Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida



Yüklə 408,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/42
tarix21.10.2023
ölçüsü408,44 Kb.
#130047
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
konstitutsiya uz

 
101-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oʻz tarkibidan Senat 
Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi oʻrinbosarlaridan 
biri Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakili boʻladi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning 
oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining koʻpchilik 
ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi. 
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi boʻlishi mumkin emas. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning 
oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan
ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan 
muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi: 
1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy 
rahbarlik qiladi; 
3) Senat qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib 
boradi; 
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi 
ustidan nazoratni tashkil etadi; 
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro 
parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Senat guruhlarining faoliyatiga 
rahbarlik qiladi; 
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan 
oʻzaro munosabatlarda Senat nomidan ish koʻradi; 


27 
7) Senat qarorlarini imzolaydi; 
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar 
chiqaradi. 

Yüklə 408,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə