Kirish § O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori



Yüklə 284,59 Kb.
səhifə21/26
tarix27.05.2023
ölçüsü284,59 Kb.
#113589
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O\'rta maxsus kasb hunar kollejlarida maxsus tibbiy guruhlarida jismoniy

Boshqa vazifalari:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomi, xizmatdoshlar va o‘quvchilar bilan pedagogik axloq me’yorlari qoidalariga va huquqiy hujjat talablariga, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanishda sanitariya-gigiyena talablarini bajaradi;
b) o‘zining kasbiy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirib boradi;
v) ta’lim muassasasida va auditoriyadan tashqarida o‘tkaziladigan tadbirlar paytida unga ishonib topshirilgan o‘quvchilar kontingentining hayoti va sog‘lig‘i haqida qayg‘uradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, boshqa qonun hujjatlarini, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim tizimini, Davlat ta’lim standartini takomillashtirish borasidagi buyruqlarini;
b) dars berilayotgan o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmunini va amaliy tadbig‘ini;
v) o‘smirlarni o‘qitish va tarbiyalashning ilg‘or shakllari hamda faol metodlarini, didaktik tamoyillarni, o‘qitilayotgan fan bo‘yicha darslarni tashkil etish va olib borishni;
g) nazoratning zamonaviy, faol shakllarini, metodlarini, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va baholash mezonlarini, o‘quvchilar faolligini va o‘zlashtirishini baholashning reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) ta’lim jarayonida o‘qitishning texnik vositalarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini amaliy qo‘llashni;
j) kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillarni;
z) ma’naviyat va ma’rifatning dolzarb masalalarini va yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni, muomalada, suhbatda va mashg‘ulotlarda nutq madaniyati va axloq masalalarini;
i) mehnatni ilmiy tashkil etish va huquq asoslarini;
k) mehnat muhofazasi va gigiyena qoidalarini, xavfsizlik texnikasini, fan kabinetlari, auditoriya va boshqa binolarni jihozlashga qo‘yiladigan talablarni;
l) maxsus fan o‘qituvchilari mutaxassislik bo‘yicha ishlab chiqarish texnologiyasini, iqtisod va ishlab chiqarishni boshqarish asoslarini bilishi kerak.

Yüklə 284,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə