M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39

Xempeming  aytishicha,  Muhammad  Abdul  Vahhob  muhaddislar, 
ayniqsa  Imom  al-Buxoriyning  “Sahih  al-Buxoriy”  siga  ancha  qattiq 
hujum qilgan  va unda keltirilgan  hadislaming  yarmi soxta va befoydadir 
deya isbotlashga uringan.
Yakkaxudolikning targ‘ib qilinishi va bu sohadagi amaliy 
faoliyatlari.
Vahhobiy laming 
g'oyasi 
vahdoniyat 
(yakkaxudolik)ni 
mustahkamlash  edi.  Ular:  “Ollohdan  boshqa  hech  kim  marhamat 
ko‘rsatmaydi,  madad  bermaydi,  farishtalar,  payg'ambarlar  (Ollohning 
vakillari),  muqaddas joylar,  avliyolar  musulmonlaming  gunohlari  uchun 
Olloh  oldida  himoyachi  bo ‘la  olmaydilar”,  -  deb  ta’kidlashni  xush 
ko‘rardilar.  Ulaming fikricha, musulmonlar yakkaxudolikka amal qilmay 
qo‘ygan.
Musulmonlar  muqaddas joylarga  ziyoratga  boradilar,  u  erda  sadaqa 
beradilar,  qurbonliklar  qiladilar,  ulardan  yordam  so‘rab  iltijo  qiladilar, 
ular muqaddas joylar  yaxshilik  yoki  yomonlik  qiladilar  deb  ishonadilar. 
Hatto toshlar va o ‘simliklarda Ollohning qudrati bor, deb sig‘inadilar.  Bu 
narsa  yakkaxudolikka  ziddir,  deb  ta’kidlaydilar.  Payg'ambaming 
sahobalari  va  boshqa  safdoshlarini  yuqori  ko‘tarish  shart  emas,  ulaming 
qabrlari  ustiga  maqbaralar  qurish  shart  emas,  qabristonlami  obod  qilib, 
ulami sanamlarga aylantirish,  qabrlarga  yodgorlik qo'yish mushriklikdir, 
deb hisoblaydilar.
“Hamma narsaning yaratguvchisi yakkayu yagona Ollohdir.  Ollohga 
berilgan  99  ism,  payg‘ambar,  chahoryorlar,  avliyolarga  sig‘inish  asli 
bid’atdir!  Dinimizni  Muhammad  davridagi  holiga  keltirish,  arablami 
chinakam Islomning yashil bayrog'i ostida birlashtirish lozim.  Islomning 
asosida  vahdoniyat,  ya’ni  yakkaxudolik  yotadi.  Shu  bois  muqaddas 
joylam i  ziyorat  qilish  avliyolar  va  mozorlarga  sig‘inish,  zohidlik  ayni 
kufrdir!” deb jar sola boshladilar.
Vahhobiylaming 
payg‘ambarimiz 
Muhammad 
alayhissalomga 
alohida  g ‘arazli  munosabati  bor  edi. 
Ular  Muhammad  Olloh 
payg‘ambarlik  vazifasini  yuklagan  oddiy  odam,  deb  hisoblardilar. 
Payg‘ambami  ilohiylashtirish mumkin emas, unga  sig‘inish,  undan narsa 
so‘rash,  uning  qabriga  sig‘inish  kerak  emas,  lekin  hech  narsa  so‘ramay 
qabmi  ziyorat  qilish  mumkin,  deb  hisoblashgan.  Payg‘ambami
34


yordamga  chaqirish,  undan  homiylik  qilishni  so‘rash  mumkin  emas. 
Ammo  qiyomatda  musulmonlar  uchun  Olloh  oldida  himoyachi  bo'lishi 
mumkin. 
Uning 
nomi 
bilan 
bog‘langan  joylami 
masjidlarga, 
ziyoratgohlarga  aylantirish  mumkin  emas,  kimki  bunga  amal  qilmasa, 
Ollohga shirk keltirgan bo'ladi, deb tashviqot qilishardi.
Najd  o‘lkasi  masjid  va  madrasalar  minbarlarida  ovozi  baland,  yosh 
mujtahidning  va’zlari  tez-tez  yangray  boshladi.  Tevarak-atrofida  uning 
izdoshlari, shogirdlari ko‘paydi.
“Ey  musulmonlar!  Nega  avliyolar  maqbaralarini  hojasi  etagini 
o ‘ngan qullarday ko‘z yosh ila tavof etasiz? Axir ular ham siz va biz kabi 
oddiy musulmonlar-ku!  Axir,  payg'ambarimiz yolg‘iz Ollohgagina najot 
izlab  murojaat  eting  demaganmidilar?!  Makka  va  Madinada  serhasham 
ziyoratgohlar  nechun? 
Dini  Islomni  o ‘z  g ‘arazli  manfaatlariga 
moslashtinb  olgan  soxta  avliyolar  ta’siridan  saqlaning!  Ulaming 
kitoblarini  o ‘qimang  va  ularga  ergashmang?  Ollohgagina  ibodat  qiling! 
Islomdagi  to‘rtala  mazhabning  hammasi  bid’at!  Ularga  ergashganlar, 
kofirdirlar.  Payg'ambarga  ibodat  qilmangiz,  zero  u  siz  bilan  Olloh 
o‘rtasidagi  elchi,  xolos.  qiyomat  kuni  kimga  qanday  jazo  berish  faqat 
Ollohning  ishi.  Muhammad  sizga  shafoat  qilishi  mumkin.  Ollohdan 
o ‘zgaga  ibodat  qilganlar -  mushrikdirlar!”  kabi  va’zlar ko‘plarga  ta’sir 
qila boshladi.
Vahhobiylarning 
kurash 
ob’ektlaridan 
yana 
biri 
sehrgarlik, 
afsungarlik,  duoxonlik, jodugarlik,  avroqchilik,  folbinlik va  hakozolarga 
qaratilgan  edi.  Ular  turli  xil  ins-jinsdan,  ko‘zdan  asrovchi  tumorlami 
taqib yurishga ham qarshi chiqishdi.
-  Chin  musulmonlar  zebu  ziynat  taqmasliklari,  oddiy  kiyinishlari 
darkor.  Zero,  payg‘ambarlarimizning o ‘zlari  sodda,  xalqona kiyinganlar. 
Kamtar  -   xokisor  boiing!  Aysh-ishrat,  dabdabaga  berilish  kufrlikdir! 
Umrini  xudo  yo'liga  emas,  balki  boylik  to‘plashga  bag‘ishlaganlaming 
joyi do‘zaxdir!  Yagona Ollohga  ibodat qiling va undan qo‘rqing!  Musiqa 
tinglash  va  qo'shiq  aytish,  rasm  chizish  va  boshqa  engiltakliklar  gunohi 
azimdir!
-  Vahhobiylar  kimlar  o'zlariga  qo‘shilsa  barcha  majburiyat  va 
qarzlaridan  ozod  bo‘ladilar,  deb  e ’lon  qildilar,  natijada  ulaming 
tarafdorlari  ancha  ko‘paydi.  Vahhobiylar  tamaki  va  nasha  chekishni,
35


musiqa  chalish,  qo‘shiq  aytishni,  raqsga  tushishni,  rasm  chizishni,  ipak 
kiyimlar kiyishni, katta bayramlar o ‘tkazishni ta’qiqladilar.
Filologiya  fanlari  doktori,  professor  hoji  Ismatulloh  Abdulloh 
shunday  yozadi:  “Vahhobiylar  ta’limotida  hayotdagi  ba’zi  salbiy 
illatlarga  qarshi  kurashish,  mol-dunyo,  hirsu  havodan  voz  kyechish, 
Islomga  zid  urf-odatlardan  tiyilish,  halollik,  poklik  kabi  ijobiy  g ‘oyalar 
borligini  inkor  etish  adolatdan  emas”  (“0 ‘zbekiston  ovozi”,  1998  yil  5 
mart). Darhaqiqat, har qanday ta ’limot xalq orasiga singishi uchun ijobiy 
xislatlarga  ega  bo‘lishi  lozim  yoki  o ‘sha  muhitdagi jamiyatni  boshqarib 
turgan  qatlamning  manfaatlariga  mos  kelishi  kerak.  Aks  holda,  bu 
ta’limotning  beshikdaligidayoq  janozasi  o ‘qiladi.  Vahhobiylik  o ‘z 
davrida  ham  ichkaridagi  hukmron  sinflar,  ham  tashqaridagi  qudratli 
kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Lekin  uning  ba’zi  ijobiy  tomonlari  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotni, 
m a’naviy  yuksalishni,  madaniy  rivojlanishni  bo‘g‘ib  qo'yadigan,  eng 
muhimi,  uni  niqob  qilib,  hokimiyatga  intilishini  keltirib  chiqaradigan 
salbiy tomonlar soyasida qolib ketadi.
Vahhobiylar  fanatizm  va  “muqaddas  urush”  tarafdorlari  bo‘lib 
chiqdilar.  Muhammad  Abdul  Vahhobning  akasi  Sulaymon  uzoq  vaqt 
ukasining  g'oyasiga  qarshi  chiqadi.  Xijoz  tarixchisi  Ibn  Zayni  Dahlan: 
“Bir kuni  Sulaymon ukasi Muhammaddan Islomdan nechta ustun bor? -  
deb  so‘raydi.  Ukasi  unga  beshta  deb javob  qaytaradi.  Shunda  Sulaymon 
“Y o‘q,  sen  oltinchisini  yaratding,  chunki  kim  senga  ergashmasa 
musulmon  emas,  deb  e’lon  qilding”,  deb  javob  qaytarganligini  yozadi. 
Bundan  ko ‘rinib  turibdiki,  ular  o ‘z  fanatizmi  yo‘lida  hatto  qarindosh- 
urug‘larini, yaqinlarini ham ayamaganlar.
Shu  sababli,  ular  hatto  o ‘zlariga  qo‘shilmagan  musulmonlardan 
ko‘ra  yahudiy  va  xristianlarga  ham  yumshoqroq  muomala  qilishgan. 
Ozgina  soliq  evaziga  ularga  uylarida  ibodat  qilishga  ruxsat  berishgan. 
Vahhobiylar  qayemi  hujum  qilib  bosib  olsalar,  qabristonlardagi 
maqbara,  yodgorliklami  buzib  tashlash  g ‘oyasini  olg‘a  surdilar  va  uni 
amaliyotda  qoiladilar.  Bu  bilan  egallagan  joylarida  o‘z  ta’limotlarini, 
g ‘alabalarini  mustahkamladilar.  Natijada  tarix  uchun  katta  ahamiyatga 
ega  bo ‘lgan  k o ‘plab  qimmatli  yodgorliklar  yo‘q  bo‘lib  ketdi. 
Vahhobiylar  bundan  tashqari,  o'zlarining  g ‘oyalariga  to‘g ‘ri  kelmagan 
ko‘plab ilohiyotchi olimlarning kitoblarini yoqib yubordilar.
36


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə