M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

va  har  tomonlama  o ‘rganish,  tahlil  etish  va  zamonaviy  ruhda 
rivojlantirish,  shu  sohada  ilmiy-nazariy  tadqiqotlar  olib  borish,  zamon 
talablari  darajasida malakali  mutaxassis  kadrlar tayyorlashni  ta ’minlash, 
ularga  lozim  bo‘lgan  shart-sharoitlar  yaratish  hamda  ajdodlarimizdan 
qolgan  noyob  manbalar  asosidagi  tadqiq  etilgan  m a’lumotlar  bilan 
xalqimizning  diniy  savodxonligini  oshirish...»1  ekanligi  ta’kidlangan. 
Mazkur  universitetda  hozirgi  kunda  500  dan  ziyod  talaba  dinshunoslik, 
islomshunoslik,  islom  falsafasi,  islom  huquqi,  sharq  va  g ‘arb  tillari, 
jahon 
dinlarini 
qiyosiy 
o ‘rganish 
va 
boshqa  fanlami 
chuqur 
o ‘rganmoqda.  Universitet tarkibida  tashkil  etilgan Islomshunoslik  ilmiy- 
tadqiqot  markazida:  Qur’on,  tafsirlarini  o'rganish,  islom  tarixi  va 
falsafasi,  shariat,  manbashunoslik,  qo‘lyozmalami  o‘rganish  kabi 
b o lim lar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda malakali diniy mutaxassislar tayyorlaydigan bilim 
yurtlaridan  yana biri  Buxorodagi  M ir Arab  madrasasi  sanaladi.  U  1530 
1536-yillarda qurilgan.  Sobiq Sho‘rolar davrida uning faoliyati vaqtincha 
to ‘xtatilgan  va  1945-yilda  yana  qayta  tiklangan.  0 ‘quv  yurtiga  15- 
yoshdan 35-yoshgacha bo‘lgan o ‘rta va to‘liqsiz o ‘rta m a’lumotli kishilar 
qabul qilinadi.
Dunyoviy  umumta’lim  maktablarida  va  boshqa  bilim  yurtlarida 
dinlar  tarixi,  jumladan  Islom  dini  tarixi  -   dinshunoslik  sifatida 
o ‘rganiladi.
1998  yildagi  qonunda  missionerlik  -   ya’ni  biror-bor  din  vakilining 
boshqa  din  vakillari  orasiga  kirib  o ‘z  dinini  targ‘ib  qilishi  taqiqlangan. 
Bunday  holat yuz bersa bunday  shahslarga nisbatan jazo  chorasi ko‘rish 
belgilangan.  Lekin  shunga  qaramay,  ayrim  kimsalar  qonunga  hilof 
ravishda  yurtimizda  missionerlik  faoliyatlarini  yashirin  holda  o ‘zbek 
tilidagi  adabiyotlami,  video  va  audio  kasetalami  tarqatish,  m a’ruza  va 
suhbatlar  orqali  olib  borishga  harakat  qilmoqdalar.  Biz  yoshlar  bunday 
missionerlik  xatti-harakatlarlarga  nisbatan  befarq  bo‘lib  qolmasligimiz 
lozim.  O'qituvchi  talabalarga  Asosiy  Qonunimizning  18,  31,  57  -  
moddalariga, 
«Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar» 
qonunining 
tegishli  moddalariga  yana bir  bor murojat  etishlarini  ta’kidlab  masalaga 
yakun yasaydi.
1  «Халк сузи» газетаси,  1999 йил 8 апрел.
18


3.  Vijdon erkinligi -  diniy e’tiqod erkinligidir
Mazkur  masalaning  bayonini  o ‘qituvchi  vijdon  erkinligining  diniy 
va dunyoviy tomonlariga talabalar e’tiborini qaratishdan boshlashi lozim. 
Din  erkinligi  nuqtai  nazaridan,  vijdon  erkinligi  bu  -   fuqarolaming  u 
yoki  bu  dinga  e ’tiqod  qilish  yohud  hech  qanday  dinga  e’tiqod  qilmaslik 
huquqidir.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  31-moddasida 
qayd  etilganidek,  «Hamma  uchun  vijdon  erkinligi  kafolatlanadi.  Har bir 
inson  xohlagan  dinga  e’tiqod  qilish  yoki  hech  qaysi  dinga  e ’tiqod 
qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy  qarashlami  majburan  singdirishga  yo‘l 
qo‘yilmaydi»  .  Mazkur  qonuniy  kafolatga,  muvofiq,  biron-bir  kishi 
boshqa odamlarga sen u dinga,  sen bu dinga e ’tiqod qilasan.  Sening biror 
dinga  e’tiqod  qilishga  haqqing  yo'q,  Sen  bedinsan  deb  ayta  olmaydi. 
Ayni  paytda  u  yoki  bu  aqidaga  bo‘ysunishga  majbur  eta  olmaydi.  Hech 
kim  dindor  kishini  «Diniy  e’tiqodingizdan  qayting»  deb  majbur  ham 
qilolmaydi.  Bunday  xolatlarga  qonun yo‘l  bermaydi.  Dindor yoki  daxiiy 
bo'lish,  o‘zi  xohlagan dinga  ishonish  yoki hech  qaysi  dinga ishonmaslik 
har  kimning  shahsiy  ishi.  Bu  huquq  0 ‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasining 3 1-moddasida qonun bilan mustahkamlangan.
4. O ‘zbekistonda din bilan munosabatning asosiy tamoyillari
Mustaqitllik  m a’naviy  hayotda  ham  yangilanish  jarayonini,  tub 
o ‘zgarishlar  davrini  boshlab  berdi.  Dinga  bo'lgan  munosabat  tubdan 
o'zgardi:  sobiq  sovet  tizimining  dinga  qarshi  olib  borgan  ateistik 
hujumkor  siyosatiga  barham  berildi,  diniy  qadriyatlar  tiklandi,  vijdon 
erkinligi  qonun  yo‘li  bilan  kafolatlandi.  Din  va  dunyoviy  davlat 
o ‘rtasidagi  munosabat  haqida  gap  borar  ekan,  eng  aw alo,  dinning 
davlatdan  ajratilishi  tamoyilini  ta’kidlash  zarur  bo'ladi.  Bu  haqda 
konstitutsiyamizning 
6 1-moddasida 
shunday 
deyiladi: 
«Diniy 
tashkilotlar  va  birlashmalar  davlatdan  ajratilgan  hamda  qonun  oldida 
tengdirlar.  Davlat  diniy  birlashmalarning  faoliyatiga  aralashmaydi».2
!  Узбекистон Республикаси Конститутцияси. Тошкент, «Узбекистон»; 2003. 8-бет. 
'  Узбекистон Республикаси Конституцияси.-Т.:  Узбекистон, 2003.  13-бет.
14


Bugungi  kunda mamlakatimizda  16  ta diniy konvensiyaga  mansub  2200 
tadan  ortiq  diniy  tashkilot  emin-erkin  faoliyat  olib  bormoqda.  Diniy 
birlashmalar  faoliyatini  tashkil  etish  ulaming  ichki  ishi  hisoblanadi  va 
davlat nazoratidan xolidir.
O'qituvchi  shu  bilan  birga  diniy  tashkilotlar  davlatdan  ajratilgan 
bo‘lsa-da, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini talabalarga 
alohida  ta’kidlashi  zarur.  Din  va jam iyat  hayotidagi  aloqadorlikdan  din 
va  dunyoviy  davlat  munosabatini  belgilovchi  boshqa  bir  tamoyil-  din 
sohasida kechayotgan o'zgarishlami xolis va  ilmiy o'rganish va  shundan 
kelib  chiqib,  ijobiy  jarayonlar  rivojiga  yanada  kengroq  imkoniyat 
yaratish, salbiy holatlaming oldini olishdir.
Davlatning  dinga  bo‘lgan  munosabatini  ifoda  etuvchi  yana  bir 
tamoyil  shundan  iboratki,  davlat dinni xalq m a’naviyatining uzviy  qismi 
sifatida tan oladi.  Shundan kelib chiqib  uning rivoji  uchun tegishli  shart- 
sharoit  yaratishga  harakat  qiladi.  Bunga  asos  qilib  kadrlar  tayyorlash 
milliy  dasturining  asosiy  yo'nalishlaridan  biri  ta’lim  jarayonida, 
yoshlarda 
m a’naviy-axloqiy 
fazilatlami 
qaror 
toptirishda 
diniy 
tashkilotlar  imkoniyatlaridan  foydalanish  ekanini  aytib  o ‘tish  joiz.
I.A.Karimov Ikkinchi chaqitriq Oliy Majlisning o‘n to‘rtinchi sessiyasida 
so‘zlagan 
nutqida 
ta’kidlaganidek, 
«Mamlakatimizni 
demokratik 
tamoyillar, 
ilm-fan 
yutuqlari, 
yuksak 
texnologiyalar 
asosida 
modemizatsiya  qilish  bilan  birga, 
muqaddas  dinimizni, 
milliy 
o ‘zligimizni asrab-avaylab yashashni maqsad qilib qo‘yganmiz»'
0 ‘zbekiston  Respublikasining  din  va  diniy  tashkilotlar  bilan 
munosabati, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
tegishli 
moddalarida aks etgan vijdon erkinligi,  shuningdek,  «Vijdon erkinligi va 
diniy tashkilotlar to‘g‘risida» qonun xalqaro hujjatlardagi talablarga mos 
tuzilganligi bilan ajralib turadi.
Prezident  I.A.Karimov  « 0 ‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida: 
havfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari» 
asarida  O'zbekiston  dunyoviy  davlat  sifatida  rivojlanar  ekan,  din  bilan 
munosabatini 
quyidagi 
tamoyillarga 
asoslangan 
holda 
amalga 
oshirilayotganini ta’kidlagan edi:
1 Каримов И.А. Ватанимиз тинчлиги ва хавфсизлиги уз куч-кудратимизга, халкимизнинг 
букилмас иродасига боглик.-Т.: Узбекистан, 2004. 8-бет.
20


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə