Kirish § O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori



Yüklə 284,59 Kb.
səhifə24/26
tarix27.05.2023
ölçüsü284,59 Kb.
#113589
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O\'rta maxsus kasb hunar kollejlarida maxsus tibbiy guruhlarida jismoniy

Boshqa majburiyatlari:
a) mehnat va ishlab chiqarish intizomiga, hamkasblari bilan pedagogik axloq normalariga, tegishli qonuniy me’yor talablariga, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi, o‘quv jihozlaridan foydalanganda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiladi;
b) o‘z kasbiy tayyorgarligini (malakasini) doimiy ravishda oshirib turadi;
v) unga biriktirilgan o‘quvchilar kontingentining ta’lim muassasasida bo‘lganda yoki auditoriyadan tashqarida o‘tkaziladigan tadbirlarda hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha qayg‘uradi.
Bilishi lozim:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari, qonun hujjatlari va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining ta’lim tizimini, davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish bo‘yicha buyruqlarini;
b) o‘qitadigan o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslarini, uning mazmuni va amalda qo‘llanilishini;
v) o‘smirlarning ta’limi va tarbiyasining ilg‘or shakllari, didaktik tamoyillari, o‘qitadigan fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish va olib borish metodikasini;
g) zamonaviy va samarali nazorat metodlari, testlar va o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi va faolligini baholovchi reyting tizimini;
d) pedagogik va kasbiy muloqot nazariyasi va amaliyotini, yosh psixologiyasi va fiziologiyasini;
e) o‘quv jarayonida foydalanadigan ta’lim vositalarini amaliy qo‘llashni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini;
j) kadrlarni tayyorlash sifatiga ta’sir etuvchi omillarni;
z) ma’naviy-ma’rifiy ishlarning dolzarb vazifalarini, yoshlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borish usullarini, muloqotda, suhbatlarda, mashg‘ulotlar olib borishda axloq va muomala madaniyati masalalarini;
i) huquq asoslari va mehnatni ilmiy tashkil etishni;
k) mehnat xavfsizligi va gigiyenasi qoidalarini, o‘quv kabinetlari, auditoriyalar va boshqa xonalarni jihozlashga qo‘yilgan talablarni;
l) maxsus fan o‘qituvchilari texnologik ishlab chiqarish, tegishli yo‘nalishda ishlab chiqarishni boshqarish va iqtisod asoslari bo‘yicha bilimlarga ham ega bo‘lishlari shart.

Yüklə 284,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə