Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/99
tarix16.03.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#102651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
M.M.Axmedjanov Kasbiy psixologiya1- qo\'shimcha adabiyot

Masalaning qo‟yilishi.
Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi
psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy 
ahamiyatga ega bo‟lgan masalani aniqlashdan, shuningdek, bu masala fanda 
qanchalik o‟rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni 
o‟rganishdan boshlanadi. 
2.
Tekshirish metodikasini tanlash.
Psixologik kuzatishlar turli metodlar (bu 
metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning 
muvaffaqiyatli chiqishi ko‟p jihatdan metodni tanlashga bog‟liq bo‟ladi. 
3.
 Aniq ma‟lumotlarni to‟plash.
Ma‟lumotlar, I. P. Pavlov ta‟biri bilan 
aytganda, olim uchun go‟yo havodek zarur narsadir. To‟plangan ma‟lumotlar 
o‟rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy ma‟lumotlarga bo‟lgan asosiy 
talab - ularning to‟liq va izchil bo‟lishidir. To‟plangan ma‟lumotlar 
o‟rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak. 
4.
 Aniq ma‟lumotlarni ishlash.
To‟plangan ma‟lumotlarni matematik va 
mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni topish va ularni tasodifiy 
materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to‟plangan materiallarning o‟rtacha 
miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar aniqlanadi, songa oid 
ma‟lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma ko‟rinishlarida aks 
ettiriladi. Murakkab mutanosiblikdagi ma‟lumotlarni aniqlashda esa variatsion 
statistika metodlari qo‟llanadi. 


14 
5.
Qonuniyatning ifodalanishi.
Bu tekshirishning eng qiyin va mas‟uliyatli 
bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma‟lumotlarning mohiyatini chuqur 
tushunish, ularning o‟zaro bog‟liqlikni hisobga olish kerak bo‟ladi, binobarin, bitta 
ma‟lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko‟pincha chiqarilgan xulosalar 
taxminiy xususiyatga ega bo‟lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos 
bo‟ladi. 
6.Qonuniyatni amalda qo‟llash.
Aniqlangan qonuniyat ma‟lum bir amaliyot 
sohasida, masalan, tergov jarayonida gumon qilinuvchini so‟roq qilish 
psixologiyasini o‟rganishdan to‟plangan tajriba keyingi tergov jarayoni uchun 
kerak bo‟ladi. Ko‟pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda 
boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo‟lsa ham, har 
holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo‟lmaydi, 
boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi. 
Kasbiy psixologiya fani o‟rganishi kerak bo‟lgan qonuniyatlarni quyidagi 
uch guruhga ajratish mumkin: 
1)
shaxs va mexnat faoliyati bilan bevosita bog‟liq bo‟lgan psixik 
qonuniyatlar; 
2)
soha egasining psixikasini o‟rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar; 
3)
kasb egalariga har hil sabablar bilan murojaat qiladigan fuqarolarning 
psixologiyasini o‟rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar.
Hozirgi kunda o‟zbek psixolog olimlari ushbu muammolar ustida ilmiy 
izlanishlar olib bormoqdalar. 
Xo‟sh, kasbiy psixologiya fanining bahs mavzui nima? 
Kasbiy psixologiyaning o‟ziga xos prinsiplari mavjud. Har qanday usulda 
o‟tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator prinsiplarga rioya qilishni talab etadi. 
Masalan: subyektiv (psixologik) asosga nisbatan obyektiv (moddiy) asosning 
birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning yetakchilik roli, psixik 
hodisalarning o‟ziga xos bog‟liqligi prinsipi, psixologik faoliyatni o‟rganishda 
obyektivlik prinsipi, nazariya bilan amaliyotning bog‟liqligi prinsipi. 
Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi 
psixika 


15 
moddiy bo‟lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. 
Shaxsni o‟rganishda biz psixik faoliyatning ko‟plab tashqi ko‟rinishlariga duch 
kelamiz. Ulardan asosiylari: 
- og‟zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o‟zi (shaxsiy hisobot 
ma‟lumotlari) haqidagi mulohazalari g‟oyat muhim hisoblanadi. Nutq orqali 
shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarashlari, intilishlari, bilimi va boshqalar haqida 
xulosaga kelish mumkin; 
-
shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o‟z qo‟llari 
bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar 
aniqroq ma‟lumot beradi; 
-
psixik faoliyatning tashqi ko‟rinish va tanada namoyon bo‟lishi. Bu ko‟z 
qarashining ma‟nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon 
aylanishining o‟zgarishi, miya elektr faolligining o‟zgarishi va hokazo. 
Shuni ham ta‟kidlab o‟tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi 
namoyon bo‟lishigina emas, balki psixikaning o‟zi tashqi namoyon bo‟lishiga 
qarab ham o‟zgaradi. Masalan, soha egasi ishida xatoga yo‟l qo‟ydi. Ushbu faktni 
aniqlashdan avval xatoning sabablarini bilish lozim. 
Psixikani tashqi namoyon bo‟lish shakli orqali o‟rganish vositali bilish 
deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o‟rganishning 
asosiy metodi sifatida o‟z-o‟zini kuzatish (introspensiya) metodidan foydalanib 
kelingan. Biz o‟z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o‟z-
o‟zini kuzatish metodi o‟ta qulay tuyo`ladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir, 
chunki o‟z-o‟zini kuzatish ko‟pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash 
imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto‟g‟ri ko‟rsatadi. 
Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi o‟rin tutishi prinsipi
inson 
psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib 
chiqadi. Shunga ko‟ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayrim holda 
o‟rganish mumkin emas. 
Psixik hodisalarning o‟zaro bog‟liqlik prinsipi
bizning ichki dunyomiz 
yagona, bir butun ekanligidan, ma‟lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan 


16 
shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan 
shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o‟rganishning o‟zi asosiy 
maqsad bo‟lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning 
boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta‟sirini hisobga olish lozim 
bo‟ladi. 
Psixik faoliyatni o‟rganishda obyektivlik prinsipi
boshqa tekshiruvchilar 
qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o‟rganishni, real holatni 
ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo‟l qo‟ymaslikni 
talab qiladi. 
Nazariya bilan amaliyotning bog‟liqligi prinsipi
nazariya amaliyot uchun 
asos ekanligini, u o‟z qobig‟iga o‟ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi 
yo‟nalishlar ko‟rsatishni anglatadi. 
Kasbiy psixologiya fanining bu prinsiplari birgalikda qo‟llaniladi va ular har 
bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi. 
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o‟rganishga imkon 
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. 
Psixoanaliz jinoiy xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy 
sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo‟llaniladi. 

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə