Kredit shartnoma № (Milliy va xorijiy valyutada)



Yüklə 301,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix19.12.2023
ölçüsü301,78 Kb.
#152191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Kredit shartnomasi shakli 2023

 
12.
 
Shartnomaning kuchga kirishi, oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
12.1
Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning 
bir nusxasi bankda, ikkinchi nusxasi qarz oluvchida saqlanadi. Qarz oluvchi yoki uning vakolatli 
vakiliga shartnoma imzolangan kunda uning bitta asl nusxasi taqdim etiladi. 
12.2
Shartnoma taraflar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va taraflar 
tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilgunga qadar amal qiladi.
12.3
Shartnomaga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi kelishuv yozma 
shaklda tuziladi va taraflar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. 
12.4
Qarz oluvchi tomonidan quyidagi holatlardan hech boʻlmasa bittasiga yoʻl qoʻyilgan 
taqdirda shartnomani jiddiy buzish deb hisoblanadi va bunda kreditor shartnomani, qoʻshimcha 
shartnomani bir taraflama yoki sud tartibida muddatidan oldin bekor qilishi hamda kredit va 
unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarib olishi mumkin: 
a)
kreditning maqsadsiz ishlatilganligi (bunda kreditor tomonidan ajratilgan kredit 
mablagʻining maqsadsiz ishlatilgan qismi muddatidan oldin qaytariladi) yoki kredit 
mablagʻini maqsadli ishlatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ushbu hujjatlar 
rasmiylashtirilgan sanadan 10 kun muddat ichida kreditorga taqdim etilmasa;


_________________ _________________
11 
b)
biznes reja koʻrsatkichlarining bajarilmasligi, belgilangan pul tushumlarining biznes reja 
koʻrsatkichlariga muvofiq emasligi; 
c)
qarz oluvchi tomonidan shartnoma shartlarini bajarilmasligi, shartnomada koʻrsatilgan 
tasdiqlash va kafolatlarning buzilishi; 
d)
qarz oluvchi yoki kafilning moliyaviy holati yomonlashganligi; 
e)
kreditor roziligisiz uchinchi shaxslarga kafillik yoki kafolat berilishi; 
f)
kreditor roziligisiz boshqa bank yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlardan qarz va boshqa 
majburiyatlarning olinishi
g)
taʼminot holatining yomonlashishi, uning oʻgʻrilanishi, talon-taroj qilinishi, 
likvidliligining pasayishi, bozor konyukturasi narxlarining kamida 25 foizga pasayib ketishi 
yoki boshqacha holatlar natijasida kredit taʼminlanmay qolish xavfining vujudga kelishi, 
basharti taʼminotni oʻzgartirish yoki qoʻshimcha taʼminot taqdim etish boʻyicha kreditor 
talabining bajarilmasligi; 
h)
kredit monitoringidan boʻyin tovlashlik yoki kreditor xodimlari(jalb qilingan 
mutaxassislar)ni monitoring oʻtkazishiga har qanday usullar bilan toʻsqinlik qilishi; 
i)
kreditorga ushbu shartnomada nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmasligi yoki haqqoniy 
boʻlmagan hujjatlar va maʼlumotlarning taqdim etilishi; 
j)
kredit va unga hisoblangan foizlarni shartnoma va qoʻshimcha shartnomada belgilangan 
muddatdan 30 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilishi
k)
kredit va unga hisoblangan foizlarni muntazam ravishda kechiktirib toʻlanishi, yaʼni oʻn 
ikki oy davomida mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan qaytarish jadvalida 
qayd etilgan toʻlov muddatini uch va undan ortiq marotaba buzilishi; 
l)
kreditlanayotgan faoliyatni amalga oshirilishi jarayonida shartnomaning 6.2.13 bandi 
talablarining buzilganligi
m)
kredit mablagʻi hisobiga sotib olingan asosiy vosita, agar kredit shartnomasida kredit 
taʼminoti sifatida taqdim etish nazarda tutilgan boʻlsa, qarz oluvchi nomiga 
rasmiylashtirilgandan soʻng 10 bank ish kuni davomida ajratilgan kredit mablagʻi taʼminoti 
sifatida garov shartnomasi asosida garovga qoʻyilmasligi. 

Yüklə 301,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə