13
1-Laboratoriya ishi
Toshko`mirni flatatsiya usulida boyitish
Toshko`mir tarkibida kremniy o`ksidlari, temir sulfide va loy bo`lishi
mumkin, ular kokslash jarayonida ishlatladigan ko`mir
sifatini keskin
tushirib yuboradi, koks gazidagi vodorod sulfide gazini miqdorini oshiradi.
Shuning uchun turli markadagi toshko`mir, tarkibidagi qo`shimcha
moddalardan tozalash uchun boyitiladi.
Ishning maqsadi:
konsentrantning unumini hisoblash va toshko`mir
konsentrantsiyasi darajasini aniqlash.
Reaktivlar:
toshko`mir, kerosin, ko`pik hosil qiluvchi (tsiklogeksanol, krezol
va h.z)
Toshko`mir
ko`pik hosil qiluvchi (tsiklogeksanol, krezol)
Kerosin
Krezol
Jixozlar:
laboratoriya
flatatsiya mashinasi, metal tayoqcha,
chinni stupka,
chinni stakan yoki kosacha, sekundomer, qumli hammom, 100 ml stakan (2 dona),
0,2-0,05 mm teshikli elak.
14
1-Rasm. Mehanik aralashtirgichli flotatsion moshina.
1
-
flotokamera; 2-mator; 3-aralashtirgich; 4-stamina; 5-konsentrat uchun
stakan.
Ishni bajarish tartibi:
toshko`mirni flotatsiyasi
usulida boyitish flotatsiya
laboratoriya mashinasida olib boriladi. Bu mashina flotokamera 1, shtativga 4
qotirilgan aralashtirgichli 3 elektromotordan 2 iborat (rasm 1). Flotokamera ikkita
bo`limdan iborat- aralashtirgichli A va ajratgichsiz B. Flotatsion kontsentrat uchun
stakan 5 h bo`lim yonida joylashtiriliadi. Toshko`mir namunasi 1,0-1,5
gr chinni
havonchada 0,2 mm o`lchamgacha maydalanadi va elanadi (№0,25 elak), yirikroq
zarrachalar qayta maydalanadi, chunki 2,5 mm dan katta bo`lgan
zarrachalar
chiqindiga yuboriladi. Flotatsiya uchun 1,0 – 1,2 gr maydalangan, elangan namuna
olinadi va flotatsion kameraning A bo`limiga joylashtiriladi, 8-10 ml suv quyiladi,
aralashtirgich yoqiladi va 5-7 min aralashtiriladi. Keyin to`plovchi sifatida 1000 kg
toshko`mirga 0,5 kg miqdorda kerosin qo`shiladi, sekundomer yoqiladi, pulpa 4
minut davomida aralashtiriladi. Keyin 1 pulpaga 15-20 gr hisobda ko`pik
hosil
qiluvchi qo`shiladi. Massa nisbati qat`iy pulpadagi suyuqlik 1:5
÷
1:3 chegarada
yotadi.
B bo`limdan hosil bo`layotgan ko`pik metal
tayoqcha yordamida avvaldan
tortib olingan stakanga 5 joylashtiriladi, bunda iloji boricha pulpaga (suyuqlik)
tegib ketmaslik kerak. Olingan ko`pik qumli hammomda
quritiladi va olingan
konsentrat tortib olinadi. Kamerada qolgan pulpa (dum) flotatsiya tugaganidan
keyin shisha stakanga quyib olinadi. Flotatsion kamera
suv bilan yuviladi va
stakanga solinadi. Flotatsion qoldiq tortib olingan filtr qog`ozdan o`tkaziladi,
quritiladi va tortib olinadi.
Konsentratning unumi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: