Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
konstitutsiya uz

 
110-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga 
asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida 
majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 


31 
111-modda. 
Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga 
tahdid soluvchi hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir 
necha marta Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul 
qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat oʻrtasida 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi 
hal qilib boʻlmaydigan ixtiloflar yuz berganda Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat 
qabul qilgan qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati 
tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida oʻtkaziladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati 
favqulodda holat amal qilishi davrida tarqatib yuborilishi mumkin emas. 
112-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara 
olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy 
muddat ichida qonunga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi oʻtkaziladi. 
113-modda.
Vakolati tugashi munosabati bilan isteʼfoga chiqqan Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti umrbod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 
aʼzosi lavozimini egallaydi. 
XX bob. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə