M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

erkinligi  zamirida  shahsning  huquqi,  demokratiya,  adolatparvarlik  va 
insonparvarlik  kabi 
katta  ijtimoiy-siyosiy, 
huquqiy 
va  axloqiy 
tushunchalar  yotadi.  Hozirgi  vaqtda  vijdon  erkinligi  demokratiyaning 
ajralmas  tarkibiy  qismiga  aylangan.  Biz  bu  o'rinda  vijdon  erkinligini 
fuqarolaming  din  erkinligi  nuqtai  nazaridan  izohlashni  maqsad  qilib 
qo‘yganmiz.  Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  masalasi  barcha 
davlatlaming  ijtimoiy  hayotida  muhim  va  shu  bilan  birga  murakkab 
masalalaridan biri bo‘lib kelgan.
Bu  masalada  xalqaro  m e’yorlar  masalasi  haqida  gap  borganida 
o ’qituvchi  BMTning  Ustavidan  tortib,  barcha  xalqaro  hujjat  va 
shartnomalarda,  dunyoviy  davlatlaming  Konstitutsiya  va  qonunlarida 
vijdon  erkinligi  masalasi  o ‘z  ifodasini  topganligiga  talabalar  e’tiborini 
qaratishi  lozim.  1948  yil  10  dekabarda  qabul  qilingan  «Inson  huquqlari 
umumiy deklaratsiyasi»ga muvofiq har bir inson erkin fikrlash,  vijdon va 
din  erkinligi  huquqiga ega.  Bu  huquq  o ‘z  dini  va  e’tiqodini  o ‘zgartirish 
erkinligini,  diniy  ibodatlarni  bajarishda  va  diniy  marosimlarda  yakka 
tartibda  va  odamlar  bilan  birgalikda  qatnashish  erkinligini  o ‘z  ichiga 
oladi.
«Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g“risidagi  xalqaro pakt»  ning  18- 
moddasida  esa,,  «Din  yoki  e’tiqodga  sig‘inish  erki  qonunda  belgilab 
qo‘yilgan  va  jamoat  havfsizligini  saqlash,  tartib,  sihat-salomatlik  va 
axloq-odobni  saqlash  uchun,  ayni  vaqtda  boshqa  shahslaming  asosiy 
huquqlari 
va 
erkinliklarini 
saqlash 
uchun 
zarur 
boMgan 
cheklashlargagina nozil  bo'ladi», - deb ta’kidlangan.
Din  va  vijdon  erkinligi  to"g‘risida  xalqaro  hujjatlardagi  yana  bir 
muhim  masala  -   turli  dunyoqarash  va  e’tiqodda  bo'lgan  kishilar 
o‘rtasidagi,  davlat,  din,  diniy  tashkilotlar  bilan  davlat  o'rtasidagi 
munosabatlaming  amalda  huquqiy  ta’minlanishini  ham  nazarda  tutadi. 
Shu  o‘rinda,  bu  masalaning  milliy  g‘oyamizning  asosiy  tamoyillarida, 
Yurtboshimizning  qator  asarlarida  o ‘z  yechimini  topganligiga  talabalar 
e’tiborini qaratish muxim ahamiyat kasb etadi.
2. 0 ‘zbekistonda vijdon erkinligining konstitutsion  kafolatlanishi
Vijdon  erkinligining  kafolatlari  ko‘p  qirralidir.  Bu,  avvalo, 
dinlaming  va  diniy  tashkilotlaming  davlatdan  ajratilganligi;  barcha
12


fuqarolar  uchun  ulaming  dinga  e ’tiqod  qilish  yoki  qilmasligidan  qat’i 
nazar  maorif  va  madaniyat  maskanlari  eshiklarining  ochiqligi; 
maktabning  dindan  va  diniy  tashkilotlardan  ajratilganligi;  dindorlaming 
diniy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  zarur  bo ‘lgan  sharoitlaming  yaratib 
berilganligi va boshqalardan iborat.
Mamlakatimiz  fuqarolarining  Vijdon  erkinligi  huquqini  ta’minlash 
va  kafolatlashga  xizmat qiluvchi  «Vijdon  erkinligi  va diniy tashkilotlar» 
to‘g ‘risidagi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
qonuni 
birinchi 
bor 
mustaqilligimiz  e’lon  qilinishidan  ikki  yarim  oy  ilgari  1991-yil  14 
iyunda qabul qilingan.  Shu  o‘rinda ushbu qonunning MDH mamlakatlari 
ichida  birinchi  bo‘lib  0 ‘zbekistonda  qabul  qilinganligiga  ham  alohida 
talabalar e ’tiborini qaratish lozim.
1991-1999-yillarda mamlakatimizda din niqobi ostida sodir etilgan 
jinoyatlar  ko‘paya  boshladi,  natijada  vaziyat  keskinlashdi.  Ayrim 
kimsalarning  o ‘z  siyosiy  manfaatlarini  amalga  oshirish  uchun dindan va 
diniy tashkilotlardan foydalanishga urinishlari kuchaya boshladi.
Bunday  sharoitda  dinning  va  diniy  tashkilotlaming  jamiyatdagi 
o ‘mini  yana  bir  karra  aniqlab  olish  ehtiyoji  tug‘ildi.  Mamlakatimizda 
aholining  m a’naviyatini  rivojlantirishga  xizmat  qilayotgan,  vijdon 
erkinligi  va e’tiqodini  amalga oshirishda muhim o ‘rin egallagan «Vijdon 
erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  to‘g ‘risida»  gi  Qonunni  takomillashtirgan 
holda  yangi  tahrirda  qabul  qilish  zamrligini  hayot  taqozo  etmoqda  edi. 
Shu  maqsadda  1994-yilda  bu  qonunga  m a’lum  o ‘zgarishlar  kiritildi. 
Shundan  so‘ng  mazkur  qonunni  qayta  tayyorlash  jaryonida  Qonundagi 
ko‘p  normalar  mazmunan  boyitildi,  ulaming  b a’zi  birlari  taqiqlovchi 
xususiyatga  ega  bo‘ldi.  Chunki  ayni  paytda  tashqaridan  davlatimiz 
hududiga  kirib  kela  boshlagan  turli  norasmiy  diniy-siyosiy  ekstremistik 
oqimlar,  partiya,  yo‘nalish  va  mazhablar  faoliyatini  to‘xtatishga  ehtiyoj 
sezilgan  edi.  Shu  bois bu  Qonun  1998  yilning  1  mayida Oliy  Majlisning 
Xl-sessiyasida yangi tahrirda qabul qilindi.
Yangi  tahrirdagi  bu  qonun  avvalgisidan  har  bir  moddasining 
aniqligi  va  lo‘nda  yozilganligi  bilan  farq  qiladi.  Ilgari  30  moddadan 
iborat bo‘lgan mazkur qonun ihchamlashtirilib 23 moddaga keltirildi.
Mazkur  qonunda,  avvalo,  har  bir  fuqaroga  mustaqil  ravishda, 
biron-bir  tarzda  majburlashsiz  o'zining  dinga  munosabatini  belgilash, 
dushmanlik  va  adovat  uyg‘otish,  ulaming  diniy  yoki  dahriylik  e ’tiqodi
13


munosabati  bilan  bog‘liq  xis-tuyg‘ularini  haqorat  qilish  mumkin 
emasligi 
belgilab 
qo‘yilgan. 
Shuningdek,, 
muqaddas 
qadamjo 
hisoblangan  diniy  inshootlar  -   masjid,  madrasa,  maqbaralami  oyoqosti 
qilish  qonunga  muvofiq  jazolanishi,  hech  kimning  o ‘zining  diniy 
e ’tiqodiga  ko'ra,  qonunda  belgilangan  majburiyatlarini  bajarishdan 
bo‘yin tovlashi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi.
Qonunning  5-moddasi  «Dinlaming  va  diniy  tashkilotlaming 
davlatdan  ajratilishi»  deb  yuritiladi.  Bu  qanday  m a’noni  anglatadi?  Bu 
degani  -   mamlakatimizda  dinlar  va  diniy  tashkilotlar  davlat  ishiga 
aralashmaydi,  ayni  paytda  esa,  davlat  diniy  tashkilotlaming  va 
dindorlaming  qonunlarga  zid  bo'lmagan  faoliyatiga  aralashmaydi, 
jamiyatda davlat o ‘z vazifasini va din ham o ‘z vazifasini bajarishi lozim.
Davlat  dindor  fuqarolarning  diniy  e ’tiqod  va  haq-huquqlarini 
qanchalik  hurmat  qilsa,  dindorlar  ham  davlat  qonunlarini  va  siyosatini 
shunchalik  hurmat-ehtirom  qilishlari  shart.  Diniy  tashkilotlar  davlatdan 
ajratilgan  bo ‘lsa-da,  ular jamiyatdan  ajratilmagan.  Binobarin,  dindorlar 
va  diniy  tashkilotlar  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  qatnashish 
huquqiga egadirlar.
Shu  o'rinda  talabalaming  diniy  tashkilot  nima  ekanligi,  uning 
maqomlari  qandayligini  bilib  olishlari  ham  foydadan  holi  emas.  Diniy 
tashkilot  -   diniy  ehtiyojlami  birgalikda  qondirish  yoki  qondirishga 
ko‘maklashish  maqsadida  tuziladigan  va  diniy  marosimlami  ado  etish 
asosida ish ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o ‘z-o‘zini boshqaruvchi 
uyushma.  U  ayni  vaqtda  fuqarolarning  vijdon  erkinligini  kafolatlovchi 
tuzilmalardan  biri  sanaladi.  Diniy  tashkilotlaming  eng  muhim  belgisi 
ulaming  o ‘z-o‘zini  boshqarishidir,  ya’ni  ular  m a’muriy  jihatdan  davlat 
idoralaridan ajratilgan.
Diniy  tashkilotlar  o ‘z  Nizomlariga  asosan  mustaqil  ish  olib 
boradilar.
Yangi  taxrirdagi  qonunga  binoan  diniy  tashkilot  0 ‘zbekiston 
Respublikasining  18  yoshga  to'lgan  va  respublika  hududida  doimiy 
yashayotgan  100  kishidan  kam  bo'lmagan  fiiqarolar  tashabbusi  bilan 
tuzilishi  mumkin.  Tuzilgan  uyushma  va  tashkilotlar  Respublika  Adliya 
vazirligi  tomonidan,  joylarda  tegishli  viloyat,  tuman,  shahar,  qishloq 
hududida bo ‘lgan adliya boshqarmalari tomonidan ro'yhatga olinadi.
14


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə