Alisher navoiy ijodida nutq madaniyati va notiqlik san’ati masalalarini o’rganish



Yüklə 19,22 Kb.
tarix19.09.2023
ölçüsü19,22 Kb.
#122441
ALISHER NAVOIY IJODIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN


ALISHER NAVOIY IJODIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN’ATI MASALALARINI O’RGANISH
O'zbek xaiqining buyuk mutafakkiri, insonparvar shoiri Alisher Navoiy o'z ijodini hamisha ijtimoiy faoliyat bilan birga qo'shib olib bordi. Alisher Navoiy o'zbek mumtoz adabiyoti va adabiy tilining asoschisi bo'lishi bilan birga barcha turkiy xalqlar adabiyoti va adabiy tili rivojiga ulkan hissa qo'shganligi shubhasizdir. Navoiy turkiy tilda go'zal nutq tuzish va bu tilda ajoyib o'lmas asarlar yozish 57 mumkinligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan isbotladi. Alisher Navoiyning “Muhokamat ul lug'atayn”, “Mahbub ul — qulub”, ‘ Nazmul-javohir” va boshqa qator asarlari o'zbek tilida nutq tuzishning go'zal namunalari bo'lish bilan birga, tilning yuksalishiga ham katta hissa qo'shdi. Bizning ota-bobolarimiz qadimdan odamiylikni, qadr-qimmat va mehr-oqibatni har qanday zaru oltinlardan, madanu boyliklardan, duru gavharlardan ustun qo'yib kelishgan. Alisher Navoiyning: Odami ersang, demagil odami, Onikim yo'q, xalq g'ami din g'ami - misralari ham bu fikrimizning dalili sanaladi. Hazrat Alisher Navoiy Husayn Boyqaroni “Sohibqiron” deb Ulug'lagan bo'lsalar, Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyning turkiy tilda bitilgan 'Hamsa”sini o'qigach ‘ So'z sohibqironi” deb ataydi va Navoiyga bag'ishlangan risolasida buni qayd etadi: Erur so'z. mulkining qahramoni Erur gar chin desang sohibqironi. Navoiy so'z qadrini benihoya ulug'lagan va uning qudratini o'z davridayoq, hayotlik chog'idayoq sinab ko'rgan ulug' siymo edi. Shu bois ham hazrat Navoiy yozadilar: So'zdirki, nishon berur o'likka jondin, So'zdirki, berar jonga xabar jonondin. Insonni so'z ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin. Demak, odamning drikligidan nishona ham so'z, oshiq-mashuqlar qalbidagi ishq-muhabbat tuyg'ularini taranr.um etuvchi ham so'z, hayvonat olamidan odamni ajratib turuvchi ham so'z ekanligini uqtirarkan, undanda go'zal narsa yo'qligiga ishontiradi. Navoiy so'z gavharini, uning qadr-qimmati va go'zalligini, inson ruhida jon kabi muhimlini ta'kidlaydi. Ulug' Navoiyning "Ey so'z, ne halo ajib guharsen, Gavhar ncki, bahri mavjvarsen, Derlar seni, dur, savob 58 emas, bu, Sen javharu ruhu dur quruq suv”, kabi so'z shaniga aytgan gaplarini, “Muhokamat ul-lug'atayn” asarida tilimiz boyligini namoyish etganini, “MajolisAlisher Navoiy ijodini dengizga qiyos qilish mumkin. Unda duru gavharlar behisob, biz ulug' mutafakkirlaming so'zga, nutqqa va 63 Notiqlik san'atiga qaratilgan fikrlarini yortishga harakat qildik. Bu hali hammasi emas. Mazkur mavzu katta ilmiy ishlarga manba, material berishiga aminmiz. Navoiydek ulug' alloma so'z qudratiga shunchalik e'tiborlarini qaratgan ekan, bizning burchimiz uning fikrlarini o'qimoq va uqmoqdan iborat bo'Jib qolmasdan, qo'limizdan kelgancha unga amal qilish insoniy burchimiz ekanligini esdan chiqarmaylik. un-nafois” asarida so'zdan unumli foydalanish mahorati haqidagi fikrlarini ko'z oldimizga keltiraylik. So'zning, notiqlikning qudrati beqiyos ekanligini zamondoshimiz, O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov Alisher Navoiy ijodi misolida shunday xulosaga keladi: Temur tig'i etmagan joyni Qalam bilan oldi, Alisher. A.Oripov xulosasining to'g'riligini hazrat Navoiy o'z ijodida ham tasdiqlagan. Bu o'rinda taniqli olim Nusratilla Jumaevning (Istiqlol va ona tilimiz. Toshkent: “Sharq”. 1998, 46-47-betlar) fikrlarini keltiramiz: “Alisher Navoiyning: Olibmen taxti farmonimga oson Cherik chekmay Xitoydan to Xuroson, degan so'zlarida ham shunday hikmat bor. Cherik - bu lashkar. Shoir lashkar tortmasdan Xitoydan Xurosongacha bo'lgan sarhadni zabt etganligi haqida faxrlanib so'zlamoqda. Ma'lumki, Alisher Navoiyning ta'sir doirasi va darajasi har qanday sarkardadan ham ustun bo'lgan. Nutq va tafakkur salohiyati uni vaziri a'zam darajasiga ko'targan edi”. Bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, notiqlik san'ati haqidagi fikrlari aynan haqiqatligiga shubha bo'lishi mumkin emas. Misollarga murojaat qilaylik: Yaxshi so'zlay olish (nutq) - san'atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgan: Erdin so'z hunar, enchidin bo'z hunar («Mahbub ul-qulub». 82-bet). Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so'zi, nutqidir: Suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila, odam yaxshilig'i so'z bila. (Mahbub ul - qulub, 79- bet) 59 So'z zohir etar zamir ishi ko'prigidin, Til muxbir erur kungil pihon emgcigidin, Faxm ayla kishi holini so'z demagidin, Kim berdi xabar hadisi ko'ngtidagidin. (Nazm ul-javohir. 41- bet) Kishining so'zi(nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi: Odamki demak birla kiromiydiru bas, So'z durri ishining intizomidaru bas, Sihhat onchaki, ahli aql komidu.ru. bas. Aqliga dalil aning kalomiduru bas. (Nazm ul javohir. 25-bet) So'zlaganda diling bilan tiling bir bo'lsin, chunki dildagi tilga chiqadi: O'aq seni sevgay el bila bo'lsang, Tilu ko'nglingni bir qilib birro'y, Nuqta sursang shukuftau xandon, Zist qilsang, kushodou xushro'y. (Arbain, 59-bet) Demonkim ko'ngli роки ham ko'zi pok. Tili роки so'zi роки o'zi pok. (Hamsa, 175-bet) Tilki fasih va dilpazir bo'ig'ay — xo'broq bo'lg'ay, Agar kungul bila bir bo'lg'ay. (Mahbub ul-qidub. 60-bet) So'zlaganda o'ylab so'zla, tushunib bilib gapir: So 'zni ko 'nglungda pishqannuguncha tilga kelturma, O'amakim ko'nglungda bo'lsa tilga sumui. {Mahbub ul-qulub. 83-bet.) Xushmuomala, shirin so'z bo'l. Tiling bilan kishilarga ozor benna: 60 Har kimki chuchuk so'z elga izhor aylar, Har neki ag'yor durur у or aylar, So'z qattig'i el kunguliga ozor aylar, Yumshog'i ko'ngullarni giriftor aylar. (Nazm ul-javohir. 43 bet) Tilni, so'zni qadrla, uni hurmat qil: Donau dur so'zini afsona bil, So'zni jahon bahrida durdona bil. ( “Hamsa ”, 34-bet) Oz gapirmoq - hikmatga sabab; oz emoq - sog'likka sabab. Og'ziga kelganini demoq - nodonning ishi va oldiga kelganni emoq - hayvonning ishi. Ko'p demak birla bo'lmagil nodon. Ко'p emak birla bo'lmagil hay von. (Mahbub ul - qulub. 83-bet) Chin, to'g'ri so'zla, nutqingda halol bo'l. Yolg'on so'z baxtsizlik keltiradi. Chin so'z mo"tabar, yaxshi so'z muxtasar... (Mahbubul — qulub. 63-bet) Yaxshi, ezgu so'z (nutq) kishiga obro', baxt keltiradi. Ezgu so'zli bo'l: Kim istasa mazhari karomai bo'lmoq, H arnav' ishda istiqomat bo'lmoq, So'zdir anga mujibi haromat bo'lmoq. Til zabtidadur anga salomat bo'lmoq. (Nazm ul-Javohir. 30 bet) Tilingni tiy. Ko'p so'z, ezma va vaysaqi bo'lma. Bu zararlidir. Befoyda so'zni ko'p aytma va foydalig' so'zni ko'p eshiturdin qaytma. Oz degan oz yanchilur, oz egan oz yiqilur. (Mahbub ul-qulub. 82-bet) 61 Til ildumidin bo'lur haromat hosil,- Yuz nav' nadomatu malomat hosil. Oz so'zlagandin istiqomat hosil. Sag 'itligidin vale salornal hosil. (Nazxn ul - Javohir. 31 bet) So'zlaganda sharoitni, Zahiriddin Muhammad Bobuming '‘Bobumoma” asari badiiy nutqning go'zal namunasidir. Bobur o'zi hammabop yozishi bilan birga boshqalarga ham shunday ish tutishni maslahat beradi. Jumladan, o'z o'g'li Xumoyunga yozgan bir xatida birovga yuboriladigan maktubni muallifning o'zi bir necha bor o'qib ko'rishi lozimligi, uning ravonligiga, so'zlaming ko'zda tutilgan ma'noni to'g'ri aks ettirayotganligiga ishonch hosil qilishi shundan so'nggina uni jo'- natish mumkinligini ta'kidlaydi. So'zlaming xato yozilishi aytilmoqchi bo'lgan fikrni xiralashtiradi, o'quvchini qiynaydi: yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o'qimaysen, ne uchunkim, agar o'qur xayol qilsang edi, o'qiyolmas eding. O'qiyolmagandan so'ng, albatta tag'yir bo'lur eding. Xatingni xud tashvish bila o'g'isa bo'ladur, vale asru mug'laqdur. Nasri muammoni hech kishi ko'rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas, iltifotni to bila bitibsen. Qulunjni yo bilan bitibsen. Xatoingni xud har tavr qilib o'qisa bo'ladur, vale bu mutloq alfozingdin maqsud tamon mafhum bo'lmaydur. G'olibo xat biturda kohilliging ushbu jihattindur. Takalluf qilmay deysan, u jihattin mutloq bo'ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham senga tashvish ozroq bo'lur va ham o'qig'uvchiga” (‘'Bobumoma’’ Toshkent: ‘"Fan”, I960, 421-bet). 64 Bobur hayoti va sulolasini chuqur bilgan, romanlar yozgan taniqli yozuvchi Primqul Qodirovning (“Til va el” T:, G'.G'ulom nashriyoti, 2005 y.) yozishicha: “Bobur Mirzo so'z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o'zi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o'g'li Humoyunga “Boburnoma”ni tugallab taqdim etganda unga bir ruboiy ilova qiladi: Bu olam aro ajib alamlar ko'rdum, Olam elidin turfa sitamlar ko'rdim. Har kim bu vaqoyi'ni o'qir, hilgaykim, Ne ranju, ne mashaqqatu, ne g'amlar ko'rdim” (Bobur Tanlangan asarlar. Toshkent, 1958, 153-bet. “V oqe'” - “Bobumoma”ning dastlabki nomi edi. Bobur o'z zamonida boshdan kechirgan barcha ko'rguliklarni haqqoniy tasvirlashga intilganining sababi bu ruboyida aniq ko'rsatilgan. Uning eng zo'r istagi “Voqe'”ni o'qiganlar haqiqatni bilsinlar, u qilgan xatolarni takrorlamasinlar. “Boburnoma” ham “Temur tuzuklari” kabi avlodlarga ulkan hayotiy tajriba, sabog' va qisman vasiyat tarzida yozilgan edi. Adibning Hindistonda tartib bergan so'nggi devonida uning dastxati saqlanib qolgan. Bu dastxat bilan ikki satr she'r yozilgan: Har vaqtki ко'rgaysen mening so'zimni, So'zumni o'qib sog'ingaysan o'zumni. Ushbu satrlar bitilgan sahifa chetiga Bobur Mirzoning chevarasi Shohjahon tomonidan quyidagi sharh bitilgan: “Ushbu turkiy bayt jannatmakon Hazrat Bobur podshohning o'z qo'llari bilan bitilgan dastxatdir. Shohjahon binni Jahongir, binni Akbar, binni Humoyun, binni Bobur podshoh (S.Azimjonova. Boburning hind devoni, 1966, 38-bet.) Bu noyob sahifada biz ham Bobur Mirzoning ham Shohjahonning dastxatlarini ko'ramiz. Eng muhimi va bizning mavzuimizga bevosita aloqador tomoni shundaki, Bobur Mirzo so'z orqali odam65 ning o'zini ko'rish mumkin, deb hisoblagan “Har .vaqtki ko'rgaysen mening so'zimni” degan satrida so'z ko'rinadigan bir mavjudot sifatida baholanadi. Albatta, so'zning shakli faqat qog'ozda ko'rinadi, ammo so'zning ichki mazmunida surati chizilgan tasvir ham bor. Bu tasvirda Boburning hayoti, boshidan kechirganlari, uning tilida aks etgan didi, fe'l-atvori, ichki kechinmalari hammasi mavjud. Bobur shuni hisobga olib, “So'zimni o'qiganda o'zimni ko'rganday bo'lasen” (“Sog‘- ingaysen o' zimni”) deydi. Badiiy tilga bunday tirik jon ato qilishga faqat daho darajasidagi realist adiblargina muyassar bo'ladilar. Ajoyibi shundaki, “Boburnoma” memuar asar sifatida Bobur she'riyatning hayotiy asoslarini ochib beradi va shu bilan ularning ta'sir kuchini oshiradi. Boburning she'riy asarlari esa uning nasriy asarida aytilmagan ichki kechinmalari va qalb tug'yonlarini she'riy at vositalari bilan yanada ta'sirliroq qilib ifoda etadi. “Bobumoma”da 1506-1507 yil voqealari orasida qish kunida Hirotdan Qobulga qorli dovondan oshib o'tib borish mashaqqati tasvirlanadi. Bir hafta davomida qor tepib yo'l ochib boradilar. Qor ko'krakka uradi. Otlar yurolmaydi. Devon tepasida qor bo'roni kuchayib ketadi. Sovuq behad qattiq. Ba'zi bek va navkarlaming qo'l-oyog'ini sovuq uradi. Bobumi tor bir tog' kamarida panalashga undaydilar. ’’Ko'ngulga kechdikim, barcha el qorda va chopqunda, men issiq uyda istirohat bila... Muruvattin yiroq va hamjihatlikdin qiroq ishdur. Men ham har tashvish va mashaqqat bo'Isa ko'rayin, har nechuk el toqat qilib tursa turayin... Xuftongacha qor oncha chopqilab yog'diki, boshimga va quloqlarimning ustiga to'rt ellik qor bor edi... O'sha] kecha qulog'imga sovuq ta'sir qildi” (O'sha kitob, 256-258-betlar) suhbatdoshingni hisobga o!, beo'rin so'z aytina... I Mahbub ul-qulub. 84-bet) Gapirganda qaytariqlnrdan qoch, cliunki ular fikming ta'sirini susaytiradi: Bir deganni ikki demak xiisk emas, So ': chu takror ropti diikash onus. illamsa. 434-bet) Til — shuncha shurajl bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma qul bo'lib chiqsa - tilning ofatidir. (Mahbub ul-qulub. 72-bet) Til shiriniigi - ko'ngilga yoqimlidir; Muloyimiigi esa - foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansr. ko'pchilikka ziarari tegadi; Qanddan may tayyorlansa harotn bo'ladi. (Mahbub ul—qulub. 72-bet) Muloyim so'z - vahshiylami uit'atga aylantiradi; sehrgar - chang bilan afsun o'qib, iionni inklan chiaaradi.
Bayi: Xusn -jam oli yo'q odam shirin so'z bo'lsa, Go'~o! va shirin so'zi bilan barchani qo'lga oladi. ("Mahbub ul-qulub” dan 7i-bet) Demak, shirinsuxaniik, chiroyli gapirishga iniilish, notiqlik qadimiy tarixga ega ekan, bizning ham ajdodlanmiz intilgan qoidalarga amal qilishimiz lozim bo'ladi. Alisher Navoiygi) qadur va unga zamondosh bo'lgan allomalarimi/ asarlarida va o'git nasihatlarida Й 2 inson-uchun manaviy zebu ziynat bo'lgan shirin muomala, chiroyli va muloyim so'zlash, Notiqlik san'atini egallashga chaqiriq, da'vat tarix o'zanidan bizgacha kelib bog'lanadi. Bu muammoni hal etish esa har birimi^ning qo'limizda, chidam va iroda bilan harakat qilsak, albatta, erishish mumkin. Alisher Navoiy hazratlari “Mahbubulqulub” asarining birinchi qism 21-bandida “Nasihatgo'y va va'zxonlar to'g'risida” shunday yozadilar: “Voiz haq so'zini targ'ib qilishi, payg'ambar so'zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o'zi haq va payg'ambar yo'liga kirishi, so'ngra esa nasihat bilan elni ham shu yo'lga solishi lozim. O'zi yurmagan yo'lga elni boshlamoq - musofimi yo'ldan adashtirib, biyobonga tashlamoq va sahroda uni yo'qotmoqdir. O'zi mastning elni xushyorlikka chaqirishi - uyquchi kishining odamlami bedorlikka da'vat etganiga o'xshash bir narsadir. Uyqusida so 'zlagan kasal odamdir, Unga quloq osgcm esa tentakdir. Va'z - murshidlar, pirlar, hushyor kishilaming ishidir va ulaming nasihatini qabul etgan maqbul kishidir. Avvalo, uning o'zi bir yo'lga tushib olgan bo'lishi, keyin esa boshqa odamlarni o'sha tomon boshlab borishi kerak. Yo'lga bilmay kirgan yo'qoladi va maqsadidan boshqa erga etadi. Va'zxon shunday bo'lishi kerakki, uning majlisiga bo'sh kirgan odam to'lib chiqsin; to'la kirgan odam esa engil tortib chiqsin, xoli qaytsin. Voiz olim va halol ish ko'ruvchi bo'lsa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo'ladi. Agar u boshqalarga buyursa-yu, o'zi qilmasa, uning so'zlari hech kimga ta'sir etmaydi va foyda keltirmaydi. O'z yordamchilari orqali nasihat qiluvchi voiz - o'zi qolib, shogirdini kuylatuvchi qo'shiqchidir (Mahub ul-qulub. 31-32-betlar).
Yüklə 19,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə