M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39

1. Dindorlaming diniy tuyg‘ularini  hurmat qilish;
2.  Diniy  e ’tiqodlarni  fuqarolaming yoki  ular uyushmalarining xususiy 
ishi deb tan olish;
3.  Diniy  qarashlarga  amal  qiluvchi  fuqarolaming  ham,  ularga  amal 
qilmaydigan  fuqarolaming  ham  huquqlarini  teng  kafolatlash  hamda 
ulami ta’qib qilishga yo‘I  qo'ymaslik;
4.  Ma’naviy  tiklanish,  umuminsoniy  axloqiy  qadriyatlami  qaror 
toptirish  ishida  turli  diniy  uyushmalaming  imkoniyatlaridan  foydalanish 
uchun ular bilan  muloqot yo‘llarini  izlash zarurati;
5.  Dindan  buzg‘unchilik  maqsadlarida  foydalanishga  yo‘l  qo‘yib 
boMmasligini  e’tirofetish.
0 ‘qituvchi  talabalarga  Prezident  I.A.Karimovning  « 0 ‘zbekiston
XXI  asr  bo‘sag‘asida:  havfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va 
taraqqiyot  kafolatlari»  asarining  diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm 
masalasiga  bag‘ishlangan  alohida  paragrafidagi  xulosalarga  murojaat 
etishlarini ta’kidlab mavzuga yakun yasaydi.
5.Mustaqillik:  dinga va diniy tashkilotlarga  munosabatning 
o‘zgarishi
O‘zbekiston  mustaqillikka erishgach,  dinga  va  diniy  tashkilotlarga 
munosabat  tubdan  o‘zgaidi. 
Bu  o ‘zgarishlarning  mohiyatini  va 
ahamiyatini  teran  anglab  etmoq  uchun  sobiq  Sho‘ro  davrida  dinga  va 
diniy  qadriyatlarga  nisbatai  boMgan  salbiy  munosabatni  bilish  bizni 
o^ylash va fikr yuritishga, r.iustaqillikning qadrini anglashga yo‘l!aydi.
Sobiq  Sho‘ro  davrida  «Din  xalq  uchun  afyundir»,  «Din  m a’naviy 
og‘uning  bir  turidir»  des;an  g ‘oya  asosida  dinga  ateistik  yondoshuv 
shakllangan  edi.  Bu  esa,  amalda  fuqarolaming  vijdon  erkinligini 
kamsitish,  diniy  qadriyatlarga  nisbatan  ma’lum  ma’noda  salbiy 
munosabatning 
shakllanishiga 
olib 
kelgan 
edi. 
Kommunistik 
mafkuraning  yalovbard orlari  deyarli  70-yil  mobaynida  daxriylikka 
asoslangan  jamiyatni  q m sh g a   harakat  qildilar.  Oqibatda  halqimizning 
ma’naviy  boyligi  bo'igan  diniy  ruhdagi  kitoblar  xalq  ko‘zidan 
yashirildi,  ko'plari  yo' qotildi.  Din  ravnaqi  yo‘lida  zahmat  chekkan  Al-
21


Buxoriy,  At-Termiziy,  Baxouddin  Naqshband,  Moturudiy,  Zamaxshariy 
kabi  o‘nlab  buyuk  bobokolonlarimiz yaratgan  m a’naviy  meros  reaktsion 
madaniyat deb qoralandi.
Diniy-ma’muriy  obidalar,  ulug1  allomalar  mangu  uyquga  ketgan 
maqbaralar  qarovsiz,  tashlandiq  holga  kelib  qoldi.  Bunga  istagancha 
misol topiladi.
Mustaqillik  tufayli  0 ‘zbekiston  fuqarolari  uchun  tom  ma’nodagi 
vijdon erkinligi ta’minlandi.
Milliy  va  diniy  qadriyatlarimiz  qayta  tiklandi  va  tiklanmoqda. 
Jumladan  Ramazon  va  Qurbon  xayitlari  1990-yildan  boshlab  har  yili 
ommaviy ravishda, emin-erkin bayram  sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Diniy-ma’rifiy  sohada  Imom  Buxoriy,  Imom  Moturudiy.  Imom  at- 
Termiziy,  Baxouddin  Naqshband,  Burxoniddin  MargMnoniy  va  boshqa 
ulug‘  mutafakkirlarimizning yubileylari  o'tkazildi.
Mustaqillik  tufayli  respublikamiz  fuqarolari  Haj  safariga  borish, 
muqaddas  qadamjolarni  ziyorat  qilish  imkoniga  ega  boMdilar.  Agar 
o ‘tmishda  sobiq  Sho‘ro  bo‘yicha  har  yili  25—30  kishi  Hajga  borgan 
bo‘Isa,  1991-yilda  O'zbekistondan  1500  kishi,  2003-yilda  3800  nafar 
kishi  Haj  ibodatini  bajarish  imkoniga ega  boMdi.  Mustaqillikning o ‘tgan 
o‘n  uch  yili  davomida ja ’mi  48000  dan  ortiq  yurtimiz  fuqarolari  Haj  va 
Umra kabi  diniy farzni  ado qilish  imkoniga ega boMdilar1.
Mavzuni  yoritishda  mustaqillikkacha  x>r-yo‘gM  2  ta  diniy  o ‘quv 
yurti  faoliyat  ko‘rsatgan  boMsa,  hozirda  u lan in g   soni  10  taga  etganiga 
talabalar  e’tiborini  qaratish  zarur.  Imom  al-E’>uxoriy  nomidagi  Toshkent 
Islom  institutini 
1975—1990-yillar  orasid.t  153  kishi,  Mir  Arab 
madrasasini  1950—1990-yillarda  272  kishi  b.tirgan  boMsa,  1991-2003- 
yillar  orasida  ulami  4732  kishi  bitirib  chiqc'i.  Bu  imomlarning  diniy 
ma’lumot  darajasi  keskin  oshganligini  ko‘rsatadi.  Mustaqillik  yillari 
o‘rta-maxsus  diniy  m a’lumotga  ega  boMgan  imomlar  ulushi  2,6  foizdan
1  Каранг. Жураев У.. Санджонов Й.  Дуне динлари тарнхи. «II  арк» нашриёт-манбаа 
концернининг бош тачририяти. Тошкент,  1998.,  13-бет.
22


47  foizga,  oliy  diniy  ma’lumotga  ega  bo‘lganlarning  ulushi  1,6  dan  23 
foizga o'sdi.
O'tgan  yillar  davomida  xalqimizning  m a’naviy  boyligi  bo‘lgan 
noyob  manbalarni  tizimli  o‘rganish  yoMga  qo‘yildi.  Ularning  natijasi 
o'laroq,  Imom  Buxoriyning  hadislar  to‘plami  4  jildda,  Burxoniddin 
Marg’inoniyning  «Al-Hidoya»si,  Imom  at-Termiziyning  «Sunan  at- 
Termiziy»  asarlari  o'zbek  tilida  ilk  bor  nashr  etildi.  Muqaddas  Qur'oni 
karim ma'nolarining tarjimasi 2 marotaba nashr etildi.
Buyuk  diniy  ulamo  va  mutafakkirlaming  yubileylari  muntazam 
o‘tkazilib 
kelinmoqda, 
maqbaralari 
ta’mirlanib 
xalqimizning 
ziyoratgohiga 
aylantirilmoqda. 
Chunonchi 
1993-yilda 
Baxouddin 
Naqshband  tavalludining  675-yilligi;  1995-yilda  Najmiddin  Kubro 
tavalludining  850-yilligi;  1998  yilda  Imom  Buxoriyning  1225-yilIik;
2000-yilda 
Imom 
Moturudiyning 
1130-yilligi 
va 
Burxoniddin 
Marg'Mnoniyning  910-yilligi;  2001-yilda  «Avesto»  yaratilganligining 
2700-yiIligi; 
2003-yiIda 
Abduxoliq 
G ‘ijduvoniyning 
900-yillik 
yubileylari 
nishonlangan  bo'lsa,  2004-yilda  Hoja  Axror  Valiy 
tavalludining  600-yilliklari  nishonlandi.  Mana  shulaming  hammasi 
mustaqillik  yillari  0 ‘zbekistonda  vijdon  erkinligi,  din,  diniy  tashkilotlar 
va  dindorlarga  nisbatan  davlat  siyosatida  tub  o ‘zgarish!ar  boMganligini 
isbotlovchi  dalillardir.
Mustaqillik  yillari  dinning  jamiyatdagi  mavqei  tiklandi,  barcha 
diniy  uyushmalarga,  mazhab  va  jamoalarga  qonun  doirasida  ochiq  va 
dahlsiz faoliyat imkoniyati yaratildi.
O'zbekiston  ko‘pmillatli,  ko‘p  konvensiyali  davlatdir.  Yurtimizda 
130  dan  ortiq  millat  va  elat  vakillari  yashab,  turli  dinlarga  e’tiqod 
qiladilar. 
Bunday  sharoitda  diniy  bag‘rikenglik  mamlakatimizda 
qurilayotgan  demokratik  jamiyatning  asosiy  tamoyillaridan  biri  bo‘lib 
qolayotganligi tabiiy xoldir.
23


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə