Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Setzen Sie das Substantiv in der richtigen Form ein



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə59/533
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#157157
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   533
Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma

15. Setzen Sie das Substantiv in der richtigen Form ein.
Der Bauer pflügt….
A) der Acker B) des Ackers C) dem Acker D) den Acker
16. Setzen Sie das Substantiv in der richtigen Form ein.
Sie verließ …um 8 Uhr.
A) dem Zimmer B) das Zimmer C) das Zimmers D) des Zimmers
17. Setzen Sie das Substantiv in der richtigen Form ein.
Jeder soll ….des anderen anerkennen.
A) die Lebensart B) der Lebensart C) den Lebensart D) das Lebensart
18. Setzen Sie das Substantiv in der richtigen Form ein.
Die Einwohner ….. bekommen viele neue Wohnhäuser.
A) der Städte B) die Städte C) den Städten D) das Stadt
19. Setzen Sie den Artikl ein.
Er pflanzt … Baum.
A) ein B) der C) einen D) einem
20. Setzen Sie den Artikl ein.
Wir haben … Garten mit Obstbäumen.
A) einen B) der C) ein D) eines
21.Setzen Sie die Artikel ein.
Goethe kam einmal in eine Gaststatte. Er bestellte ... Flasche Wein und ... Glas Wasser.
A) der / das B) ein / ein C) eine / ein D) die / das
22. Setzen Sie den Artikl ein.
Ich mag keine …. Schlagsahne!
A) einen B) - C) ein D) eines
23. Setzen Sie den Artikl ein.
Hier soll … Einkaufszentrum entstehen.
A) eines B) das C) ein D) eines
24. Setzen Sie den Artikl ein.
Er bekommt die Stellung nicht.
A) eine B) die C) das D) einer
25. Setzen Sie die Artikl ein.
Was hast du denn? Ich habe …Husten . Hast du auch …Fieber?
A) der / das B) ein / ein C) - / - D) die / das

7/////////8 - MAVZU : OLMOSH
( DAS PRONOMEN )
Ot,sifat,son,ravish o‘rnida qo‘llanadigan so‘zlar turkumi olmosh deyiladi.Olmosh predmetni, uning belgisini anglatmaydi, balki ularni ko‘rsatish, mavjudligini bildirish uchun xizmat qiladi.Shuning uchun ham u ko‘pincha ot, sifat va son o‘rnida qo‘llanadi.Olmoshlarning qaysi so‘z turkumi o‘rnida kelganligi ko‘pincha konteksdan, oldingi gaplardan anglashiladi.
Ot ,sifat, son, ravish turkumiga oid so‘zlar o‘rnida qo‘llanuvchi olmoshlar juda oz miqdorni tashkil etadi.Masalan, nemis tilida nomlarni bildiruvchi so‘zlar yuzlab uchragani holda ,ular o‘rnida qo‘llanuvchi tub olmoshlar :ich, du, er, sie, es, wir, ihr, sie, Sie dan iborat.
Olmoshlarning tildagi roli haqida gapirganda ayrim olmosh ifodalaydigan ma’noni shu olmoshsiz qanday ifodalash mumkinligini tasavvur etish qiyin.Masalan, predmet rangi juda ko‘p bo‘lib, bu rang nemis tilida alohida so‘z yoki so‘z birikmalari orqali ifodalanadi.Biror predmetning mazkur ranglardan qaysi biriga egaligini so‘rash uchun nemis tilida was für ein olmoshini qo‘llash kifoya.
Olmoshlar aloqa vositasida juda muhim rol o‘ynaydigan so‘zlar hisoblanadi va boshqa turkumdagi so‘zlarga nisbatan juda keng qo‘llanishi bilan harakterlanadi. Bu hodisa ularning abstrakt harakterga egaligidan kelib chiqadi..Nimani ko‘rsatishiga qarab olmoshlarni nemis tilida ikki asosiy gruppaga bo‘lish mumkin:
1) Umumlashgan predmetni ko‘rsatuvchi olmoshlar: ich –men, du-sen, wir- biz, ihr –sizlar,wer –kim, was – nima, niemand –hech kim, jemand- allakim, irgendwas – nimadir.
2) Umumlashgan belgini ko‘rsatadigan olmoshlar: das-bu, shu; was für ein – qanday, welcher – qaysi, einige, manche – ba’zi, ba’zi bir, irgendein – allaqanday.
Demak, umumlashgan predmetni ko‘rsatuvchi olmoshlar, ya’ni ot o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlarga kishilik, nisbiy olmoshlar, umumlashgan belgini ko‘rsatadigan olmoshlar,ya’ni sifat o‘rnida qo‘llanadigan olmoshlarga egalik olmoshlari kiradi. Ko‘rsatish, so‘roq, gumon, va bo‘lishsizlik olmoshlari esa ham ot, ham sifat o‘rnida qo‘llanadi.
Morfologik jihatdan ham olmoshlar bir xil emas. Ulardan ba’zilari(kishilik, ko‘rsatish , egalik, nisbiy, so‘roq olmoshlar) turlanadi, ayrimlari (birgalik, shaxssiz, o‘zlik olmoshlari) turlanmaydi. Gumon va bo‘lishsizlik olmoshlari esa ham turlangan, ham turlanmagan holda qo‘llanadi.
Nemis tilida olmoshlarning ma’noga ko‘ra quyidagi turlari bor:

Kishilik olmoshlari - ich, du...

die Personalpronomen – ich, du....

O‘zlik olmoshi – sich

das Reflixivpronomen – sich

Egalik olmoshlari – mein, dein....

die Possessivpronomen - mein, dein...

Ko‘rsatish olmoshlari – dieser, -e, -es...

die Demonstrativpronomen – dieser, -e, -es..

So‘roq olmoshlari – wer ?, was ?...

die Interrogativpronomen – wer ?, was ?

Nisbiy olmoshlar – der, die, das, welcher, -e, -es

die Relativpronomen – der, die, das, welcher, -e, -es

Gumon olmoshlari – jemand, man

die Indefinitpronomen – jemand, man

Bo‘lishsizlik olmoshi- kein, niemand

die Negativpronomen – kein, niemand

Shaxssiz olmosh – es

das unpersönliche Pronomen – es

Birgalik olmoshi – miteinander

das Reziprokpronomen – miteinander



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə