141
keladi. Bunda korxona tomonidan jalb qilinadigan qarz mablagʻlarini quyidagicha
tasniflash mumkin:
- jalb qilish manbalari boʻyicha: mamlakat ichkarisidan va tashqi manbalardan
yoki moliya institutlaridan, real sektor korxonalaridan, jismoniy shaxslardan.
- jalb qilish muddati boʻyicha: qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli
(bir yildan ortiq).
- jalb qilish shakli boʻyicha: pul shaklida (moliyaviy kredit),
asosiy vosita
(uskuna) shaklida (moliyaviy lizing), tovar shaklida (tijorat krediti) va boshqa
moddiy va nomoddiy shakllarda.
Iqtisodiy munosabatlarda har qanday qarz mablagʻi shak-shubhasiz majburiyat
va olingan qarz mablagʻini belgilangan muddatda qaytarish, shuningdek
foydalanganlik uchun foiz koʻrinishidagi mukofot summasini mablagʻ
egasiga
oʻtkazib berish asosida taqdim etiladi.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va shakllari yetarli
darajada xilma-xillikka ega. Quyida milliy va xalqaro tajribada qoʻllaniladigan keng
tarqalgan qarz mablagʻlari manbalari mohiyati va xususiyatlari tavsifiga toʻxtalib
oʻtamiz.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish quyidagi muhim prinsiplarga
asoslanadi:
- qaytarishlik;
- toʻlovlilik;
- muddatlilik.
Qaytarish
prinsipi qarzdor tomonidan olingan summa (asosiy qarz summasi)ni
belgilangan muddatda toʻliq qoplash zaruriyatini oʻzida aks ettiradi. Amaliyotda
qarzdorning bu talabni bajarishi uning moliyaviy natijalari barqarorligiga, shuningdek
qarzning ta’minlanish sifatiga bogʻliq hisoblanadi.
Shuning uchun ham bank
kreditlarini taqdim etishda
Dostları ilə paylaş: