Kasbiy ta’lim ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Matyoqubova 20 yil



Yüklə 6,78 Mb.
səhifə244/267
tarix06.01.2023
ölçüsü6,78 Mb.
#98278
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   267
Pedagogik amaliyot 360 majmua (4)

Qani aytinglarchi bolajonlar:
- Bayram dasturida nimalarni ko’rdingiz?
- Mustaqil davlat deganda qanday davlatni tushunasiz?
(o’zgerbi, o’z madhiyasi, o’z bayrog’i, o’z tili, o’z chegarasi bor davlat).
To’gri, mustaqillik sharofati bilan ozod, erkin bo’ldik. O’z davlat tilimizga ega bo’ldik. Biz boyliklarimizni xalqimiz baxt-saodati, manfaati yo’lida foydalanish xuquqiga ega bo’ldik.
Biz qanday boyliklarga egamiz (paxta, neft, toshko’mir, oltin, pul)
Tarbiyachi: 28 yil unchalik katta muddat bo’lishiga qaramay, O’zbekiston Respublikasi dunyoga mustaqil davlat bo’lib tanildi.
Hozirgi kunda mustaqil O’zbekistonning bayrog’i xilpirab turibdi. Bugungi kunda Ozbekiston mustaqilligini juda ko’p mamlakatlar tan oldi.
Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb, madxiya O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururidir. O’zbekiston davlat ramzlari haqida kim she’r biladi. (Bolalar javobi).
- Barakalla, bolalar Davlat ramzlarini ezozlash, qadrlash-O’zbekistonning qadr-qimmatini, o’z mamlakatiga va shaxsan o’ziga bo’lgan ishonchni mustaxkamlash demakdir.
O’zbekiston Davlati bilan faxrlanadigan inson juda ko’p narsalarga qodir. Bu esa Vataning shon - shuxratini oshiradi. Bu bizning burchimiz. Buni bizlar ayniqsa sportchilarimizni chet davlatlarida g’alaba erishganlarida bayrog’imizni yuqoriga ko’tarilishidan, madxiyamiz yangrashidan ham bilamiz. Sportchilarimizdan kimlarni bilasizlar?
Bolalar javoblari: (Mashxur sportchilarimiz ishtirokidagi videolavxalar namoyish etiladi.)
O’zbekistonda Prezidentimiz rahbarligida juda ko’p binolar, inshoatlar qurildi. Shaxrimiz kundan kunga tanib bo’lmas darajada o’zgarib boryapti.
Biz O’zbekiston kelajagiga ishonch bilan qaraymiz. Kelinglar bolalar, O’zbekiston diyorimiz haqidagi she’rlani eslab yoddan aytamiz.
Bolalar she’rlarni aytib bo’lgacha, ularga tetiklashtiruvchi mashq sifatida «O’z bayrog’inga bor»xarakatli o’yinini o’ynash taklif etiladi. O’yin mazmuni, signal berilganda, bolalarga 4 xil rangdagi bayroqlar qo’yilgan, bolalar qo’llaridagi rangdagi bayroqqa borib turadilar.
- Kelinglar bolajonlar sizlar bilan Vatan haqidagi maqollarni aytish qilamiz. Kim ko’p aytar ekan-?
- Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro’ying somon bolmas.
- Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.
O’yin tugagacha, bolalarga ixtiyoriy rasm chizish taklif etiladi. Bolalar bayram taassurotlari, bayroq, gerb, Xumo qushini tasvirlashlari mumkun.

Yüklə 6,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə