Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


XIX bob. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
konstitutsiya uz

XIX bob. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti 
105-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻidir va davlat 
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda 
hamkorligini taʼminlaydi. 
106-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan 
kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 
10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi 
fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas. 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining 
fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida 
yashirin ovoz berish yoʻli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Oʻzbekiston 
Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi. 
107-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vazifasini bajarib turgan davrda 
boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati 
boʻlishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsi daxlsizdir va qonun bilan 
muhofaza etiladi. 
108-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi yigʻilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab
oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi: 
“Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning 
Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari
va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod 
qilaman”.
109-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti: 
1) fuqarolarning 
huquqlari 
va 
erkinliklariga, 
Oʻzbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, Oʻzbekiston 
Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-
davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur 
chora-tadbirlar koʻradi; 
2) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston 
Respublikasi nomidan ish koʻradi; 


29 
3) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining 
shartnoma 
va 
bitimlarini 
imzolaydi, 
respublika 
tomonidan 
tuzilgan 
shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya 
etilishini taʼminlaydi; 
4) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa 
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; 
5) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar 
huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash 
uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim 
etadi; 
6) Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat 
ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan 
murojaat qilish huquqiga ega; 
7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini 
tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi; 
8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 
9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni 
lavozimidan ozod etadi; 
10) qoʻmitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari 
rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod 
etadi; 
11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, Oʻzbekiston Respublikasi 
Hisob palatasi raisini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi; 
12) Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisining 
Senati 
bilan 
maslahatlashuvlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 
raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi; 
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, 
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, 
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi
respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika 
monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim 
etadi; 
14) Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga 
binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais oʻrinbosarlarini, 
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod 
etadi; 
15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda 
lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim shaʼni
va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar 
hokimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz qarori bilan lavozimidan 
ozod etishga haqli; 


30 
16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning 
hujjatlarini toʻxtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli; 
17) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi; 
qonunni oʻz eʼtirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli; 
18) Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan
bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish 
zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi 
va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining tasdigʻiga kiritadi; 
19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik 
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni 
koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim 
joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi. 
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi; 
20) Oʻzbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh 
qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi 
va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi; 
21) Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligʻi bilan 
mukofotlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini 
beradi; 
22) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana 
berishga oid masalalarni hal etadi; 
23) amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va Oʻzbekiston 
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi; 
24) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini 
tuzadi va unga boshchilik qiladi, oʻz vakolatlari amalga oshirilishini taʼminlash 
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, shuningdek 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va 
boshqa organlarni shakllantiradi; 
25) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini bajarishni davlat 
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas. 

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə