Laboratoriya ishi dvigatellarning aylanishlar soni regulyatorini sozlash



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə2/3
tarix24.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#85995
1   2   3
лаборатор иши-17

15.2. Quvvat rostlagichini rostlash
Birlashtirilgan rostlagich amplistat rostlash chulg‘amidagi tokni induktiv datchik yordamida o‘zgartirish yo‘li bilan generator quvvatini o‘zgartiradi va servomotor porshen shtoki hamda induktiv datchik yakorining chiziqli siljishini amplistatning rostlash chulg‘amidagi elektr signaliga (tok o‘zgarishi) aylantiradi. Induktiv datchik yakori servomotor porsheni bilan qo‘zg‘almas tarzda birlashtirilgan.

Induktiv datchik ID-31 (ID-10) taqsimlash transformatori otpaykalari orqali o‘zgaruvchan tok zanjiriga ulangan g‘altakdan iborat bo‘lib, ular orasidagi kuchlanish 10V (9V) ga teng bo‘ladi. Induktiv datchik g‘altagi bilan oldinma-ketin qo‘zg‘atish amplistatining rostlash chulg‘ami ulab qo‘yilgan. Amplistat rostlash chulg‘amidagi maksimal tok qiymatini rostlash (muvofiqlashtirish) uchun rostlagich qarshiligi ishlatiladi.

Quvvat rostlagichi, induktiv datchikning yakorini siljitish bilan generator quvvatini dizelning erkin quvvatiga teng qilib saqlashga intiladi. Bunda rostlash chulg‘amida maksimal tok datchik yakori g‘altakdan 65 mm ga chiqib turgan, ya’ni eng yaxshi tirgakli (tayanchli) holatida (dizel blokiga yaqinroq) paydo bo‘ladi. Shu kabi tokning eng kichik qiymati datchik yakorining eng ko‘p ichga kirgan holatiga (eng kam tayanchli) muvofiq kelib, bunda yakorning konussimon chekkasi datchik korpusi chekkasiga mos tushadi.

Quvvat rostlagichi zolotnikli moslama (o‘lchash organi), teskari aloqa (bog‘liqlik) va induktiv datchikli servomotordan iborat.

Servomotor 23 shtoki 22 koromislo 20 yordamida aylanish chastotasini boshqarish mexanizmiga ulangan. Koromislo 20 bilan esa tyaga yordamida zolotnikli vtulkaga 17 o‘rnatilgan zolotnik 18 bog‘langan bo‘lib, u o‘z navbatida prujinalar 16 yordamida o‘rtacha holatda tutib turiladi. Zolotnikli moslama induktiv datchikka 25 ulangan servomotorga 24 moy uzatilishini boshqarib turadi. Zolotnikli moslamaning yuqori va quyi bo‘shliqlari kanallar orqali moy vannasiga ulangan.

Rostlash jarayonining barqarorligini ta’minlash uchun servomotor porshenining qo‘zg‘atishni kattalashtirish va kichraytirish uchun siljitish tezligi ignalar 21 bilan muvofiqlashtiriladi. Quvvat rostlagichi elementlari quyidagicha ishlaydi.

O‘rnatilgan tartibda zolotnik 18 disklari bilan zolotnikli vtulka 17 tirqishlarini berkitib, bunda servomotor porsheni dizel valining mazkur aylanish chastotasidagi belgilangan yuklamaga muvofiq holatda bo‘ladi.

Yuklamaning kamayishi. Dizelga tushadigan yuklama ozayganida aylanish chastotasi rostlagichi yoqilg‘i uzatishni kamaytirib, shtok 22 pasayib, u bilan koromislo 20 ning chap uchi ham pastga tushadi va zolotnik 18 ni quyiga qarab siljitadi. Bu holda moy V servomotorning 24 bo‘shlig‘i V ga qayta kiritiladi va bo‘shliq G dan to‘kib tashlanadi. Servomotor porsheni induktiv datchikning yakorini qo‘zg‘atish generatorini kattalashitrish tomoniga siljitadi.

Bo‘shliq G dan moy yuqori ignali klapan orqali moy vannasiga oqib tushadi. Zolotnikli vtulka ustida joylashgan yuqori bo‘shliqdagi moy bosimi quyi prujinani siqib, uni pastga siljishga majbur qiladi va zolotnikli vtulkadagi moy servomotorning V bo‘shlig‘iga u orqali kelib tushgan qayta o‘tkazish tirqishini yopadi. Ignali klapanning ochilish qiymati servomotor porshenining harakatlanish tezligini belgilab beradi.

Dizel yuklamasi ortganidan so‘ng (chunki generatorga tushadigan yuklama ham kattalashadi), rostlagich aylanish chastotasi yoqilg‘i uzatilishini ko‘paytiradi. Zolotnik va zolotnikli vtulka 32 o‘rta holatga qaytib, generatorning ortiqcha yuklamasiga muvofiq keladigan yangi holatni egallagan servomotor porshenining harakatini to‘xtatadi. Bu esa dizelga tushadigan yuklamaning tiklanishiga olib keladi.

Yuklamaning kattalashishi. Yuklama kattalashganida rostlagichning quvvat elementlari ishi yuqorida ko‘rsatilganiga teskari bo‘ladi.

O‘lchagich prujinasi tarangligini oshirish (aylanish chastotasini kattalashtirish) yuklama kamayganidagi kabi rostlagichning quvvati oshishiga olib keladi, va aksincha. Chunki o‘lchagich prujinasi tarangligi ortganida servomotor 23 porsheni 27 pastga tushib, bu yuklama zolotnigini quyi tomonga harakatlantirgani uchun ro‘y beradi. Rostlagichda ro‘y beradigan bundan keyingi jarayonlar yuqorida bayon etilganlarga o‘xshaydi.

O‘rnatilgan tartibdada zolotnik 18 o‘z disklari bilan zolotnikli vtulka tirqishlari o’zaro berkitilish vaziyatida bo‘lgani uchun, koromislo o‘ng uchining har bir holatiga (berilgan aylanish chastotasiga) koromislo chap uchining muayyan bir holati (yoqilg‘i uzatilishi) muvofiq keladi. Shunday qilib, dizelning har bir tezlik rejimiga zolotnik osilish nuqtasini tanlashga bog‘liq muayyan quvvat to‘g‘ri keladi. Zolotnik osilish nuqtasi servomotor 23 tomoniga siljiganida quvvat kattalashib, o‘lchagich prujinasi tomoniga yurganida - kamayadi. Zolotnikni osish nuqtasi tanlanishiga dizelning tejamkor rejimlardagi ishi, shundan kelib chiqib, foydalanish jarayonidagi o‘rtacha yoqilg‘i sarfi ham bog‘liq.

Vagon deposi yoki zavodning yoqilg‘i bo‘linmasida birlashtirilgan rostlagichni muvofiqlashtirish yuklama uzeli soz (ishlab turgan) stendda kamida 1,5 soat davomida amalga oshiriladi. Dastlab, quvvat rostlagichini muvofiqlashtirishdan avval, ekssentrik 9 holatiga, traversadagi belgi esa 8-bo‘lim qarshisiga o‘rnatiladi.

Induktiv datchik yakorining holati tekshiriladi va 3 holatdan 4 holatga o‘tishda eng kichik tirgakda bo‘lishi kerak (datchik yakorining eng ko‘p ichga kirgan holati).

Rostlagichga tushadigan yuklamani o‘zgartirish bilan rostlagich quvvati rostlansin. Stendning yuklama uzeli nosoz bo‘lgan holida ta’mirlanib, uning ishi tiklansin.

Birlashtirilgan rostlagichni yuklama uzeli nosoz (ishlamaydigan) stendda muvofiqlashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Quvvat rostlagichini muvofiqlashtirishda induktiv datchik yakori tirgaklarga 15…20 mm dan yaqinroq kelishi mumkin emas.

Birlashtirilgan rostlagichni rostlash tugallanganidan so‘ng qopqoq o‘rnatilib, plombalab qo‘yiladi. Reostatdagi plombani yechib olishga faqat vagonlar qabul qiluvchisi (depo) yoki TNB (zavodda) ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Induktiv datchikni dizelni ishga tushirishda, shuningdek teplovoz joyidan qo‘zg‘alishida uni avtomat tarzda minimal qo‘zg‘atish holatiga o‘rnatish imkoniga ega bo‘lish va uning g‘ildiraklari joyida aylanib ketishining oldini olish uchun quvvat rostlagichida o‘chirish moslamasi 29 mavjud. Induktiv datchikni minimal qo‘zg‘atish holatiga o‘tkazishga MR5 elektr magnitni yoqish bilan erishiladi. Elektr magnit MR5 yoqilganida (0 dan 3 holatgacha) shtok klapanni pastga siljitib, akkumulyatordan porshen ostiga moy kirish uchun yo‘l ochib, porshen bunda zolotnikni ko‘taradi. Bu holda moy induktiv datchik servomotorining V bo‘shlig‘iga kelib tushadi va induktiv datchik yakori minimal qo‘zg‘atish (yakor to‘lig‘icha g‘altak ichiga kirgan) holatini egallaydi. Bunda dizelni ishlatib yuborish yaxshilashib, teplovozni joyidan ravon qo‘zg‘alishi va uning g‘ildiraklari joyidan qo‘zg‘almay aylanib turish rejimidan chiqarish ta’minlanadi. Poyezd joyidan qo‘zg‘almay g‘ildiraklar aylanishi to‘xtaganidan so‘ng qurilma tortuv generatori qo‘zg‘alish darajasining ravon ortishini ta’minlaydi.

Kontrollerning 4 holati tanlanganida MR5 o‘chib, induktiv datchikni ishga tushiradi va yakor yuklamaga bog‘liq tarzda holatini o‘zgartirib, amplistat rostlash chulg‘ami toki va bosh generator quvvatini o‘zgarishi ro‘y beradi.

Birlashtirilgan rostlagichga xizmat ko‘rsatish, asosan, moyni zarur darajada saqlash va uning vaqtida almashtirilishini nazorat qilishdan iborat. Dizel ishlayotgan paytda moy darajasini ko‘rsatkich belgisi bo‘yicha undan ko‘pi bilan ±5 mm ga chetlashgan holda shu darajada saqlash zarur.

Rostlagich qoniqarsiz ishlashining asosiy sababi moyning ifloslanganligi hisoblanadi. Shuning uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi nobarqaror ishlay boshlaganida rostlagichni yuvib, undagi moyni dastlab filtrdan o‘tkazib almashtirish zarur. Rostlagichga moyni to‘rli moy idishi orqali quyish talab etiladi.


Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə