Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


-modda.  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining  birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
konstitutsiya uz

93-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 
birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
 
1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga 
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish; 
2) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini 
qabul qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish; 
3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish; 
4) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida
va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish
5) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy 
yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 
6) Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud 
hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash; 
7) Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul 
qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi 
qarorlarni tasdiqlash; 
8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish; 
9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan 
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish, unga oʻzgartirish 
va qoʻshimchalar kiritish; 
10) Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini 
belgilash; 
11) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish; 
12) Oʻzbekiston 
Respublikasining 
maʼmuriy-hududiy 
tuzilishi 
masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish; 
13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning 
nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish; 
14) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish; 
15) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 
16) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha 
vakilini va uning oʻrinbosarini saylash;
 
17) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga 
hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan 
shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon 
qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash; 
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman 
safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini 
uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash; 
19)

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə