M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


-bob . PAXTANI DASTLABKI VA QAYTA



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

1-bob
. PAXTANI DASTLABKI VA QAYTA
ISHLASH TEXNOLOGIYASI


5
1.1. PAXTACHILIKNING XALQ XO‘JALIGIDAGI O‘RNI
Qishloq xo‘jaligi — xalq xo‘jaligining eng yirik tarmoqlaridan 
biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotida xalqning moddiy farovonligini 
yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etadi. Iste’mol fondining katta qismi 
qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan hamda qishloq xo‘jalik xomashyosidan 
ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlaridan tashkil topadi.
Sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda paxta eng 
qimmatli xomashyo turlaridan biri hisoblanadi. U o‘zining ahamiyati 
jihatidan mamlakat iqtisodiyotida g‘alla va boshqa g‘oyat muhim 
xomashyo turlari bilan bir qatorda turadi. Paxta — paxta tozalash sanoati 
uchun xomashyo, paxta tolasi esa to‘qimachilik, trikotaj, poyabzal, yengil 
sanoat va boshqa tarmoq lar uchun yarim tayyor mahsulot sifatida xizmat 
qiladi.
Chigitdan xalq iste’moli uchun tozalangan har xil moy, uning 
chiqitlaridan glitserin hamda yog‘ kislotalari ishlab chiqariladi, bulardan 
o‘z navbatida sovun, kir yuvish poroshoklari, linolium, izolatsiya lentalari, 
kleyonka, kinoplyonka, suv o‘tkazmaydigan mato, sun’iy teri va sun’iy 
kauchuk olinadi. Maxsus kimyoviy usul da ishlangan paxta lintidan 
selluloza, undan esa sun’iy ipak oli nadi. Gidroliz sanoatida shulxadan 
foydalaniladi: 1 t shulxadan 150 kg furfurola olish mumkin, bu esa smola 
va plastik massa, sintetik tola, dori preparatlari uchun xomashyo bo‘lib 
xizmat qiladi. G‘o‘za barglari organik kislotalar uchun, poyalari esa har 
xil nav qog‘oz va ba’zi boshqa materiallar ishlab chiqarish uchun manba 
hisoblanadi; fermentlangan g‘o‘za poyalari oziq achitqilari olishda 
xomashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Paxta sanoati uzluksiz rivojlanishi natijasida paxtadan olina digan 
mahsulotlar assortimenti ko‘payib bormoqda hamda boshqa sanoat 
tarmoqlarida, shu jumladan, og‘ir industriyada — avtomobil, aviatsiya, 
elektrotexnika va kimyo sanoatlarida ulardan foydalanish ko‘lami tobora 
ortmoqda. Shu tariqa paxtachilik — sanoat tarmoqlari kompleksining 
xomashyo bazasi bo‘lib, ixtisoslashtirilgan rayonlarning yuksalishi va 
rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. Bu noyob, universal o‘simlikdan 
kompleks ravishda foydalanish yo‘li bilan paxtachilikni chiqitsiz tarmoqqa 
aylantirish masalasi qo‘yilmoqda.
1.1-rasmda paxta o‘simligidan (g‘o‘zadan) olinadigan mahsu lotlar 
turlari keltirilgan.


6
1.1-rasm. G‘o‘zadan olinadigan mahsulotlar:
1 — flanel; 2 — sochiqbop gazlama; 3 — viskoza; 4 — satin; 5 — trikotaj;
6 — chit; 7 — ich kiyimbop gazlama; 8 — shtapel; 9 — tukli gazlama; 10 — paxta; 11 — 
momiq; 12 — ip; 13 — kalava; 14 — fibpa; 15 — sellofan; 16 — shnur; 17 — selluloza; 18 
— qog‘oz; 19 — tola; 20 — chigit; 21 — atsetil selluloza; 22 — sun’iy shoyi; 23 — atsetat 
shoyi; 24 — sun’iy fetr; 25 — sinmaydigan oyna; 26 — dinlium; 27 — brezent shlanga; 
28 — sun’iy charm; 29 — izolenta; 30 — karton; 31 — kunjara; 32 — chigit mag‘izi; 33 — 
shulxa; 34 — kapron; 35 — neylon; 36 — vitamin «E»; 37 — fitin; 38 — sun’iy kauchuk; 
39 — kallodiy; 40 — portlovchi modda; 41 — samolyot laki; 42 — fotoplyonka; 43 — 
olif; 44 — steorin; 45 — glitserin; 46 — moy; 47 — sovun; 48 — glukoza; 49 — lignin; 
50 — vino spirti; 51 — endotal; 52 — polivilvanli smola; 53 — furforal; 54 — qog‘oz; 
55 — filtr qog‘ozi; 56 — elektr shnuri; 57 — yonilg‘i; 58 — spirt; 59 — uglekislota; 60 — 
poya va chanoq; 61 — barg va po‘stloq; 62 — kalsiy oksalat; 63 — smola; 64 — limon 
kislotasi; 65 — kraxmal.
Dunyo bo‘yicha paxta tolasining
yetishtirilishi va ishlatilishi
Paxta dunyoning besh qit’asida — Osiyo, Amerika, Afrika, Avstra liya 
va Yevropada o‘stiriladi. G‘o‘za o‘stirishning shimoliy arse nali shimoliy 
kenglikning 38—47° paralleli (Qora qal pog‘is ton)dan, janubiy chegarasi 
kenglikning 35° paralleli (Avstra liya)dan o‘tadi. Jahon paxtachiligining 
asosiy rayonlari shi moliy kenglikning 37 va 43° o‘rtasidadir.
Dunyoda paxta tolasi yetishtirish keyingi to‘qqiz yil mobayni 
(1975—1983-yillar) davomida 11,7 mln tonnadan 14,9 mln tonnagacha 


7
yoki 27,3 % ga ko‘paydi. Paxta yetishtirish 4,6 % ga qis qargan Yevropani 
mustasno qilganda u Osiyoda 26,5 %, Ame rikada — 29,6 % va Avstraliyada 
paxta yetishtirish 5 baravardan ziyod ko‘paydi. Paxta yetishtirish ekin 
maydonlarining ko‘payishi va hosildorlikning o‘sishi hisobiga oshib 
bordi. Butun dunyodagi ekin maydonlari 1975-yildan 1983-yilgacha 
o‘rta hisobda 29,8 dan 32,2 mln gektargacha yoki 8 % ga kengaydi. 
Osiyo, Amerika va Avstraliyada paxta maydonlari shu yillarda 10,2, 
11,5 % kengaytirildi va paxta yetishtirish 4 baravar oshdi, Yevropa va 
Afrikada esa birmuncha kamaydi. Osiyoda ekin maydonlari — Xitoyda 
eng ko‘p — 4,8 dan 5,7 mln gektarga oshdi. Hindistonda 7,4 dan 8 
mln gektarga, Pokistonda 1,8 dan 2,2 mln gektarga yetdi. Amerikada 
taqqoslanayotgan davrlar mobaynida ekin maydonlari 3,5 dan 4,1 mln 
gektarga va Braziliyada 1,8 dan 2,1 mln gektarga ko‘paydi. Paxta ekuvchi 
mamlakatlardan ko‘p ekin maydonni Hindiston egalladi. 1981—1995-
yillari deyarli 8 mln gektar yoki dunyo bo‘yicha ekilgan maydonlarning 
qariyb 25 foizini tashkil etdi. Biroq dunyo bo‘yicha 1981—1995-yillari 
eng ko‘p (3,7 mln t) paxta tolasi Xitoyda yetishtirildi. Xitoyning dunyo 
bo‘yicha paxta yetishtirish borasidagi salmog‘i 1975-yili 19,8 % dan 
1981—1995-yillarda 24,8 % gacha oshdi. 1983-yili Xitoyda paxta tolasi 
yetishtirish 4,5 mln tonnadan oshib ketdi. Paxta yetishtirish da bunchalik 
katta odim tashlashga ekin maydonlarini ko‘paytirish va hosildorlikni 
oshirish hisobiga erishildi. Xitoyda g‘o‘za o‘sti rishga yaroqli to‘rtta 
agroiqlim zonalari ajratilgan. Bular Xuanxe, Yanszi daryolari vodiylari, 
shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy tumanlardir. Keyingi yillarda paxta 
ekish markazi mamlakatning shimoliy tumanlariga surilib bormoqda. 
Tarmoqni rivojlantirish hukumat tomonidan belgilangan dastur, xarid 
narxlarini oshirish va hokazolar yordamida rag‘batlantirilmoqda. Hozirgi 
vaqtda butun dunyodagi paxtaning 63 % dan ko‘prog‘i Osiyo qit’asida 
yetishtirilmoqda.
To‘qimachilik mahsulotining dunyo miqyosidagi balansi


8
(Ma’lumot: 2005-y. 140 mln t.)
(Manba: JSA, internet)
Amerika qit’asida jami paxtaning qariyb 27 foizi yetishtirilyapti. 
Bu qit’adagi barcha mamlakatlarga nisbatan AQSHda eng ko‘p paxta 
tolasi olinmoqda. 1981—1995-yillari 2564 ming t yetishtirildi yoki 1975-
yildagiga nisbatan 756 ming t ko‘p paxta olindi.
To‘qimachilik mahsulotining dunyo miqyosidagi balansi 2000-y.
AQSH da paxta yetishtirish bilan janubiy shtatlar: Texas, Mis sisipi, 
Arkanzas, Alabama, Jordjiya, Luiziana shtatlari; g‘arbiy shtatlarida esa: 
Kaliforniya, Arizona, Nyu-Meksiko shug‘ullanadi. Shimoliy va markaziy 
Amerikada, Meksika, Nikaragua, Gvatemala va Salvadorda ham paxta 
yetishtiriladi.
Janubiy Amerikada Braziliya, Argentina, Peru, Kolumbiya, Venesuela, 
Paragvay va Ekvadorda paxta o‘stiriladi.
To‘qimachilik mahsulotining dunyo miqyosidagi
balansi kelajakda


9
(Ma’lumot: 2010-y. 80 mln t.) 
(Manba: JSA, internet)
Afrika qariyb 8 % paxta yetishtiradi. Asosiy mamlakatlar Misr va Sudan 
bo‘lib, shu kontinentda yetishtiriladigan paxtaning 55 foizi mazkur 
mamlakatlar ulushiga tushadi.
1981—1995-yillari Sudan, shuningdek FSQ (Fil suyagi qirg‘og‘i), Chad 
va Malida, ayniqsa ko‘p paxta yetishtirildi. Bu mamlakatlarda boshqa xil 
ekin o‘stirish imkoniyatlari cheklanganligi tufayli paxta eksport qilishdan 
chet el valutasini olish maqsadida paxta yetish tirishni rag‘batlantirishga 
qaratilgan hukumat siyosatini amalga oshirish sababli paxta maydonlari 
kengaytirilgandi.
Paxtachilik Avstraliyada tez sur’atlar bilan rivojlana bordi. Ekin 
maydonlarini kengaytirish va hosildorlikni oshirish yo‘li bilan to bora ko‘p 
paxta olinmoqda. 1981—1995-yillari Avstraliyada tola chiqishi gektaridan 
1124 kg ni tashkil etdi va hosildorlik jihatidan u dunyoda faqat Isroildan 
keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Paxta tolasining asosiy iste’molchilari bo‘lgan
yirik mamlakatlar 2000-yil
(mln tonna hisobida)
Dunyoda paxta tolasini ishlab chiqaruvchi
yirik mamlakatlar, 2000-yil
(mln tonna hisobida)


10

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə