Kimyoviy texnologiya



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

Ishning maqsadi. 
Kristall xolatda ammiak selitra olish, uning nitrat kislota 
bo`yicha unumini hisoblash va tarkibidagi ammoniyli azaotni miqdorini toppish. 
Reaktivlar: 

nitrat kislota eritmasi (48-60%), ammiak eritmasi (25%), lakmus 
qog`ozi. 


30 
Jixozlar: 
ammiakli selitra olish mo`ljallangan qurilma, nitrat kislota va ammiak 
eritmalarini zichligini o`lchash uchun aerometrlar. 
500 ml o`lchov tsilindri
Aerometrlar 
qumli hammom
 
 
 
Ishni bajarishtartibi 
Ammiakli selitrani rasmda ko`rsatilgan qurilmada olish mumkin. Bnda 
reaktsion uskuna deametri 50-56 mm va balandligi 300-400mm, yuqori va pastki 
qismida Vyurts kolbasini ulash uchun mo`ljallangan teshiklar mavjud. Trubkaning 
yuqori va pastki qismi cho`zilgan. Trubkaning pastki qismiga steklovata taxlanadi 
va unga shisha nasadka solinadi; trubkaning yuqori qismiga tomchili voronka 
o`rnatiladi. Trubka o`rniga suvli sovutkich kojuxini ishlatish mumkin, lekin bunda 
pastki otvo (teshik) yuqoriga qayrilib qo`yilgan bo`lishi kerak, bu eritmani ammiak 
keladigan shlangga kirib qolishidan saqlaydi. Ammiak Vyurts kolbasidan keladi
bu kolbada ammiak hosil qilish uchun konsentrlangan eritmasi sekin qizdiriladi. 
Ishni boshlashdan avval nitrat kislota va ammiak konsentratsiyalari 
tekshiriladi. Bu maqsadda ularning eritmalari tsilindrlarga sekin quyiladi va 
areometrlar yordamida zichliklari aniqlanadi. Keyin spravochnik yordamida nitrat 
kislotani va ammiakni eritmalardagi foiz miqdori topiladi. U nitrat kislota uchun 
48-60%, ammiak uchun 25% ni tashkil qilishi lozim. 
Shundan so`ng o`qituvchining topshirig`iga ko`ra 15-20 ml nitrat kislota 
tomchili voronkaga quyiladi, vyurtskolbasiga 75-100 ml ammiak eritmasi quyiladi. 
Vyurts kolbasi probka bilan berkitiladi va yopiq elektrplitkada qizdiriladi. Ammiak 
neytralizatorga kelib tushishini boshlagan vaqtda tomchi voronkani jo`mragi 
ochiladi va sekinlik bilan tomchilab neytralizator orqali nitrat kislota o`tkaziladi. 
Oq tuman ko`rinishida hosil bo`lgan ammiakli selitra kondensirlanadi va uzliksiz 


31 
tarzga reaktorning pastki qismiga oqib tushadi, maxsulot oldindan tortib olingan 
chinni kosachaga yog`iladi. 
Kislota oqib bo`lganidan keyn, tomchili voronkaning jo`mragi yopiladi va 
yana biroz ammiak o`tkazish davom etadi. Keyin ammiakli selitrani kislotaliligi 
lakmus qog`oz yordamida tekshiriladi. Agar eritma kislotali bo`lsa, tomchili 
voronkaga qayta quyiladi va qaytadan neytralizator orqali o`tkaziladi, bunda 
ammiakni o`tkazish to`xtatilmaydi. Bu operatsiya eritmani reaktsiyasi ishqoriy 
bo`lguniga qadar olib boriladi.
 
 
Shundan so`ng Vyurts kolbasidan ammiak o`tkazish to`xtatiladi, tomchili 
voronka 3-4 marta distillangan suv yordamida chayiladi, neytralizator ham 
yuviladi. Yuvish uchun ishlatilgan suvli ammiakli selitra eritmasiga qo`shib 
yuboriladi va eritma solingan chinni kosacha qumli hammomga joylashtiriladi. 
Eritma shisha tayoqcha yordamida aralashtirib turgan holda, oq bug` hosil 
bo`lguniga qadar bug`lantiriladi, bug` harorati 433 K ga yetadi. 
Ammiakli selitra sovutilganidan va kristallanganidan keyin, kosacha 
og`irligi olchanadi, hosil bo`lgan selitrani massasi hisoblab topiladi, unumi nitrat 
kislotaning olingan miqdoriga qarab foizlarda hisoblanadi. 
Ish natijalari jadvalga kiritiladi: 
Nitrat kislota 
Ammiak 
eritmasi 
Ammoniy nitrati 
Hajm 
(ml) 
Zichlik 
(g/m
3

konsentratsiya 100% ga
hisoblangan 
massa (g) 
Zichlik 
(g/m
3

Hajm 
(ml) 
Nazariy 
jihatdan 
unumi 
(g) 
Amaldagi 
unumi 
(g) 
Unu
mi ƞ 
(%) 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə