M a d a n iy a t V a din


kayln  ham barham berilmasa, lozim topsangiz, ma’ruzalar  o'qlshnl  tn'xtatUhlngl/



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/38
tarix26.05.2022
ölçüsü3,17 Mb.
#88062
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Madaniyat va din madaniyatshunoslik

kayln 
ham barham berilmasa, lozim topsangiz, ma’ruzalar 
o'qlshnl 
tn'xtatUhlngl/ 
mumkin»12. XII asrda Yevropa universitetlaridagi 
tniim-turhlyn 
iltmlluh 
dlnly
u Хрестоматия по истории педагогики, * М., У чпедгиз 10.18 с ф Кб
67


yo'nalishda. cherkov rahbarligida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik, kam 
boisa ham. tabiiyot, matematika ham o‘rganila boshlandi. 
Shunday qilib, o‘rta 
asrlarda universitetlar tizimining tashkil topishi va ulaming faoliyati keyingi 
davrlardagi ilmiy, madaniy va ijtimoiy-iqti-sodiy taraqqiyot uchun katta ahamiyat 
kasb etdi. 
Maktab va universitetlaming ko‘payib borishi kitobga bo‘lgan ehti- 
yojni kuchaytirdi. Ilk o‘rta asrlarda kitob qimmatbaho buyum bo‘lib, u 
pergamentga - buzoq terisidan tayyorlangan maxsus varaqlarga xattotlar 
tomonidan yozilgan. XII asrdan boshlab alohida kitob chop etish usta-xonalarining 
ochilishi ulaming birmuncha arzonlashuviga olib keldi. XIV asrdan qog‘ozning keng 
qo‘llanishi esa, uni yanada ko‘proq chiqarish im-koniyatini tug‘dirdi. Qog‘oz Xitoydan 
Sharq davlatlari, jumladan, Samar-qand orqali Yevropaga kirib keldi. Ispaniyada 
dastlabki qog‘oz ustaxo-nalari XII asrdan ishga tushgan. Keyinchalik, XIV asrdan 
esa bu soha Italiyada ham rivoj lana bordi. Yevropadagi dastlabki ustaxonalarda qo- 
g‘oz eski lattalardan tayyorlangan. 
Germaniyada 
1445-yil 
Iogann
Guttenbergning kitob bosish dastgo-hini kashf etishi natijasida kitobning ommaviy 
tarqalishi Yevropa madaniy hayotining yanada yuksalishiga olib keldi. 
0 ‘rta 
asr san’ati evolutsiyasi ham chuqur o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Ilk o‘rta 
asrlarda (V-IX asrlarda) franklar san’ati yetakchi o‘rin egallagan. Chunki bu 
davrda franklar davlati deyarli butun Yevropa hu-dudini egallagan. Hokimiyat 
merovinglar sulolasi qo‘lida bo‘lgani bois, V-VIII asrlar san’ati ko‘p hollarda 
merovinglar san’ati deb ham ataladi.
Mohiyat - mazmuniga ko‘ra bu san’at xristianlikkacha bo‘lgan davr-ga xos 
edi. Bu davrda kiyim-kechak, qurol-yaroq, naqshlar bilan be-zalgan ot-ulov 
anjomlarini tayyorlash bilan bog‘liq holda hunarmand-chilik yuksaldi.
Miniatura - kitoblami rasmlar bilan bezash keng tarqaldi. Monastirlarda diniy 
kitoblami yozish va bezashga moslashtirilgan maxsus usta-xonalar-«skriptoriylar» 
faoliyat ko‘rsatgan. Biroq dunyoviy kitoblar hali juda kam boigan.
Bu davrga oid frank me’morchiligi namunalari juda kam saqlanib qol-gan boiib, 
ular hozirgi Fransiya hududidagi bir nechta kichkina cherkov-lardangina iborat xolos. 
Varvarlar me’morchiligi (xristianlikkacha boigan davr) namunasiga Ravenndagi ostgot 
qiroli Teodarix (520-530-yillar) qasri misol b o ia oladi.
Merovinglar sulolasi merosxo‘rlari Karolinglar davrida, (VIII-IX asrlar) ayniqsa 
«Roland haqida qo‘shiq» poemasining afsonaviy qahramoni Buyuk Karl hukmronligi 
vaqtida 0 ‘rta asrlar san’ati yuksak taraqqiyotga erishdi. Buyuk Karl - franklar 
qirolligini boshqargan (768-814-yillar davomida) yirik hukmdorlardan biri edi. 
«Buyuk» laqabi Karlga 53 ta yirik harbiy yu-rishlarga boshchilik qilganligi, 
qonunchilik sohasida amalga oshirgan sal-moqli ishlari, ilm-ma’rifat sohasidagi 
xizmatlari uchun berilgan baho edi. Bu davrda san’at, asta-sekin varvarlik ta’siridan 
xalos boiib, antik davr merosiga faol murojaat qila boshlaydi. Shuning uchun bu 
davmi m aium ma’noda «Karolinglar Uyg‘onishi» deb ham aytishadi. Bunda, 
yuqorida ta’kidlaganimizdek, Buyuk Karl hissasi alohidadir. U o‘z sa-royining 
qoshida madaniy-ma’rifiy markaz tashkil qilib, uni Akademiya deb ataydi. Karl 
Buyuk akademiyada buyuk olimlar, faylasuflar, shoir va rassomlar ijodi uchun 
qulay sharoit yaratishga katta homiylik ko‘rsatdi. Natijada bu davrda fanlar va
68


surf at sirlarini chuqur o‘rganish, tadqiq qi-lish, ulami yanada rivojlantirishga 
bo'lgan intilish kuchayadi. Ayniqsa, antik davr madaniyati bilan mustahkam aloqa 
o'matilishi uchun ko‘p sa’y-harakatlar amalga oshiriladi. Karolinglar davriga oid 
bir qancha me'moriy yodgorliklar saqlanib qolgan bo‘lib, ulardan biri - sakkiz 
qirrali gumbaz bilan qoplangan, sak-kiz burchakli inshootdan iborat Aaxendagi 
(800-yil) Buyuk Karlning ajoyib cherkovidir. Bu davrda ham miniatura san’ati 
rivojlanishda davom etadi. Maz-muni asosan diniy mavzularda boiishiga 
qaramasdan, ilk o‘rta asr oxiri-ga kelib, ularda ov, yer haydash kabi inson 
faoliyatiga doir boshqa mav-zular paydo bo‘la boshlaydi. Karolinglar imperiyasi 
qulab, mustaqil Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari paydo bo‘lgach, o‘rta 
asr san’ati yangi bosqichga qadam qo‘yadi. Ilk o‘rta asrlarda xristian Yevropasida 
haykaltaroshlik va tasviriy san’at taqiqlanmagan boiishiga qaramasdan, ularda ham 
ancha vaqt davomida aso-san diniy mavzular ustunlik qilgan. Asosan bu Iso payg‘ambar, 
Momo Xu-do, apostollar (payg‘ambarlar) timsollari edi. Dastlab Iso tasvirlari yu­
non va rim afsonalari timsollarini eslatgan. Xristianlaming ayrim tamo-yillariga 
qarama-qarshi bo‘lishiga qaramasdan, antik dunyoning mada-niy-tarixiy an’analari 
xristian dini tomonidan butunlay uloqtirib tashla-nishi mumkin emas edi. Xristian <• 
dinini qabul qilgan ko‘plab odamlarda hali eski madaniyat an’analari bilan bog‘liq 
bo‘lgan turli estetik ehtiyoj-Iar saqlanib qoladi. Eng dastlabki xristianlarda Xudo 
tasvirini yaratish muammosi bo‘lmagan, chunki dastlabki xristianlar yahudiylar boiib, 
ulaming dinida tasviriy san’at umuman taqiqlangan edi. Xristian dinining g‘arbga 
tarqalib borishi bilan yangi xristianlar Xudo timsolini ko‘rishni xohlaydilar. Diniy 
markaz bo‘lmaganligi bois bunday muammolami hal qilish imkoni yo‘q edi. Isoni 
Orfey ko‘rinishida, chiroyli yoki xunuk qilib tasvirlashga urinishlar bo‘l-di. 
Ikonalami yaratishning yo‘lga qo‘yilishi ma’lum ma’noda mazkur muammolaming 
yechimini topish imkonini berdi. Ikonografiya - bu Iso payg‘ambar timsolini yaratishda 
rassom asoslanishi, qat’iy amal qilishi lozim bo‘lgan qonun-qoidalar majmuasidir. 
Ikona savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy-hissiy bog‘lanish, aloqa shakli 
sanalgan. Tasvirda xu-doni bandalaming gunoh kechmishlarini mag‘firat etishga 
qaratilgan motamsaro ko‘rinishi ifodalangan. Ikonalar yaratishning turli milliy, hu- 
dudiy maktablari paydo bo‘laboshladi (masalan, Vizantiya, rus maktab-Iari). Ikona 
chizishda rassomlar yirik tasvirlarga turli qismlar, kiyim va umumiy rangning 
haqiqatga yaqin bo‘lishiga intilmaganlar. Tasvir keng qamrovli boiib, real 
hayotiylikdan chetlash orqali tomoshabin e’tiborini to‘la badiiy asaming ruhiy 
mazmuniga qaratish imkonini bergan. Rivojlangan o‘rta asr boshlari - X asr 
vengerlar, saratsin (musulmon) lar, ayniqsa normannlar yurishlari natijasida eng 
murakkab, og‘ir davr boidi. Yangi tiklanayotgan davlatlar chuqur inqiroz va 
tanazzulni bosh-dan kechirar, san’at ham shunday holatda edi. Ammo X asr oxiriga 
kelib ahvol ancha yaxshilanadi: feodal munosabatlar o‘matilib, hayotning bar-cha 
jabhalaridagi kabi, san’atda ham jonlanish va yuksalish kuzatiladi.
0 ‘rta asrlardagi tasviriy san’at asarlarida insonlaming bo‘shliq mav-judligini 
ongli ravishda tan olmaslikka intilishi aks etib turadi. Shu bois-dan bu davrda 
yaratilgan ko‘pchilik tasviriy san’at asarlarida osmon tas-virlanmagan. Osmon 
ramzi boigan havo rang ayni chog‘da inson erki, ozodligi ramzi boigan. Shuning 
uchun rassomlar o‘z asarlarini turli tas-virlar, masalan, serbarg o‘simliklar,
69


murakkab geometrik shakllar, to‘g‘-ri va kesishgan chiziqlar, tilla rang muhit bilan 
bezatganlar. Rasmlardagi odamlar guruhi yaxlit bitta tanadan ko‘p boshli, ko‘p 
qo'l-oyoqlidek gavdalanadi. Chunki gavdalar orasida bo‘sh joy bo'lmasdan. ular 
bir-bi-riga jipslashib turgandek idrok etiladi. 0 ‘rta asr rasmlarida mazmunan va 
geografik jihatdan, vaqt nuqtayi nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan voqea- 
hodisalami ham birlashtirishga intilishni his etamiz. 0 ‘rta asrlar musiqasida ham 
asosiy mavzu xudoni kuylash, injil aso-tirlarilari, avliyolar hayoti, ruhiy-axloqiy 
poklanish, gunohdan magTirat bo‘lish aqidalari edi. Musiqaviy madaniyat negizini 
cherkov qo‘shiq-kuyi (liturgiya), she’-riyat va dramaturgiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan 
cherkov tantanalari tashkil etdi.
Me’morchilik ham ilohiyotning unsiz targ‘iboti tarzida namoyon bo‘ldi.
Me’morlar V-VI asrdayoq shaharlami rejalashtirishning yangi uslub-larini 
yaratishdi. Yangi ko‘rinishdagi shahar markazida bosh maydon va ibodatxona 
joylashib, undan shahaming turli tomonlariga ko‘chalar tar-qalgan. Xuddi shu 
paytdan ko‘p qavatli, peshtoqli uylar, boylaming mustah-kam koshonalari, saroylari 
paydo bo‘ldi. Vizantiyada cherkov va ibodat-xonalar qurilishi ham yuksak san’at 
darajasiga ko‘tarildi. 532-537-yil-larda imperator Yustinianning buyrug‘i bilan 
bunyod etilgan Muqaddas Sofiya ibodatxonasi bunga misol bo‘la oladi. Bino 
gumbazi diametrining o‘zi 30 metrdan ortiq bo‘lib, ibodatxona ichidagi ustunlar, 
uning devor-lari turli rangdagi marmarlar va mozaikalar bilan qoplangan.
Yevropada qurilish-me’morchilik sohasi, ayniqsa, XI asrdan bosh lab tez rivojlandi. 
Dastlabki paytda binolar va, hatto, feodal zadogonlari qal’alari ham yog‘ochdan qurilgan. 
0 ‘rta yer dengizi havzasidagi shaharlar qurilishida toshni ashyo sifatida ishlatish 
uchun bir necha asr kerak bo‘ldi. Toshning yumshoq turlari boimagan 
mamlakatlarda, jumladan, Angliya va Polshada binolar pishiq g‘ishtdan qurilgan. 
Ibodatxonalar va monastirlar toshdan qurilgan. 0 ‘rta asrda badiiy uslub hodisasi paydo 
boMadi. 0 ‘rta asr G‘arbiy Yev-ropa me’morchiligida X - XIII asrlarda roman uslubi 
keng tarqaladi. Ro-man tushunchasi Rim, ya’ni Qadimgi Rim madaniyatiga bog‘liq 
degan ma’noni anglatadi. Bu san’at asarlarida qadimgi Rim san’atining so‘nggi 
davriga xos uslublarga murojaat qilinganiga muhim ishora edi. Ushbu uslubning 
me’morchilikdagi o‘ziga xos jihati, bu yirik binolaming qat’iy geometrik shakli, 
tuzilishining oddiyligidadir. Roman me’morchilik bi-nosi ko‘rinishi sokinlik va 
mag‘rurlik hissini uyg‘otar edi. Faqat monas-tirlar, ibodatxonalargina emas, 
hukmdorlaming qasrlari ham roman uslu-bida qurilgan. Umuman, san’atning yangi 
yuksalish davri shartli ravish-da roman davri nomini olgan. Bu ko‘proq XI-XII 
asrlarga to‘g‘ri keladi. Roman uslubi mohiyati - katta tekisliklar mavjud bo‘lgan 
holda, ver-tikal va gorizontal to‘g‘ri chiziqlar, eng oddiy geometrik shakllar ustun- 
ligidir. Qurilishda ark, ravoqlardan keng foydalanilgan holda, eshik va derazalar 
tor qilinadi. Binoning tashqi ko‘rinishi aniqlik va oddiylik, so-vuqlik, ayrim 
hollarda qorong'ulik bilan yo‘g‘rilgan, buyuklik va vaz-minlik bilan ajralib turadi.
Roman uslubi Fransiyada ayniqsa keng tarqaldi. Bunga Klyunidagi (XI asr) 
cherkov, Klermon-Ferandagi Notr Dam dyu Por cherkovi (XII asr) misol bo‘la 
oladi. Bu uslubdagi dunyoviy binolar shakli oddiy bo‘lib, ularda naqshin-kor 
bezaklar deyarli yo‘q. Binoning asosiy turi feodal-ritsar uchun bir vaqtning o‘zida 
ham uy, ham mudofaa inshooti bo‘lib xizmat qiladigan qal’a-qasrdir. Ko‘p hollarda
70


bu - markazida minora mavjud bo'lgan hovli-dir. Bunga bizning davrimizgacha yetib 
kelgan Senadagi Shato Chayar qasri xarobalari misol bo'la oladi.
Germaniyadagi roman me’morchilik uslubida qurilgan inshootlarga O'rta 
Rcyndagi Voris, Maynts va Shpeyere shaharlarida joylashgan cherkovlar (XIII asr) 
misol bo'ladi. 0 ‘rta asrlar san’ati va me’morchiligidagi keyingi davr - gotika uslu- 
bini yaratilishi bilan mashhurdir. Shaharlarda XII asr oxiridan e'tiboran savdo 
rastalari ratushalar, shifoxonalar va mehmonxonalar qurilishi keng avj oldi. O'rta 
asr shahri markazidagi eng chiroyli va hashamatli bino, bu ibodatxona edi. 
Uyg‘onish davrida paydo bo'lgan “gotika” atamasi shartli bo'lib, u german 
qabilalaridan hisoblangan gotlar nomidan olin-gan (Gotlarning asl vatani 
Skandinaviya bo‘lib, keyinchalik Boltiqbo‘-yida, Qora dengizi qirg'oqlarida 
istiqomat qilganlar. Ulaming hozirgi Moldova va Ruminiyaning sharqiy 
hududlarida yashaydigan qismlari vestgotlar, Shimoliy Qora dengiz bo'yi, 
Dnestming sharqiy tomonlarida yashovchi - ostgotlarga bo'lingan. IV asming 70- 
yillarida xunnlar got-laming yerlariga hujum qilib, 375-yilda vestgot, ostgot hamda 
ularga qa-rashli dasht qabilalari ittifoqini tor-mor etishadi).
Yuksaklikka intilgan gotik tasvirlar, xristianlik diniy inshootlarining 
baland 
gumbazlari yuksaklikka, ma’naviyatga intilishi ramzi edi. Mazkur uslubdagi 
binolaming mumkin qadar balandroq qilib qurish-ga intilishning yana bir sababi 
bor. Gap shundaki, aholi soni oshib bor-gan, baland va mustahkam qal’a devorlari 
bilan o'ralgan shahar maydo-nini kengaytirish oson bo‘lmagan. Bu esa, eniga 
o'sishga imkon topa ol-magan binolaming bo'yiga o ‘sishiga olib keldi. Yarim 
doirali qubbali peshtoq o‘miga endilikda uchi nayzasimon peshtoq qilinadigan 
bo'ldi. Bu uchli peshtoq va gumbazlami Yevropaga dastlab musulmon ustalari olib 
kirdilar. Gumbazlar sinch ustiga o‘matilib, ibodatxonaning baland va ko'rkam 
ishlangan ustunlariga tayanib turardi. Shu tariqa, hozirgi za-mon qurilishida 
ishlatiladigan temir-beton va po‘lat karkaslar (sinchli) kabi qurilmalar paydo 
bo‘ldi.
Ibodatxonalar shahar kengashi buyurtmasi bilan qurilgan. Ular 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə