M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39

mukammal  biladigan.  o ‘zini  musulmon  deb  yuritadigan  ko‘plab 
josuslami yuborgandi.  Keyinchalik, Xemper o'z xotiralarida Muhammad 
Abdul  Vahhobni  qanday  uchratganini  va  uni  o 'z   manfaatlari  yoMida 
foydalanish uchun q o ig a  olganligini yozadi.
Muhammad  Abdul  Vahhob  Basrada  boMgan  chogMda  dastlab 
“haqiqiy  vakkaxudolikka"  qaytishni  targMb  qila  boshlaydi,  lekin  u 
yerdan  quvib  yuboriladi.  1726-27-yillarda  Huraymilda  yashab,  o ‘z 
g ‘oyalarini targMb  qilishga  tushadi  va hatto  otasi bilan arazlashib  qoladi. 
Ko'p  oMmay  Bag‘dodga  ketadi  va  u  erda  boyvuchcha  xotinga  uylanadi, 
lekin  u  xotin  to‘satdan  vafot  etib,  butun  boyliklar  Muhammad  Abdul 
Vahhobga  qoladi.  Shundan  keyin  u  Isfaxon  va  Qum  shaharlariga  borib 
Islom  falsafasini  o ‘rganadi  va  Ibn  Hanbalning  g'oyalariga  butunlay 
beriladi.
Yuqorida kitobda yozilishicha, asta-sekin Xemper yigit ongida islom 
aqidalari  mustahkamligiga  ham  shubha  uyg‘ota  boshlaydi.  Masalan, 
ro ‘za  tutish  va  besh  vaqt  namoz  o‘qishni  doim  ham  shart  emasligi  kabi 
“fikri Qalat” xatti-harakatlarlami uqtiradi.
“Namoz  o ‘qishdan  kuzatilgan  maqsad  Ollohni  yodga  olishdir,  - 
deydi  u  Muhammad.  Demak,  namoz  o'rniga  faqat  Ollohning  nomini 
cheksiz takrorlab,  salovat aytsa ham boMaveradi'’.
Bir  kuni  Xemper  Muhammad  Abdul  Vahhobga:  “Yo  Olloh!  -  deya 
hayajon bilan murojaat qiladi, - Ollohning amri bilan shu kecha tushimda 
janobi 
Payg‘ambarimiz 
Muhammad 
Mustafo 
sallollohu 
alayhi 
vassallamni  ko‘ribman.  U  kishi  taxti  muborakda  o ‘tirganmishlar. 
Atroflarida  chahoryorlar,  sahobalar,  ulamolar.  Shu  pallada  sen  kirib 
kelding.  Yuzingdan  porloq  nur  taralardi.  Payg‘ambarga  yaqinlashding. 
Shunda ul zot o'rinlandan turib peshonangdan o ‘pdi  va:
-  Ey  mening  adashim,  birodarim,  -  dedilar,  -  Sen  mening 
davomchim, diniy va dunyoviy ishlarda xalifam boMgaysan!
-  Yo  Ollohning  rasuli!  Men  taMimotimni  odamlarga  targMb  qilgani 
cho‘chiyapman!  -  deya javob qilding.
Payg'ambarimiz esa,:
-  Sen  barcha  buyuklardan  buyuksan!  Cho‘chima!  -   deya  lutf 
qildilar”.
Bu yolg‘on  tushni  eshitgan  Muhammad  Najdiy  go‘yo  qanot bogMab 
samoga  parvoz  qiladi  va  o ‘zini  mujtahid-Islomda  ijtihod  huquqiga  ega
31


bo‘lgan,  ya’ni  mustaqil  ravishda  diniy-aqidaviy  masalalar  bo‘yicha 
xulosa bera  oladigan va hukm  chiqara  oladigan  shaxs,  deya  e ’lon  qiladi. 
Bu  esa,  islomiy  masalalarda  muslimlar  ongida  o ‘zgartirish  yaratish 
uchun bag'oyat qulay omil edi.
Xemper  asta-sekin  bu  yigitning  qo'ltig'iga  kirib,  ongidagi  islomiy 
e ’tiqodni  bid’at  bilan  almashtirishga  harakat  boshlaydi.  Islomni  chuqur 
o ‘rgangan  josus  go‘r,  ammo  o ‘zini  shariat  ilmining  eng  buyuk 
bilimdonlaridan hisoblovchi mullavachchani turli yo‘llar bilan aynitishga 
kirishadi.  Masalan,  aroniylar  orasida  mavjud  bo'lgan  siyqa-nikoh 
an’anasini  dalil  qilib,  yigitni  biror  ayol  bilan  vaqtincha  birga  yashashga 
undaydi.
Xemper  Muhammadni  yana  bir  ingliz  josus  ayoli  Sofya  bilan 
tanishtiradi.  Sofya  ham  musulmon  ayoli  qiyofasida  Basrada  razvedka 
ishlari  bilan  shug‘ullanadi.  Muhammad  Abdul  Vahhob  Basra  va 
Damashq  shaharlarida  tahsil  olib  qaytgach,  ona  yurtida  uch  oy  chillada 
o ‘tiradi. Uch oy hamma tomoni o ‘rab tashlangan uy ichida yakka-yolg‘iz 
xudoga  toat-ibodat  qilib  vaqt  o ‘tkazadi.  Yurtdoshlari  uni  katta  bilim 
egasi  -   islomiy  olim,  ulamo,  deya  bilganlar.  Ingliz  razvedkasi 
topshirig‘iga  muvofiq  Xemper  uni  shu  yerdan  ham  izlab  topadi. 
Muhammad  Xempemi  o ‘zining  quli  deb  aytadi  va  doim  yonida  olib 
yuradi.  Muhammad  Abdul  Vahhob  madrasa  ko‘rgan  olim,  mujtahid 
sifatida  eldoshlari  orasida  birmuncha  obro‘  qozongach,  taxminan, 
milodiy  1730-1740-yillar  o‘z  aqidalarini  ommaviy  tashviq  qilishga 
kirishadi.  Xempeming yozishicha, u Muhammad Abdul  Vahhobni pul va 
boshqa narsalar bilan ta’minlab  turgan.  Ba’zi  va’zlardan  keyin  g‘azabga 
kelgan 
musulmonlar 
yangi 
dohiyni 
o ‘ldirish 
maqsadida 
unga 
tashlanishgan  ham.  Shunda  Xemper  Muhammad  Abdul  Vahhobni 
muhofaza qilish uchun tanqo‘riqchilar yollagan.
Vahhobiylikning kelib  chiqishini tushuntirar ekanmiz,  Islom olamini 
bo ‘lib  tashlashda  va  “nifoq  solu  hukmronlik  qil”  degan  aqidani  doimo 
olg‘a  surib  kelgan  mustamlakachilaming  siyosiy  nayranglariga  alohida 
e’tibomi  qaratish  va  uni  yurtimiz  tarixi  bilan  bog‘lashimiz  lozim. 
Talabalar  ongiga  singdiradigan  g ‘oyalar  doimo  “bu  harakatlar,  bu 
oqimlar  kimga  xizmat  qiladi,  ulaming  orqasida  kim  turibdi,  xalqimizga 
qanchalik  foydasi  bor”,  degan  oddiy  haqiqatni  anglab  olishga 
yo‘naltirilgan bo'lishi kerak.
32


Vahhobiylikning  Islomga  har  qanday  “yangilik”  kiritilishiga 
qarshi faoliyati. Biz ushbu savolni o'rganishga kirishar ekanmiz, oldingi 
darslarda  foydalanilgan  adabiyotlardagi  fikrlami  davom  ettirib,  Islomda 
“yangilik  nima?”  degan  savolga javob  topishimiz  zarur.  Shuning  uchun 
“ijmo” ’  so‘zining  m a’nosini  talabalarga  tushuntirib  berishimiz  va 
hanafiylikning  qanday  kelib  chiqqanini  izohlashimiz  lozim.  Bunda 
Qur’oni  Karim  va  hadislar  kishilik  jamiyati  duch  keladigan  ko‘plab 
muammolarga  to‘la  javob  bera  olislmi  aytishimiz  va  undan  unumli 
foydalanish lozim.
Shuningdek,  vahhobiylikning  asosiy  g ‘oyalari  A.M.Vasilevning 
“Puritane 
islama?” 
kitobida 
ancha 
batafsil 
yoritilgan 
va 
Yu.Abdullaevning  “Maqsad  asli  nima  edi?”,  H.Hotamov,  S.Hnar, 
Sh.Hamroevlarning  turkum  maqolalarida  bir  qator  qo‘shimchalar 
keltirilgan.
Vahhobiylar  o ‘z  davrida  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  sharoitdan 
kelib  chiqib  g ‘oyalarini  ilgari  surdilar.  Birinchi  navbatda,  Islomga 
kiritilayotgan  yangiliklarga  (ijmo’ga),  ya'ni  Qur’on  va  hadisda 
bo'lmagan masalalarni ruhoniylar fatvosi bilan hayotda qo'llashga qarshi 
chiqadi.  “Islomga  yangiliklar  kiritish  eng  katta  gunohdir”,  -  deydi 
Muhammad  Abdul  Vahhob  o ‘zining  islom  jamoalari  qarshiligiga 
uchragan “Kitob al-Tavhid” asarida.
Muhammad  Abdul  Vahhob  Islom  uchun  faqat  Qur’on  va  sunnaga 
itoat  etishgina  farz,  deb  biladi,  shuningdek,,  Abu  hanifa,  Imom  Ahmad 
ibn  hanbal,  Imom  Molik  ibn  Anas,  Imom  Muhammad  ibn  Idris  ash- 
Shofe’iy kabi to 'rt mazhab peshvolari ta’limotini e’tirof etsa-da,  ulaming 
ko‘pini  qattiq  tanqid  qiladi,  ulardan  boshqa  islom  nazariyachilarining, 
hatto  payg‘ambar  avlodlari-ning  aytganlari,  shuningdek,,  hadislarda 
keltirilgan  yo‘l-yo‘riqlaming k o ‘pi bekordir,  deya ta’kidlaydi.  Lekin  Ibn 
Taymiya va Ibn al-qayyum ta’limotini to‘la quwatlaydi.
“Muhammad  payg‘ambar  muslimlarga  faqat  Qur’on  va  sunnani 
qoldirdim,  deganlar,  biroq  avlodlarim  va  mazhablar  imomlarini  ham 
qoldirdim  demaganlar,  -  deya  mulohaza  qiladi  u,  -  demak,  musulmon 
odam sahobalar, ulamolar va muhaddislaming fxkrlariga qanchalik qarshi 
chiqmasin, baribir Qur’on va sunna talablariga muvofiq komil musulmon 
b o iib  qolaveradi”.
33


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə