Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib boMmaydi - bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilar 10 kishidan iborat 3 ta
guruh tashkil etadi va “Charxpalak” mashqi o ‘tkaziladi. Buning uchun
har bitta kichik guruhga alohida sarlavhali plakatlar va turli rangdagi
markerlar tarqatiladi:
1. Vahhobiylikning yuzaga kelishi va asosiy g‘oyalari...
2. Diniy fundamentalizm va ekstremizm tushunchalari: mohiyati va
mazmuni...
3. Missionerlik tushunchasi, mazmuni va mohiyati...
4. Musulmon dunyosi va diniy ekstremizm...
5. Diniy ekstremizm va uning jam iyat barqarorligiga tahdidi
Gumhlar har bir plakat bilan 3 daqiqa davomida ishlaydi to o‘z
plakati qaytib kelgunicha, ya’ni uch marta plakatlarni o‘zaro almashadi.
M ashg‘ulot oxirida har bir guruh o 'z plakatini taqdim etadi.
Ushbu mashg‘ulotni integral texnologiyalar, ya’ni bir-biriga
bog‘lanib, dars davomida uning yakunini yasovchi samarali natijasini
ta’minlovchi usullar tashkil etadi. Ushbu usullar o ‘quvchilarning o ‘quv-
bilish faoliyatini, o‘z-o‘zini o‘qitish jarayonini uzviy bog‘liq ravishda
rivojlantiradi. Mavzu bo‘yicha mukammal bilimlarga ega bo'lish
imkoniyatini yaratadi.
1. Vahhobiylikning yuzaga kelishi va asosiy g‘oya!ari
Vahhobiylik paydo bo‘lishi arafasida Arabiston Yarim orolidagi
shart-sharoit va
vahhobiylikning
ildizlari.
Biz
bu
mavzuni
o‘rganishdan oldin vahhobiylik '.arixi haqida asosiy manba bo'lib xizmat
qilayotgan A.M.Vasilevning “ Puritane Islama?” (M.Nauka, 1967),
Yu.Abdullaevning "Vahhobiylik tarixi” (T.1999) kitoblari va Saudiya
Arabistoni tarixi bilan yaxshi tanish boMishimiz lozim. Ayni paytda,
sho‘ro davrida nashr etilgan adabiyotlarga tanqidiy yondashishni
unutmaslik maqsadga muvofjqdir.
Undan
tashqari,
vahhobiylikning
kelib
chiqishi
haqida
Yu.Abdullaevning “Maqsad asli nima edi?” ( 0 ‘zbekiston adabiyoti va
28
san’ati, 1998 yil 27 mart), H.Hotamov, Sh.Hamroevlaming “K o‘ngildagi
buzilish” (Xalq so‘zi, 1998 yil 4,5,7 mart) maqolalar turkumida qimmatli
m a’lumotlar bor.
Vahhobiylik haqida evropaliklar, shuningdek,, arab, turk, rus
sharqshunoslari XIX asrdayoq yirik tadqiqotlar yaratishgan bo‘lsa-da, bu
haqda bizning matbuotimizda yaqin vaqtlargacha to‘la m a’lumot
beruvchi asar yoki maqolalar chop etilmagan. Vahhobiylikning o ‘zi
haqida keyingi yillarda ba’zi kishilar og‘zidan yarim yorti m a’lumotlar
eshitilgan yoki din vakillari Imom A ’zam mazhabiga qarshi fikrlar
aytilganda muxoliflarga qarshi chiqqanlarini hisobga olmaganda,
ko'pchilik aholi bu harakat yoki oqim haqida etarli m a’lumotga ega emas
Shuning uchun ham, vahhobiylikning ildizlariga nazar solish, uning
kelib chiqish sabablarini tahlil qilish zarur.
Albatta, har bir hodisaning vujudga kelishiga aniq omillar sabab
bo‘ladi. Bu fan tilida ob’ektiv yoki sub’ektiv sabablar, yoki hodisani
vujudga keltirgan vaziyat, deb yuritiladi. Vahhobiylikning paydo
bo‘lishiga ham o ‘ziga xos sabablar bor edi.
Vahhobiylik paydo bo‘lishi arafasida Arabiston Yarim orolida
feodal, yarim qullik munosabatlari xukm surardi. Viloyatlarda sinfiy
bo‘linish, karta belgilari, ko‘chmanchi qabilalar o ‘rtasida o‘zaro
birodarqushlik urushlari davom etardi. Shu sababli, mamlakatni yagona
markazga birlashtirish ijtimoiy zarurat edi.
Ikkinchidan, Arabiston Yarim oroli bu davrda, garchi, rasmiy
mustaqil hisoblansa-da, Usmon imperiyasi tarkibida bo‘lib, bu saltanat
yildan-yilga yemirilib bormoqda va uning tarkibidagi hududlar
mustaqillik uchun harakat boshlagan edilar.
Uchinchidan, butun Arabiston Yarim orolida Usmonli turklar
hukmronligi davrida hanbaliy mazhabiga zid o'laroq, bir qator
“yangiliklar” kirgan edi. Jumladan, muqaddas joylarga, ya’ni Islomdagi
sahobalar, yirik diniy arboblar, avliyolar, so‘fiylarga sig'inish avj oldi.
So‘fiylar musiqani tashviqot qildilar va ulaming yig‘inlari musiqasiz
o‘tmas edi. Ko‘p joylarda tarkidunyochilik, bangilik, folbinlik,
yulduzlarga qarab bashorat qilish, ziyoratgoh joylardan mushkulni oson
qilishni so‘rash, mozorlarga qurbonlik qilish odat tusiga kirib qoldi.
Magiya, animizm va fetishizm belgilari ham mavjud edi. Mana shunday
29
sharoitda Islomni dastlabki uch asridagi holatiga qaytarishni tashviqot
qilib vahhobiylik paydo bo‘ldi.
Muhammad Ibn Abdul Vahhob Ibn Sulaymon -
vahhobiylik asoschisi
Muhammad ibn Abud Vahhob ibn Sulaymon 1703-yilda Arabiston
Yarim orolidagi, Najd viloyatining Ayayna shahrida tug‘ildi. Uning otasi
qozi edi. Muhammad Abud Vahhob 10 yoshida Qur’onni o ‘qib chiqadi
va 12 yoshida tafsimi egallaydi, jamoat ibodatida qatnashadi va
uylanadi. “Q o‘shni davlatlarda”, ya’ni Hijoz, Basra, Xas, Bag'dod,
B" nadon, Xalab, Damashq, Quddus va Qohirada bo‘ladi. Makka va
Moainani borib ko‘radi. Uni yoshligidan ustozi Abdullo ibn Ibrohim ibn
Sayfo hanbaliy mazhabi b o ‘yicha vahdoniyat (yakkaxudolik) aqidasi
bo'yicha tarbiyaladi va bu sohada juda ko ‘p kitoblar bilan ta’minladi.
Ayniqsa, uning dunyoqarashida Ibn Taymiya asarlari katta rol o ‘ynadi,
chunki Ibn Taymiya hatto hanbalizmning ham ba’zi tomonlarini inkor
etuvchi ashaddiy vahdoniyatchi bo‘lib, undan 500 dan ortiq kitob qoldi.
Vahhobiylar ta’limoti umumiy qilib aytganda, Islom mohiyatiga,
shariatga asoslangan bo‘lib, ular Islomni Qur’on va hadislar asosida
poklashga, Muhammad (s.a.v.) davridagi (ya’ni asri saodatdagi) asli
holiga
keltirishga,
arablami
chinakam
Islom
bayrog‘i
ostida
birlashtirishga harakat qilganlar. Ular muqaddas joylami ziyorat qilishni,
avliyo va mozorlarga sig‘inishni, zohidlikni qoralaydilar. Oddiy kiyinish,
kamtarona hayot kechirish, ayshu ishratga va ko‘p boylik to‘plashga
berilmaslikni targ‘ib qiladilar. Shu bilan ular musiqani, qo‘shiq aytishni
qoralab, m a’naviy madaniyatga qarshi chiqdilar.
Vahhobiylikning yuzaga kelishida ingliz josuslik
xizmatining roli
Yu.Abdullaevning maqolasida ta’kidlanishicha, vahhobiylikning
paydo bo ‘lishiga, hatto ingliz josuslik xizmati ham aloqador ekan.
Masalan, turk islomshunos olimi M.Siddiq Kumushning 1997-yili
Istanbuldagi ‘'Haqiqat kitobi” nashriyotida chop etilgan “Ingliz
josusining aytganlari yoki Angliyaning Islomga qarshi dushmanlik
faoliyati” kitobida yozilishicha, Muhammad Abdul Vahhob tahsil
olayotgan vaqtlari ingliz josusi Xemper bilan uchrashib, uning ta’siriga
tushib qoladi. Buyuk Britaniya qirolligi Mustamlakalar vazirligi o ‘sha
yillari musulmon Sharq mamlakatlariga - arab, fors, turk tillarini
30
Dostları ilə paylaş: |