiy psixologiya


Psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlari



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Psixik rivojlanishning qonuniyat va mexanizmlari.
Har qanday inson 
kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‟zining 
bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‟ritosh, jahldor 
yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. 
Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‟ladi. Ana shu holatlarning 
barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. 
Inson psixikasi moddiy va ma‟naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli 
yaratuvchi murakkab jarayon bo‟lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik 
rivoji uyg‟unligining mahsuli hisoblanadi. 
Xo‟sh, psixika nima? 
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi 
(xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq 
manzaralarini subyekt o‟zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‟z 
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishidir. Psixikada o‟tmishning, hozirgi davr va 
kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan faoliyat va xatti-
harakatlarni boshqarishdir
1

Uning namoyon bo‟lish shakllari va ularning o‟zaro bog‟liqligi psixik 
(bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayo`l, nutq va diqqat), 
psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e‟tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, 
qiziquvchanlik, 
hayratlanish, 
ishonchlilik, 
ijodiy 
ruhlanish), 
shaxsning 
xususiyatlari (yo‟nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy 
salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‟uliyat) da kuzatiladi. 
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari
1
Qarang: 
G`ozuev E.
Umumiy psixologiya. - T., 2002. - 25-b. 


12 
shuningdek, insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining hilma-hil 
ko‟rinishlarini o‟rganuvchi fan. 
Psixologiya yunoncha «psixologos» so‟zidan olingan bo‟lib, «jon», «ruh» 
haqidagi fan, ta‟limot degan ma‟noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» 
tushunchasi o‟rniga «psixika» atamasini qo‟llash qabul qilingan. Chunki lingvistik 
nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‟noni bildiradi. Lekin 
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‟noga, ko‟lamga 
ega bo‟lib, inson ruhiyatining ham ko‟zga ko‟rinuvchi, ham ko‟zga ko‟rinmas 
tomonlarini o‟zida aks ettiradi. 
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning 
faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil 
qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o‟ziga tortadigan moddiy va ma‟naviy 
borliq. Predmet - moddiy va ma‟naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va 
o‟rganiladigan masalalar). 
Kasbiy psixologiya fani ham ma‟lum bir psixologik qonuniyatlarni 
o‟rganadi va ularni amalda qo‟llash bo‟yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. 
Psixologik qonuniyat
u, yoki bu, ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va 
rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‟liqligidan iboratdir. Bunday 
psixologik qonuniyatlardan biri ma‟lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning 
takror namoyon bo‟lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish - muayyan psixik 
hodisani tushunish, oldindan ko‟ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. 
Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari 
umumiy xususiyatlarini chamalab ko‟rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini 
belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil 
qilishda xatoga yo‟l qo‟ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning 
individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa 
narsalarni hamisha o‟rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik 
qonuniyatlar umumiy va jo`z‟iy bo‟lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar hamma 
shaxslarga yoki ko‟pchilikka aloqador bo‟lishi mumkin. Masalan, hamma 
shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo‟zg‟atuvchining kuchiga nisbatan 


13 
(o‟rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o‟sib boradi. 
Juz‟iy qonuniyatlar ba‟zi yoshdagi kasb egalari va ba‟zi toifadagi shaxslarga 
xos qonuniyatlardir. Masalan, o‟smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan 
rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o‟smirlarga xos bo‟lgan jo`z‟iy 
qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‟ylab tashkil qilingan hamda rejali 
ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik 
murakkab bo‟lishidan qat‟iy nazar, ko‟pgina psixologik tekshirishlar mutaxassis 
uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin. 
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba‟zi asosiy bosqichlarga ham bo‟lish 
mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 
1.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə