Kimyoviy texnologiya



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

Ishning maqsadi:
metallarni elektrokimyoviy nikellash jarayoni bilan 
tanishish, tok bo`yicha unumni va qoplama qalinligini hisoblash. 
Tajriba uskunasining sxemasi 
Elektrokimyoviy 
nikellash 
uchun 
mo`ljallangan 
tajriba 
uskunasi 
sozlagichdan, elektrolizyordan va kalonometrdan tashkil topgan. 
Sozlagichning old qismida (1) o`chirgich (2), kuchlanish boshqaruvchisi (3), 
voltmeter (4), ampermetr (5), doimiy tok klemmalari joylashgan (6). 
Elektrolizyor (7) hajmi 0,5-0,7 dm
3
bo`lgan, plastmassa qopqoq (8) bilan 
yoqpilgan shisha stakan bo`lib, unga tok o`tkazuvchan katodli (11) va anodli (12) 


41 
qisgichlar o`rnatilgan. Anod sifatida nikelli plastinkalar ishlatiladi, katod o`rnida 
nikellanishi kerak bo`lgan po`lat plastinka olinadi. Elektrolizyor nikel sulfat 
elektrolit bilan to`ldirilgan bo`ladi. 
Kulometr ham xuddi shunday tuzilgan, lekin anod va katodlar o`rnida mis 
plastinkalar ishlatiladi, elektrolit sifatida mis sulfat olinadi. 
Elektrolizyor va kulonometr ketma –ket sozlagichning doimiy tok 
klemmalariga ulanadi. 
 
9- rasm.
Metallarni elektrokimyoviy nikellash uchun tajriba uskunasining 
sxemasi 
1-sozlagich; 2-o`chirgich; 3-kuchlanish boshqaruvchisi; 4-voltmetr; 5-
ampermetr; 6-doimiy kuchlanish chiqish klemmalari; 7-elektrolizyor; 8-qopqoq; 9-
katodli qisgich; 10-anodli qisgich; 11-katod; 12-anodlar; 13-kulonometr. 
 
1-usul. Ishni bajarish tartibi 
Nikellashga berilgan po`lat plastinka avval qumqog`oz bilan, keyin filtr 
qog`oz bilan tozalanadi, so`ng organic erituvchilar yoki ishqor eritmasi yordamida 
yog`sizlantiriladi, so`ng pasta bilan (mel va so`da aralashmasi) artiladi va suv bilan 
yuviladi. Shundan so`ng plastinka mis bilan qoplanadi, buning uchun u 1-2 
minutga mis sukfat solingan vannachaga solinadi. So`ng plastinka suv bilan 
yuviladi, quritiladi va analitik tarozida tortib olinadi. 
Tayyorlangan po`lat plastinka elektrolizyorning katodli qisgichiga qotiriladi. 
Misli katod kulometrning katodli qisgichiga qotiriladi. Bunda katodli plastinkalar 
anodlisi bilan parallel o`rnatilgan bo`ladi. 
Elektrolizyor va kulometrning chiqish qismi ketma –ket ulanadi, 
biriktiruvchi simlarning uchlari sozlagichning chiqish klemmalariga biriktirlgan 
bo`ladi. 


42 
Elektrolizyor va kulometrga elektrolitlarning eritmalari solinadi, bunda 
elektrod plastinkalar eritmalarga to`rtdan uch qismga tushirilgan bo`ladi. Elektrodli 
qopqoqlar stakanga joylashtiriladi, sozlagichning o`chirgichi yoqiladi, kuchlanish 
boshqaruvchisi yordamida tok kuchi o`rnatiladi, bunda elektrolizyordagi tokning 
katodli zichligi 0,5-1,0 A/dm
2
bo`lishi kerak. 
Nikellash jarayoni 0,5-1,0soat ichida davom etadi. Jarayon tugagach 
sozlagich o`chiriladi, elektrolizyor va kulometrning katodli plastinkalari uziladi
suv bilan yuviladi, quritiladi va tarozida tortiladi. Dastlabki va so`nggi 
o`lchashlarning farqiga qarab po`lat plastinkaga o`tirgan nikel massasi, hamda 
kulometrning katodida o`tirgan misning massasi topiladi. 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə