Kirish Asosiy qism I. Bob. O'zbek nasri rivojida Abdulla Qodiriyning o'rni



Yüklə 52,35 Kb.
səhifə3/5
tarix01.05.2023
ölçüsü52,35 Kb.
#107841
1   2   3   4   5
MUNDARIJA

Tadqiqotning ilmiy yangiligi O‘zbek adabiyotshunosligida A. Qodiriyning hayoti va ijodi asarlari misolida keng tahlil qilingan.Biz buni ishning o‘rganilganlik darajasida ko‘rsatib berishga urindik.Ammo adibning publitsistik mahorati yetarlicha tadqiq etilmagan. Biz mazkur muommoni hisobga olib , kichik ilmiy ishimizda ana shu masalani tahlil qilishga harakat qildik. Bu esa ishimizning o‘ziga xos yangilini belgilab ko‘rsatadi.
Tadqiqotning predmeti va obyekti. Bitiruv malakaviy ishining obyekti sifatida Abdulla Qodiriy ijodi, predmeti sifatida esa uning romanlari matbuotlardagi faoliyati va ishtiroki olindi.
Kurs ishning ilmiy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy ahamiyati, avvalo, Abdulla Qodiriy nasrining o‘ziga xosligi hamda adib badiiy estetik qarashlariga xos yetakchi xususiyatlarning belgilab chiqilgani va nazariy asoslanganidir.
Mazkur tadqiqot kasb mahoratini oshirishga intiladigan jurnalistlar, adabiyotshunoslar, bo‘lajak yozuvchilar, talaba va kitobxonlarga Abdulla Qodiriy ijodi haqida bir qator tasavvur berish bilan amaliy ahamiyat kasb etadi. Undan maktab, litsey va kollejning adabiyot o‘qituvchilari ijodkor hayoti va ijodini o‘rganishda foydalanishlari mumkin.
Ishning tuzilishi va hajmi. Mazkur bitiruv malakaviy ish ikki bob va to‘rt fasldan tashqari kirish , xulosa va o‘rganilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I.Bob. O'zbek nasri rivojida Abdulla Qodiriyning o'rni.


1.1. Abdulla Qodiriyning adabiy merosi.

Ko‘p asrli o‘zbek adabiyoti tarixidagi ikki adabiy asrni milliy adabiyotimiz tarixining oltin sahifalari, desak adolatdan bo‘ladi. Agar shu ikki asrning biri buyuk Navoiy nomi bilan munavvar bo‘lgan XV asr bo‘lsa, ikkinchisi Abdulla Qodiriy, Fitrat va Cho‘lponning porloq ijodlari bilan boshlangan o‘zbek adabiyoti ­tarixining yangi davri — XX asrdir. Shu ikki oltin asrning mash’allari bo‘lgan bu adiblarning har biri milliy adabiyotimiz tarixidagi mo’jizaviy voqea va har biri adabiy fenomendir.


Biror yozuvchi yoki san’atkorga bag‘ishlangan maxsus qomus yaratish uchun, birinchidan, shu yozuvchi yoki san’atkor o‘z xalqining milliy madaniyati tarixida olamshumul o‘zgarishlarni amalga oshirib, jahon adabiyoti va san’ati taraqqiyotiga ham muayyan hissa qo‘shgan, ikkinchidan, uning adabiy merosi to‘la bosilgan va eng muhim asarlari boshqa tillarga ham tarjima qilinib, shu xalqlarning ham badiiy mulkiga aylangan, uchinchidan, uning hayoti va ijodi mutaxassislar tomonidan chuqur va har tomonlama o‘rganilgan bo‘lishi lozim. ­Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati, asosiy asarlarining nafaqat barcha turkiy tillarga, balki rus va nemis tillariga ham tarjima qilingani, hayoti, ijodi va adabiy merosi o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab shu kunga qadar izchil o‘rganib kelinayotgani ham bizga bu ulug‘ adibga bag‘ishlangan maxsus adabiy qomusni yaratish imkonini beradi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, Abdulla Qodiriy ijodini o‘rganish ishini xatarli 30-yillarda ustoz Oybek boshlab bergan. ­Undan keyin Izzat Sultonov, Matyoqub Qo‘shjonov, Ibrohim Mirzayev, Umarali Normatov, Ahmad Aliyev, Sobir Mirvaliyev, Sherali Turdiyev, Bahodir Karimov, Aliboy Qahramonov, Xadicha Lutfullayeva, Nabijon Boqiy singari olim va jurnalistlar, shuningdek, adibning farzand va nevaralari Habibulla, Mas’ud, Xondamir va Sherkon Qodiriylar bu sohada ibratli ishlarni amalga oshirdilar. Ularning fidokorona ilmiy va targ‘ibotchilik faoliyatlari tufayli o‘zbek adabiyotshunosligida qodiriyshunoslik fan tarmog‘i yuzaga keldi. Biz qodiriyshunoslik ilmiga katta hissa qo‘shgan olim va jurnalistlarning davr po‘rtanalarida o‘z qimmatini yo‘qotmagan asarlaridan barakali foydalanish va ulardan olinajak adabiy-tarixiy va adabiy-nazariy lavhalarni ular nomi bilan e’lon qilish niyatidamiz.
“Abdulla Qodiriy qomusi” ustidagi ish qodiriyshunoslarning to‘ng‘ich va o‘rta avlodi hayotni tark etgan, Umarali Normatov, Sobir Mirvaliyev singari taniqli qodiriyshunoslar keksaygan, qodiriyshunoslarning yangi avlodi esa hali shakllanmagan bir vaqtda boshlanmoqdaki, bu hol fursatning g‘oyat g‘animat ekanligiga ishora bo‘lib, undan tez va samarali foydalanishni taqozo etadi.
Ana shunday bir paytda “Abdulla Qodiriy qomusi” loyihasi o‘z ­atrofiga respublikamizdagi barcha ilmiy va ijodiy kuchlarni jalb etishni taqozo etadi. Abdulla Qodiriy tarixning muayyan davrida yashagan va badiiy adabiyotning asosan roman janrida ulkan ijodiy ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa ham, uning ikki buyuk romani haligacha o‘zbek kitobxonlarining eng sevimli asarlari o‘laroq o‘qilib, ardoqlanib keladi. Abdulla Qodiriydan keyin roman janriga murojaat etgan yozuvchilar esa uning romannavislik an’analarini davom ettirib va imkon qadar rivojlantirib kelmoqdalar. Adib va uning “O‘tkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon” romanlari kino, teatr va tasviriy san’at namoyandalariga ham ilhom berib, ular ijodidagi muhim yo‘nalishlardan birini tashkil ­etgan. Bu yo‘nalishning bosh masalasi esa badiiy asarning kino, teatr, muzika va tasviriy san’atdagi ­talqini masalasidir.

Yuqoridagi fikrni xulosalab aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy ijodkor sifatida yashab o‘tgan emas, balki hozir ham barhayot, zamonaviy o‘zbek adabiyoti va boshqa san’at turlari rivojiga faol ­ta’sir ko‘rsatayotgan adibdir. Shu ma’noda, “qomus” mualliflari oldida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi misolida o‘zbek xalqining XX asr va XXI asr ­boshidagi siyosiy, ijtimoiy, adabiy va ­madaniy tarixini yaratishdek o‘ta ­murakkab va mashaqqatli vazifa ­turadi.


“Abdulla Qodiriy qomusi”ning bosh vazifasi adib hayoti va ijodi, u yashab ijod qilgan tarixiy davr, shu davrdagi adabiy-madaniy jarayon bilan tanishtirish, adib ijodining umuminsoniy va umummadaniy ­ahamiyatga molik tomonlari va badiiy mahorati “sir”larini, adib romanlarining O‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti ravnaqiga, xususan, bu milliy adabiyotlarda roman janrining tug‘ilishiga ko‘rsatgan ta’sirini, adib bilan uning ustozlari, zamondoshlari va izdoshlari o‘rtasidagi ijodiy rishtalarni yoritib berishdan iborat.

Abdulla Qodiriy qalamkash birodarlari Fitrat, Cho‘lpon va Hamza bilan birga yangi o‘zbek adabiy tiliga asos soldi. Ammo shu bilan birga, adib asarlarida mumtoz o‘zbek adabiyoti tiliga xos xususiyatlar oz emas. Bu hol Abdulla Qodiriy asarlari misolida yangi o‘zbek adabiy tilining shakllanish jarayonini kuzatish imkonini beradi. Adib ijodining shunga o‘xshash masalalari “Abdulla Qodiriy qomusi”da adabiyotshunoslardan ­tashqari, tilshunos, folklorshunos, san’atshunos, dinshunos, faylasuf va etnograf olimlarning ham ishtirok etishini taqozo etadi.


Shu vaqtga qadar yaratilgan adabiy qomuslarda bo‘lganidek, “Abdulla Qodiriy qomusi” asosan besh qismdan: a) adib ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy, ya’ni tahliliy maqolalar; ­­­­b) adib zamondoshlari, izdoshlari, ­tadqiqotchilari va hokazolar haqidagi biografik maqolalar; v) adib asarlarida zikr qilingan tarixiy shaxslar, joy, asar, muassasa, me’moriy obida, o‘simlik, kiyim-kechak va hokazolar haqidagi ma’lumotnomalar; g) adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyot hamda adib asarlari bibliografiyasi; d) adib asarlari tilining chastotali lug‘atidan tashkil topadi. Shu besh qismning dastlabki uchtasi, o‘z navbatida, bir necha qismchalarga ajralib, bu qism va qismchalarda berilajak maqola va materiallar kitobxonlarga adib yashagan tarixiy davr, uning adabiy muhiti va zamondoshlari, shajarasi, qarindosh-urug‘lari, badiiy olami, asarlarining qardosh xalqlar adabiyotiga ko‘rsatgan ta’siri va hokazolar haqida malakali tasavvur beradi. Umid qilamizki, “Abdulla Qodiriy qomusi”ning yaratilishi madaniy hayotimizda sezilarli voqea bo‘ladi.
Ammo bu sharafli loyiha qatnashchilari oldida o‘ta murakkab vazifalar va muammolar borki, bu muammolarni ham ilmiy jamoatchilik ­yordamida hal qilish mumkin.

1.Entsiklopediya (qomus) “janr”ining qonun-qoidalariga ko‘ra, adibning ota-onasi, zamondoshlari, ­tadqiqotchilari va boshqa shaxslarga bag‘ishlangan maqolalarda ularning tug‘ilgan, vafot etgan sana va joylari qayd etilishi lozim. ­Baxtga qarshi, Abdulla Qodiriyning aksar qarindosh-urug‘lari, ­mahalladoshlari, yor-do‘stlari, ­turli sohalarga mansub zamondoshlarining tug‘ilgan va vafot etgan sanalarini aniqlash oson emas. 2.Abdulla Qodiriy qalamiga mansub birorta asar matni bizgacha yetib kelmagani uchun (ular tintuv paytida olib ketilib, kuydirib tashlangan) ularni nashr nusxalari bilan solishtirish imkoniyati yo‘q. Ammo shu narsa aniqlandiki, adibning ayrim asarlari dastlab gazeta yoki jurnalda, keyin esa kitob shaklida nashr etilganida, ma’lum bir tekstologik (matniy) o‘zgarishlarga uchragan. Bu hol “qomus”da adib asarlari matni tarixini berishdan avval jiddiy tekstologik (matniy) tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.


3.Abdulla Qodiriy mashhur hajvchi adib sifatida 20 – 30-yillarda “Mushtum” jurnalida ko‘plab hajviy asarlarni e’lon qilgan va ularni turli taxalluslar bilan imzolagan. Adib istifoda etgan taxalluslarning mavjud ro‘yxatlarini to‘la va aniq deyish qiyin. Masalan, “Mushtum” ­taxallusidan 20-yillarda Qodiriyning ham, Cho‘lponning ham, G‘ozi Yunusning ham foydalangani ma’lum. Bu hol “Mushtum” jurnali va boshqa ­nashrlarda e’lon qilingan hamda adibga mansub deb kelingan hajviy asarlarni uslub nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi.
4.Abdulla Qodiriy aksar asarlari matnida tasvir etilgan voqea yoki shaxs­ga oid fikr yoki ma’lumotdan tashqari boshqa pinhona fikrlar qatlami yo‘q emas. Masalan, adib hajviyalarida kimning ustidan kulish emas, balki kulgi vositasida ifodalangan boshqa maqsad ham bo‘lishi tabiiy. Ammo bu hol ko‘pincha qodiriyshunoslar e’tiboridan chetda qolib kelgan. “Qomus”da, katta yo kichikligidan ­qat’iy nazar, adibning har bir asari haqida tahliliy maqola berilganida, shu asar ­zamirida yotgan tagma’noni, badiiy niyat va maqsadni ilg‘ab olish va ­yoritish lozim bo‘ladi.
5.Ilmiy guruh tomonidan olib ­borilayotgan izlanishlar shundan darak beradiki, xorijiy arxiv, fond va kutubxonalarda Abdulla Qodiriy yoki uning asarlarida tasvirlangan tarixiy voqea va shaxslarga oid ma’lumotlar yo‘q emas. Ammo bu ma’lumotlarning aksari ingliz tilida bo‘lgani sababli, ular bilan inglizzabon tarixchi yoki adabiyotshunoslar yordamida tanishib chiqish va zarur ma’lumotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilinishiga erishish maqsadga muvofiq.

1.2. Abdulla Qodiriyning hajviy hikoyalari.


Qodiriy oz fаoliyati dаvomidа mаtbuot sohаsidа hаm аhаmiyatli ishlаr qildi. “Mushtum” jurnаlining tаshkil etilishi аdib nomi bilаn bogliqdir. YOzuvchi bir qаtor ilmiy-publisistik, аdаbiy-tаnqidiy mаqolаlаr yozdi. “Kаlvаk mаhzumning хotirа dаftаridаn”, “Toshpolаt tаjаng nimа deydi?”, “Shirvon хolа nimа deydi?” kаbi sаtirik аsаrlаri bilаn oz jurnаlini boyitdi. Muаllif bu аsаrlаridа inson хаrаkteridаgi yomon illаtlаr, qusurlаr ustidаn kulаdi. Mаzkur аsаrlаridа yozuvchi otmishning vа ozi yashаyotgаn dаvr turmushining dаhshаtli mаnzаrаlаrini zаhаrхаndа qаhqаhа vositаsidа gаvdаlаntirib, chinаkаm hаjviy хаrаkterlаr yarаtish bobidа kаttа mаhorаt egаsi ekаnligini nаmoyish qilаdi. ХХ аsr ozbek аdаbiyotidа ochmаs iz qoldirgаn Аbdullа Qodiriy 1938 yildа qаtаgon dаvrining qurboni boldi.


Yozuvchi mahorati tez yuksala berdi. Oradan sal fiirsat o'tib yozilgan "Uloqda" nomli hikoyasi avvalgi asarlari bilan tengalashtirib boTmaydigan darajada yuqoridir. Endi bu asarda tashviqotchilik, hikoyachining o'rinini san'atkor egallaydi. Endi bu asarida muallif voqea-hodisalarni obrazlar orqali badiiy gavdalantiradi. Yozuvchi xolis turib, hodisalarga aralashmaydi. Ularni beg'ubor bola nigohi orqali bor holicha ifodalaydi. Bu hikoya faqat Qodiriyning yutug'i bo'lib qolmay, o'zbek realistik xikoyachiligining etuk namunasidir. Yangi o'zbek prozasi rivojida Qodiriyning xizmatlari kattadir. 1924 yili A.Qodiriy Moskvaga borib, jurnalistlar institutida tahsil olib kelgandan so'ng, "Mushtum" jurnalida shtatsiz muxbir bo'lib ishlaydi. Uning "Toshpo'lat tajang nima deydi?", "Kalvak Mahzumning xotira daftaridan" turkumidagi satirik hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosila bordi. Bu hikoyalarda Kalvak Mahzum, Toshpo'lat tajang timsollari orqali voqealikdagi ichki ziddiyatlar keskin fosh etiladi. 20-yillarning o'rtalarida yaratilgan bu asarlarda muallif endi hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalami sof mafkuraviy nuqgai nazardan turib, nuqul bir yoqlama qoralash, fosh etish yoTidan bormay, xarakter va hodisalami xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko'rsatishga jazm etadi. "Kalvak Mahzumning xotira daftaridan" asari 1923-1927 yillar oralig'ida yozilgan. Asar peshma-pesh "Mushtum" jurnalida e'lon etilib turgan.
Qodiriy bu asarida ko'pdan beri haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan, madrasa xurofoti bilan g'ovlangan mahalla imomi Kalvakning kulguli sarguzashtidan qikoya qilib beradi. Asar boshida muallif Mahzumni qaxr bilan qoralash, masxaralashga tushadi. Real xayolidan uzilib qolgan Mahzumning yangiliklarni hazm qila olmay, noqulay ahvolga tushib qolishi san'atkorona chizib berilgan.
"Toshpo'lat tajang nima deydi?" asarining qaxramoni Toshpo'lat xarakteri ham zidsn atli. U bolaligida yaxshi tarbiya ko'rmagan. maktabda yolchitib bilim olmagan. omadsiz odam. U gunoh ishlardan - nashavandlik, qimorbozlik, bezorilikdan ham toymaydi. Ma'rifatsizlik tufayli u ko'p hollarda oddiy turmush chig'alliklarini echa olmay,
hayotdagi yangiliklar mohiyatini anglab eta olmay qiynaladi, kulguli, tang ahvolga tushib qoladi. Xususan. soliq qog'ozining, umuman soliq siyosatining ma'nosiga tushunmay dovdirapsh, baboq xo'rozni quvib maktabga kirib qolishi. u erdagi yangicha talim-tarbiya, o'kuvchilar haqida o'zicha badbin xayollaga borishi, shu kabi hatgi-harakatlari bilan chindan ham o'z-o*zini fosh etadi. Toshpo'lat muallif tariflaganday, ishsiz. biri ikki bo'lmay, yomon yo'llarga kirib qolib tajangligi tutgan chapani. 20-yyllardagi murakkab, og'ir sharoit uni shu axvolga soladi. U o'zini har ishga uradi. do'kondorlik qiladi, tegarmonda ishlaydi, dehqonchilikka qo'l uradi, mardikorchilik qiladi - biroq buning bilan uning kosasi oqarmaydi.
Toshpo'lat mana shunday nohaqliklarni ko'rganda jinnisi qo'zyydi, shunday og'ir zamonda kambag'alning boshini silash o'miga, unga yomonlikni ravo ko'radigan olifta mansabdorlar ko'ziga balo bo'lib ko'rinadi: o'ziga o'xshaganlarning faqir yashashiga faqat shular aybdor deb biladi.
Shuning uchun ham ularga duch kelganda asabiylashadi, bezoriligi tutadi, o'zini ovutish uchun nashavandlikka beriladi.
Ko'p asrlik o'zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda nasrga nisbatan nazm necha asrlar davomida rivojlanib, sayqal topib katta tajribaga, boy an'anaga ega bo'lib kelganligi mulkini sovuradi. sindiradi, ota-onani dog'da qoddirib, oxiri jinoyatga qoT uradi, qamaladi. "Baxtsiz kuyov"da esa muallif qoloq odatlardan biri -hashamatli to'y, ortiqcha sarf-harajatlar \a ularning ko'ngilsiz oqibatlari masalasini ko'taradi. Garchi bu asarlarda yozuvchi davrning muxim masalalarini o'rtaga qo'ygan bo'lsa ham, ular yuksak badiiy asar darajasiga ko'tarilmagan. Ular oshkora tashviqiy ruhsa bo'lib, ularda san'atkornyng o'rnini voiz, nasihatgo'ylik egallaydi.
Yozuvchi mahorati tez yuksaia berdi. Oradan sal fiirsat o'tib yozilgan "Uloqsa" nomli hikoyasi avvalgi asarlari bilan tengalashtirib bo'lmaydigan darajada yuqoridir. Endi bu asarda tashviqotchilik, hikoyachining o'rinini san'atkor egallaydi. Endi bu asarida muallif voqea-hodisalarni obrazlar orqali badiiy gavdalantiradi. Yozuvchi xolis turib. hodisalarga aralashmaydi. Ularni beg'ubor bola nigohi orqali bor holicha ifodalaydi. Bu hikoya faqat Qodiriyning yutug'i bo'lib qolmay. o'zbek realistik xikoyachiligining etuk namunasidir. Yangi o'zbek prozasi rivojida Qodiriyning xizmatlari kattadir. 1924 yili A.Qodiriy Moskvaga borib, jurnalistlar institutida tahsil olib kelgandan so'ng, "Mushtum" jurnalida shtatsiz muxbir bo'lib ishlaydi. Uning "Toshpo'lat tajang nima deydi?", "Kalvak Mahzumning xotira daftaridan" turkumidagi satirik hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosila bordi. Bu hikoyalarda Kalvak Mahzum, Toshpo'lat tajang timsollari orqali voqealikdagi ichki ziddiyatlar keskin fosh etiladi. 20-yillarning o'rtalarida yaratilgan bu asarlarda muallif endi hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof mafkuraviy nuqgai nazardan turib, nuqul bir yoqlama qoralash, fosh etish yo'lidan bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko'rsatishga jazm etadi. "Kalvak Mahzumning xotira daftaridan" asari 1923-1927 yillar oralig'ida yozilgan. Asar peshma-pesh "Mushtum" jurnalida e'lon etilib turgan.
Qodiriy bu asarida ko'pdan beri haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan, madrasa xurofoti bilan g'ovlangan mahalla imomi Kalvakning kulguli sargu/ashtidan qikoya qilib beradi. Asar boshida muallif Mahzumni qaxr bilan qoralash, masxaralashga tushadi. Real xayolidan uzilib qolgan Mahzumning yangiliklarni hazm qila olmay, noqulay ahvolga tushib qolishi san'atkorona chizib berilgan.
"Toshpo'lat tajang nima deydi?" asarining qaxramoni Toshpo'lat xarakteri ham zidsiyatli. U bolaligida yaxshi tarbiya ko'rmagan, maktabda yolchitib bilim olmagan, omadsiz odam. U gunoh ishlardan - nashavandlik, qimorbozlik, bezorilikdan ham toymaydi. Ma'rifatsizlik tufayli u ko'p hollarda oddiy turmush chig'alliklarini echa olmay,
hayotdagi yangiliklar mohiyatini anglab eta olmay qiynaladi, kulguli, tang ahvolga tushib qoladi. Xususan, soliq qog'ozining, umuman soliq siyosatining ma'nosiga tushunmay dovdirapsh, baboq xo'rozni quvib maktabga kirib qolishi, u erdagi yangicha ta'lim-tarbiya, o'kuvchilar haqida o'zicha badbin xayollaga borishi, shu kabi hatgi-harakatlari bilan chindan ham o'z-o'zini fosh etadi. Toshpo'lat muallif ta` riflaganday, ishsiz, biri ikki bo'lmay, yomon yo'llarga kirib qolib tajangligi tutgan chapani. 20-yillardagi murakkab, og'ir sharoit uni shu axvolga soladi. U o'zini har ishga uradi, do'kondorlik qiladi, tegarmonda ishlaydi, dehqonchilikka qo`l uradi, mardikorchilik qiladi - biroq buning bilan uning kosasi oqarmaydi.
Toshpo'lat mana shunday nohaqliklarni ko'rganda jinnisi qo'zyydi, shunday og'ir zamonda kambag'alning boshini silash o'rniga, unga yomonlikni ravo ko'radigan olifta mansabdorlar ko'ziga balo bo'lib ko'rinadi: o'ziga o'xshaganlarning faqir yashashiga faqat shular aybdor deb biladi. Shuning uchun ham ularga duch kelganda asabiylashadi, bezoriligi tutadi, o'zini ovutish uchun nashavandlikka beriladi.
Ko'p asrlik o'zbek adabiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda nasrga nisbatan nazm necha asrlar davomida rivojlanib, sayqal topib katta tajribaga, boy an'anaga ega bo'lib kelganligi guvohi bo'lamiz. Bundan o'tmishda prozamiz mutlaqo rivojlanmadi degan xulosa chiqarmaslik kerak albatta.
XX asrning boshlariga kelib, yangi davr adabiyot oldiga ham yangi fazifalarni ko'ndalang qo'ydi. Bu davrga kelib, uyg'onish davriga kelib poeziya janrining o'zi bilan cheklanib qolish mumkin emas edi albatta. Turmushni, yangi hayotni, yangi voqealikni, yangi insonni, uning butun ichki olamini keng va har tomonlama aks ettirib berish uchun poeziya bilan bir qatorda proza, dramaturgiya singari adabiyotning yirik janrlari, shakllari ham zarur edi. Buni hayotning o'zi taqozo etdi. Xullas 20-yillarga kelib o'zbek adabiyotida proza janrini yaratish uchun yangi harakat boshlanadi. Bu harakatni jonlantirishda ko'pchiiik yozuvchilar qatori A.Qodiriyning ham xizmatlari katta ekanligini aloxida qayd etmoq kerak. Bu o'rinda adibning "O'tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlarini eslab o'tmoq kifoya. Romanni o'zbek o'quvchisi. butun turkiy tilda so'zlovchi xalqlaming 2ukko kishilari hatto bayramdek kutib oldilar. Roman tillarda dostonga aylandi. Qo'ldan-qo'lga o'tib o'qiddi. Shuni ham aytish kerakki, o'zbek nasrini ibtidoilikdan Evropa tushunchasidagi yangi bosqichga ko'targan "O'tgan kunlar" romani dunyo yuzini ko'rgan dastlabki kunlardan boshlab to yaqin-yaqingacha keskin munozaralarga sabab bo'lib keldi. Ko'pgina tanqidchilar asarga, uning muallifiga vulgar sosiologizm nuqtai nazaridan yondashib baho berdilar. A.Qahhor, K.Yashin, M.Shverdin, Miyonbuzruk Solihov, Satti husayn, Ziyo Said, Olim Sharafiddinov, Jumaniyoz Sharipovlar shular jumlasidandir. Asarga istiqlolga erishganimizdan so'ng o'zining ikkinchi umrini yashay boshladi, u endiliqda, garchi juda kech bo'lsada, o'zining haqiqiy bahosini olmoqsa. Yozuvchi bu romanida xolis turib, o'tgan XX asr o'rtalaridagi Turkiston tarixining, o'zbek xalqi hayotining, bir so'z bilan aytganda o'sha davr ziddiyatlarini Otabek va Yusufbek singari taraqqiyparvar kishilarning bosib o'tgan yo'lini ko'rsatish orqali aks ettirishni asosiy maqsad qilib qo'yadi. Garchi asar mavzui keyingi xonliklar zamonidan olingan, Turkiston feodallarining key i ngi vakili Xudoyorxon davridagi o' zboshimchal i klarni ko'rsatishga qaratilgan bo'lsa ham, asarda o'sha- zamon voqealari, ijtimoiy jarayonlar, odamlar ruhiyati. orzu intilishlari, kechmishlari haqqoniy, betakror tarzda zo'r realistik mahorat bilan chizilgan bo'lsa ham, uqsa zamonaviy ruh juda kuchli. Qo'qonda tashkil etilgan birinchi Turkiston mustaqil muhtoriyatning majaqlab tashlanishi ko'p xur fikrli ziyolilar singari Qodiriyni qattiq larzaga solganligi tabiiy. Xudsi shu fojia "O'tgan kunlar"ning yozilishiga turtki bo'lgan bo'lsa ajab emas. Adib bu romani orqali xalqning milliy ongini uyg'otmoqchi bo'ladi. "Tariximizning eng kir, qora kunlari" - yurtni mustamlaka balosiga gariftor etgan, keyingi "xon zamonlari" haqida so'z ochib, tarixning bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo'ladi.
"O'tgan kunlar" romaning ma'no-mundarija doirasi aslida ancha keng. Unda xilma-xil ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida eng muximi -yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasidir. Qodiriy o‘z ijodining dastlabki yillaridayoq birinchi bo‘lib satira va yumor, uning ahamiyati haqida qizg‘in mulohaza yuritadi. Satiraning eng muhim janrlarini taraqqiy ettirish zarurligini, o‘zi ham shu sohada ijod qilish orzusida ekanligini bayon qilgan edi. “Kulgilikning boshlanish tarixi juda eskidir. Kulgilik insonlar bilan birga tug‘ilgan, uning boshqa xususiyatlari, ya’ni kamolot va ruhiy holatlari ila yondoshdir. Shuningdek, biz o‘zbeklarning kulguligimiz ham o‘z ta’rifini eskidan boshlaydi”
Qodiriy kulgi tarixi haqida fikr yuritar ekan, Afg‘oniston podshosi Amir Abdurahmonxon bilan Kalparash degan qiziqchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tarixni misol qilib keltiradi. Kulgi kishilar bilan bilan birga tug‘ilib, ular bilan birga kamolotga erishadi, deb hisoblaydi. Xarakter kulgisi haqida gapirar ekan, uni sajiyaviy kulgi deb qaraydi. “Toshpo‘lat tajang”, “Kalvak Maxzum”, “Ovsar” va “O‘tkan kunlar” romanidagi obrazlarni misol tariqasida ko‘rsatadi.
Hajv nazariyasi haqidagi mulohazalarini davom ettirib, “Yozishg‘uvchilarimizga” maqolasida xarakter kulgisi eng mo‘tabari deb qaraydi. Xarakter kulgisini yaratish uchun shartlarni ko‘rsatadi: a) qahramonning xarakteri; b) shu xarakter ichidan adib beradigan ma’no yoki ibraning namoyon bo‘lib turishi; v.h.) shu ikki turlik narsa ichidan istehzo yoki kulgi moddasining tabiiy suratda kelib chiqishi. O‘z fikrini isbotlash uchun adib Toshpo‘lat tajang obrazini tahlil qiladi.
Hajviyot nazariyachisi sifatida kulgini tasnif qiladi: “Ichki ma’naviy tomondan kulgilikda uch turlik unsur ham bor: 1-mutoyaba (sharj ma’nosida), 2-yumor (hajv), 3-satira (ibrat). Shu uch turlik kulgilikni ifoda qilishda yordamchi (vositachi) xizmatni o‘taguvchi unsurlar ersa: hazil, kinoya, mubolag‘a, tasfir, tashbiya, tamsil, istiora, tatoqqul, tajahul,xalq maqollari va ta’birlari va shunga o‘xshashlar”[2]. Ko‘rinadiki, adibning tasnifi va ta’rifi hajviyotning mohiyatiga mos keladi.
Keyinroq Abdulla Qodiriy o‘zining hajvga bag‘ishlangan maqolasida kulgining o‘ziga xos xususiyati va uning ba’zi xillari haqida chuqur mulohaza yuritadi.
“26–yilda kuldurguchilarimiz” (“Mushtum”, 1926 yil, 24–son) maqolasida esa umuman hajv va yumor borasida mufassal to‘xtalib o‘tadi. Bundan tashqari, “Mushtum” jurnalining bu boradagi ahamiyati, faoliyatidagi kamchiliklar, ijodiy jamoaning (hajvchilar) chiqishlari, ba’zi hajviyalar tahliliga e’tibor qaratadi. O‘sha davr hajvchiligi borasida o‘zining asoslangan fikrlarini bayon etadi: “biz “Mushtum” yozishg‘uchilari oramizda o‘tkir kulki ijodchilari yo‘q, hammamiz ham o‘z holimizga yarasha kulki to‘quymiz, jamiyat qitig‘ig‘a to‘g‘rilab qo‘l yubora olmaymiz... Biroq yaxshi xususiyatimiz shundaki, har zamon jamiyatning qitig‘ini izlaymiz, izlashdan charchamaymiz va o‘lturib qolmaymiz... Yozishg‘uvchilarimizning ikinchi yaxshi xususiyati shundaki, yozg‘an maqolalarini bosilish va bosilmasiga qaramaydirlar. Bosilmadi, deb umidsizlangmasdan yozishni davom etdira beradirlar” (“26–yilda kuldurguchilarimiz”, 709–bet).
“26 nchi yilda kuldiruvchilarimiz” maqolasida tanqidning ikki xili: “Adabiyot dunyosida ikki turli tanqid borligi, jiddiy tanqid va hajviy tanqid” haqida fikr yuritadi. “Jiddiy tanqid o‘zining kuzatgan nishonasi ustida o‘zgarishlar yasasa ham”, uning ko‘proq mutaxassislarga (“ziyolilarga”) qaratilgani, ammo unda ommaviylik xususiyati kamligini hisobga olib, asosiy diqqatini hajviy tanqidga qaratadi. Hajviy tanqidni xalqning ruhiga yaqin, xalq qalbini his eta oladigan tarjimon deb hisoblaydi.
Shu bilan birga o‘sha davr yozuvchilari, “Mushtum”dagi adiblar orasida ham o‘tkir kulgi ijodchilari yo‘qligi, hamma o‘z holiga yarasha kulgi to‘qishi, “jamiyat qitig‘iga to‘g‘rilab, qo‘l yubora olmasliklaridan afsuslanadi.
Mening kulgilikda ishlatadigan necha turlik imzo, ya’ni qahramonlarim bor: Kalvak Maxzum, Toshpo‘lat, Ovsar, Dumbul, Shilg‘ay va boshqalar. Agar siz shu imzolar bilan yozilgan kulgiliklarni tekshirib chiqsangiz, munda asli yozuvchining shaxsini tamoman ko‘rmaysiz. Faqat so‘zni imzo egasining o‘z og‘zidangina eshitasiz. Kalvak Maxzum obrazi orqali–da, ko‘pdan haqiqiy hayot bilan aloqasi uzilgan xolis bir mahalla imomini ko‘rasiz, – deb yozadi Qodiriy “Kulgu haqida” nomli maqolasida.
Nazariy fikrlari va qarashlarining isboti sifatida o‘zi hajviy asarlar yoza boshladi. 1923—1926 yillar davomida «Mushtum» jurnalining qiyofasini belgilovchi, hajviy qissa janrining yetuk namunalari bo‘lmish «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo‘lat tajang nima deydi?» kabi asarlari bosildi. «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan» qissasida haqiqiy hayotdan butunlay uzilgan, xurofotdan boshqa narsani ko‘ra olmaydigan mahalla masjidi imomi Kalvakning kulgili sarguzashtlari, tug‘ilishidan boshlab boshdan kechirgan voqea-hodisalar hikoya qilinadi. Kalvak maxzum — taraqqiyot dushmani. Har qanday ijobiy o‘zgarishlarga qarshi bir odam. Uni jamiyat allaqachon chiqindi sifatida uloqtirib tashlagan. U shu darajada mutaassibki, ruhoniy bilimlarni ham yolchitib o‘rgangan emas. U shu darajada taraqqiyotdan orqada qolib ketganki, sho‘rolar maktabida o‘qiyotgan yosh qizchalarning maktabga ochiq borishi-yu ularning kiyinishi unga buzuqlik, g‘ayri shar’iy ko‘rinadi. U o‘z so‘zlari, savollari bilan o‘z ruhiy olamini ham namoyish qiladi. Bu olam g‘oyat kir va qop-qora zimistondan iborat. Bu uning qiroatxonada o‘zini tutishida, 12—13 yoshli o‘quvchi qizchaga bergan savollarida, umuman fikrlashida ko‘zga yaqqol tashlanadi.

A. Qodiriy Kalvak maxzum obrazini yaratishda uning butun dunyoga buzuq niyat bilan boquvchi qorayurak bir kishi ekanligidan kelib chiqqan holda so‘zlar, iboralar tanlaydi, ya’ni xarakterini nutqi vositasida gavdalantiradi.


Abdulla Qodiriyning munaqqid, beayov hajvchi ham bo‘lganligini uning 1923 – 1926 yillari yozgan maqola, feleton va hajviyalaridan bilish mumkin. Adibning publitsistik mahorati aynan o‘sha yillari kamol topgan, bugun biz to‘lqinlanib o‘qiydigan hajviyalari o‘sha yillari matbuot yuzini ko‘rgan edi.
Endi, hajviy asarlar deb qanday asarlarga aytilishiga to‘xtalsak. Hajviy asarlarda, asosan, satirik va komik–yumoristik obrazlar yetakchilik qiladi. Satirik obraz qisman salbiy obrazga o‘xshab ketsa–da (har ikkala tipdagi obrazlar vositasida hayotdagi salbiy kishilar yoxud hayotdagi qusurlar tanqid qilinadi), ular o‘rtasida prinsipial farqlar ham bor: salbiy obrazda hayotdagi qusurlar inkor qilinsa–da, hajv etilmaydi – yozuvchi ular ustidan ochiqdan–ochiq kulmaydi. Satirik obrazlarda esa, aksincha, hayotdagi qusurlar ustidan zaharxanda kulish, sarkazm, kinoya, masxaralash usuli yetakchilik qiladi. Satirik obrazning xatti–harakatlari va qiliq–odatlaridan kishi behad nafratlanadi, ulardan jirkanadi. Xususan, “Kalvak Maxsumning xotira daftaridan” asaridagi Kalvak maxsum obrazi bunga to‘la qonli misol bo‘la oladi.


Yüklə 52,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə