M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39

Ta’limni  tarbiyadan,  tarbiyani  ta’limdan  ajratib  boMmaydi  -   bu 
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Mavzuni  mustahkamlash  uchun  o'quvchilar  10  kishidan  iborat  3  ta 
guruh  tashkil  etadi  va  “Charxpalak”  mashqi  o ‘tkaziladi.  Buning  uchun 
har bitta  kichik  guruhga alohida  sarlavhali  plakatlar  va turli  rangdagi 
markerlar tarqatiladi:
1.  Vahhobiylikning yuzaga kelishi  va asosiy g‘oyalari...
2.  Diniy  fundamentalizm  va  ekstremizm  tushunchalari:  mohiyati  va 
mazmuni...
3.  Missionerlik tushunchasi,  mazmuni  va mohiyati...
4.  Musulmon dunyosi va diniy ekstremizm...
5.  Diniy ekstremizm va uning jam iyat barqarorligiga tahdidi
Gumhlar  har  bir  plakat  bilan  3  daqiqa  davomida  ishlaydi  to  o‘z 
plakati  qaytib  kelgunicha,  ya’ni  uch  marta plakatlarni  o‘zaro  almashadi. 
M ashg‘ulot oxirida har  bir guruh o 'z  plakatini taqdim etadi.
Ushbu  mashg‘ulotni  integral  texnologiyalar,  ya’ni  bir-biriga 
bog‘lanib,  dars  davomida  uning  yakunini  yasovchi  samarali  natijasini 
ta’minlovchi  usullar tashkil  etadi.  Ushbu  usullar o ‘quvchilarning  o ‘quv- 
bilish  faoliyatini,  o‘z-o‘zini  o‘qitish  jarayonini  uzviy  bog‘liq  ravishda 
rivojlantiradi.  Mavzu  bo‘yicha  mukammal  bilimlarga  ega  bo'lish 
imkoniyatini yaratadi.
1. Vahhobiylikning yuzaga kelishi va  asosiy g‘oya!ari
Vahhobiylik paydo  bo‘lishi  arafasida  Arabiston  Yarim  orolidagi 
shart-sharoit  va 
vahhobiylikning 
ildizlari. 
Biz 
bu 
mavzuni 
o‘rganishdan  oldin  vahhobiylik  '.arixi  haqida asosiy  manba  bo'lib  xizmat 
qilayotgan  A.M.Vasilevning  “ Puritane  Islama?”  (M.Nauka,  1967), 
Yu.Abdullaevning  "Vahhobiylik  tarixi”  (T.1999)  kitoblari  va  Saudiya 
Arabistoni  tarixi  bilan  yaxshi  tanish  boMishimiz  lozim.  Ayni  paytda, 
sho‘ro  davrida  nashr  etilgan  adabiyotlarga  tanqidiy  yondashishni 
unutmaslik maqsadga muvofjqdir.
Undan 
tashqari, 
vahhobiylikning 
kelib 
chiqishi 
haqida 
Yu.Abdullaevning  “Maqsad  asli  nima  edi?”  ( 0 ‘zbekiston  adabiyoti  va
28


san’ati,  1998 yil 27 mart), H.Hotamov,  Sh.Hamroevlaming  “K o‘ngildagi 
buzilish” (Xalq so‘zi,  1998 yil 4,5,7 mart) maqolalar turkumida qimmatli 
m a’lumotlar bor.
Vahhobiylik  haqida  evropaliklar,  shuningdek,,  arab,  turk,  rus 
sharqshunoslari XIX asrdayoq yirik tadqiqotlar yaratishgan bo‘lsa-da, bu 
haqda  bizning  matbuotimizda  yaqin  vaqtlargacha  to‘la  m a’lumot 
beruvchi  asar  yoki  maqolalar  chop  etilmagan.  Vahhobiylikning  o ‘zi 
haqida  keyingi  yillarda  ba’zi  kishilar  og‘zidan  yarim  yorti  m a’lumotlar 
eshitilgan  yoki  din  vakillari  Imom  A ’zam  mazhabiga  qarshi  fikrlar 
aytilganda  muxoliflarga  qarshi  chiqqanlarini  hisobga  olmaganda, 
ko'pchilik aholi bu harakat yoki oqim haqida etarli m a’lumotga ega emas
Shuning  uchun  ham,  vahhobiylikning  ildizlariga nazar  solish,  uning 
kelib chiqish sabablarini tahlil qilish zarur.
Albatta,  har  bir  hodisaning  vujudga  kelishiga  aniq  omillar  sabab 
bo‘ladi.  Bu  fan  tilida  ob’ektiv  yoki  sub’ektiv  sabablar,  yoki  hodisani 
vujudga  keltirgan  vaziyat,  deb  yuritiladi.  Vahhobiylikning  paydo 
bo‘lishiga ham o ‘ziga xos sabablar bor edi.
Vahhobiylik  paydo  bo‘lishi  arafasida  Arabiston  Yarim  orolida 
feodal,  yarim  qullik  munosabatlari  xukm  surardi.  Viloyatlarda  sinfiy 
bo‘linish,  karta  belgilari,  ko‘chmanchi  qabilalar  o ‘rtasida  o‘zaro 
birodarqushlik  urushlari  davom  etardi.  Shu  sababli,  mamlakatni  yagona 
markazga birlashtirish ijtimoiy zarurat edi.
Ikkinchidan,  Arabiston  Yarim  oroli  bu  davrda,  garchi,  rasmiy 
mustaqil  hisoblansa-da,  Usmon  imperiyasi  tarkibida  bo‘lib,  bu  saltanat 
yildan-yilga  yemirilib  bormoqda  va  uning  tarkibidagi  hududlar 
mustaqillik uchun harakat boshlagan edilar.
Uchinchidan,  butun  Arabiston  Yarim  orolida  Usmonli  turklar 
hukmronligi  davrida  hanbaliy  mazhabiga  zid  o'laroq,  bir  qator 
“yangiliklar”  kirgan  edi.  Jumladan,  muqaddas joylarga,  ya’ni  Islomdagi 
sahobalar,  yirik  diniy  arboblar,  avliyolar,  so‘fiylarga  sig'inish  avj  oldi. 
So‘fiylar  musiqani  tashviqot  qildilar  va  ulaming  yig‘inlari  musiqasiz 
o‘tmas  edi.  Ko‘p  joylarda  tarkidunyochilik,  bangilik,  folbinlik, 
yulduzlarga  qarab  bashorat  qilish,  ziyoratgoh joylardan mushkulni  oson 
qilishni  so‘rash,  mozorlarga  qurbonlik  qilish  odat  tusiga  kirib  qoldi. 
Magiya,  animizm va fetishizm belgilari  ham mavjud edi.  Mana shunday
29


sharoitda  Islomni  dastlabki  uch  asridagi  holatiga  qaytarishni  tashviqot 
qilib vahhobiylik paydo bo‘ldi.
Muhammad Ibn Abdul Vahhob Ibn Sulaymon -  
vahhobiylik asoschisi
Muhammad  ibn  Abud  Vahhob  ibn  Sulaymon  1703-yilda  Arabiston 
Yarim orolidagi, Najd viloyatining Ayayna shahrida tug‘ildi.  Uning otasi 
qozi  edi.  Muhammad  Abud  Vahhob  10  yoshida  Qur’onni  o ‘qib  chiqadi 
va  12  yoshida  tafsimi  egallaydi,  jamoat  ibodatida  qatnashadi  va 
uylanadi.  “Q o‘shni  davlatlarda”,  ya’ni  Hijoz,  Basra,  Xas,  Bag'dod, 
B"  nadon,  Xalab,  Damashq,  Quddus  va  Qohirada  bo‘ladi.  Makka  va 
Moainani  borib  ko‘radi.  Uni  yoshligidan ustozi Abdullo  ibn Ibrohim  ibn 
Sayfo  hanbaliy  mazhabi  b o ‘yicha  vahdoniyat  (yakkaxudolik)  aqidasi 
bo'yicha  tarbiyaladi  va  bu  sohada juda  ko ‘p  kitoblar  bilan  ta’minladi. 
Ayniqsa,  uning  dunyoqarashida  Ibn  Taymiya  asarlari  katta  rol  o ‘ynadi, 
chunki  Ibn  Taymiya  hatto  hanbalizmning  ham  ba’zi  tomonlarini  inkor 
etuvchi ashaddiy vahdoniyatchi bo‘lib, undan 500 dan ortiq kitob qoldi.
Vahhobiylar  ta’limoti  umumiy  qilib  aytganda,  Islom  mohiyatiga, 
shariatga  asoslangan  bo‘lib,  ular  Islomni  Qur’on  va  hadislar  asosida 
poklashga,  Muhammad  (s.a.v.)  davridagi  (ya’ni  asri  saodatdagi)  asli 
holiga 
keltirishga, 
arablami 
chinakam 
Islom 
bayrog‘i 
ostida 
birlashtirishga harakat qilganlar.  Ular muqaddas joylami  ziyorat qilishni, 
avliyo va mozorlarga sig‘inishni,  zohidlikni qoralaydilar.  Oddiy kiyinish, 
kamtarona  hayot  kechirish,  ayshu  ishratga  va  ko‘p  boylik  to‘plashga 
berilmaslikni  targ‘ib  qiladilar.  Shu  bilan  ular musiqani,  qo‘shiq  aytishni 
qoralab, m a’naviy madaniyatga qarshi chiqdilar.
Vahhobiylikning yuzaga kelishida ingliz josuslik 
xizmatining roli
Yu.Abdullaevning  maqolasida  ta’kidlanishicha,  vahhobiylikning 
paydo  bo ‘lishiga,  hatto  ingliz  josuslik  xizmati  ham  aloqador  ekan. 
Masalan,  turk  islomshunos  olimi  M.Siddiq  Kumushning  1997-yili 
Istanbuldagi  ‘'Haqiqat  kitobi”  nashriyotida  chop  etilgan  “Ingliz 
josusining  aytganlari  yoki  Angliyaning  Islomga  qarshi  dushmanlik 
faoliyati”  kitobida  yozilishicha,  Muhammad  Abdul  Vahhob  tahsil 
olayotgan  vaqtlari  ingliz josusi  Xemper  bilan  uchrashib,  uning  ta’siriga 
tushib  qoladi.  Buyuk  Britaniya  qirolligi  Mustamlakalar  vazirligi  o ‘sha 
yillari  musulmon  Sharq  mamlakatlariga  -   arab,  fors,  turk  tillarini
30


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə