M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

Mamlakatimizda  mustaqillik  yillari  amalga  oshirilgan  ijobiy  ishlar 
bilan  bir  qatorda,  hali  o‘z  yechimini  kutayotgan  muammolar  ham  yo‘q 
emas.  1999  yidagi  fevral  voqealari,  2004-yildagi  29-30  mart  kunlari 
sodir  etilgan  qo‘poruvchiliklari  ta’lim-tarbiya,  targ‘ibot  sohasidagi 
ishimizda nuqsonlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Ularni  bartaraf  etish  uchun  barchamiz  bir  yoqadan  bosh  chiqarib, 
harakat  qiiishimiz  talab  etiladi.  Bu  yo‘lda  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq 
muammolami yechishga alohida e’tibor berishda:
-  sogMom  fikr  va  dunyoqarashga  ega  bo‘lgan  kadrlarni  tayyorlash, 
ulaming  salohiyatini  yurt  osoyishtaligi  va  xalq  farovonligi  yo ‘lida 
safarbar qilishga keng imkoniyatlar yaratib berish.
-  dinning  asl  insonparvarlik  mohiyatini  asrash,  uning  ma’naviy- 
m a’rifiy  salohiyatini  jamiyatdagi  barqarorlik,  ijtimoiy  hamkorlik, 
konvensiyalararo  hamjihatlikni  mustahkamlashga yo‘naltirish  borasidagi 
ishlarda tadrijiylikni ta’minlashdan  iboratdir.
Mavjud  muammolami  hal  etish  oliy  ta’lim  muaassalari  oldiga  qator 
vazifalami qo‘ymoqda. Jumladan:
•  Davlatimizning  vijdon  erkinligi  sohasida  olib  borayotgan  siyosatini 
hamda  uning  amaliy  natijasi  boMmish  qaror  topgan  diniy 
bag‘rikenglik  muhitini  yoshlar  orasida  keng  yoritishga  qaratilgan 
tadbirlarning samaradorligini  oshirish;
•  Islom  dinini  siyosatga  aylantirayotgan,  yovuzlik  va  terrorchilik 
mafkurasini 
yaratayotgan 
ko‘plab 
radikal 
va 
ekstremistik 
markazlaming,  birinchi  navbatda,  yoshlar  ongini  zaharlab,  zombiga 
aylantirib,  ulardan  terrorchilar tayyorlash  bo‘yicha  konveyer tashkil 
etayotgan, halifalik tuzishdek turli  xom-xayollami amalga oshirishga 
urinayotgan  qabih  kuchlaming  ildizini  qirqib  tashlash  borasidagi 
m a’rifiy ishlami kuchaytirish;
•  Turli  millat va din  vakillari  orasida totuvlikni mustahkamlash tomon 
qaratilgan tadbirlarning hozirjavobligi v a ta ’sirchanligini oshirish;
•  Missionerlik  harakatining  oldini  olish,  yoshlami chet  el  OAV  orqali 
tarqatilayotgan turli  xabarlar ta’siriga berilib  ketishining oldini  olish 
bo‘yicha tadbirlar uyushtirish va boshqalar.
OTM  xatti-harakatlarlarida  ta’lim  olayotgan  talaba-o‘quvchilami 
milliy  istiqlol  ruhida  tarbiyalash,  ularda  milliy  g‘urur  va  iftixor
5


tuyg'ularini 
kuchaytirish, 
zararli 
g'oyalarga 
qarshi 
mafkuraviy 
immunitetni  shakllantirish  hamda  diniy  ekstremizm  va  terrorizmga 
qarshi  kurashning  m a’naviy-ma’rifiy  asoslari  bo'yicha  bilimlarini 
boyitishga tomon qaratilgan o'quv-tarbiyaviy, ma'naviy-m a'rifiy  ishlami 
izchil  tashkil  etish,  uning  ta’sirchanligini  yanada  oshirish  maqsadida 
qoMlanma tayyorlandi.
Ilgari 
Respublikamizda 
vahhobiylar, 
diniy 
fundamentalizm, 
ekstremizm  va  xalqaro  terrorizm  haqida  ma'lumotlar  deyarli  yo‘q  edi. 
Prezidentimiz  I.A.Karimovning  "O ’zbekiston  XXI  asr  b o 's a g ^ id a : 
xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari"’, 
"Xushyorlikka  da’vat",  "Vatan  tinchligini  saqlamoq  kerak’',  "Tinchlik 
uchun  kurashmoq  kerak”,  "Vatanimizning  tinchligi  va  xavfsizligi  o ‘z 
kuch-qudratimizga,  xalqimizning  hamjihatligi  va  bukilmas  irodasiga 
bogMiq”,  "Yuksak  m a'naviyat  -   yengilmas  kuch”  va  boshqa  asarlarida 
diniy  fundamentalizm  va  ekstremizmning  mohiyati  va  xavfi  haqida 
batafsil tushuntirish berilgan.
Keyingi  yillarda  Respublikamizda  vahhobiylikning  kelib  chiqishi, 
diniy  fundamentalizm,  ekstremizm  va xalqaro  terrorizmning  kirdikorlari 
haqida bir qator asarlar, ko‘plab maqolalar paydo boMdi.
M uallif  ushbu  qollanm aning  yuzaga  kelishida  Abdurashid  qori 
Bahramov,  Muhammadbobur  qori  Y oidoshev,  Najmiddin  Kornilov, 
Qutbiddin  Burxonov,  Maxsudxo‘ja   Nuriddinov,  Abdiqayum  Azimov, 
Yunus  Abdullaev,  Xoji  Ismatulloh  Abdulloh,  Sobir  0 ‘nar,  Shodiqul 
Xamroev,  Hamrobonu  Musurmonova,  Zohidilla  Munavvarov,  Yevgeniy 
Abdullaev,  Ismoil  Saifnazarov,  G ‘affor  Xotamov,  Abdusalom  Umarov, 
Abdullajon  Begmatov,  Zuxriddin  Xusniddinov,  Aydin  Gudarzi  va 
boshqalarning  asarlari  va maqolalaridan  foydalandi.  Shu sababli,  muallif 
ularga  o 'z   minnatdorchiligini  bildiradi.  Shuningdek,  IKT  nizomi,  turli 
tashkilotlarning  ustavlari,  xalqaro  shartnomalar,  Internet  materiallaridan 
keng foydalanildi.
0 ‘ylaymizki,  mazkur qoMlanmani  o‘rganish jarayonida yoshlarimiz 
umuman  dinlar,  xususan  Islom  dini  tarixi,  ta ’limoti  to'g'risida, 
mamlakatimizda  vijdon  erkinligining  amalga  oshirilishi,  tinch-osoyishta 
hayot  tarzimizni  din  niqobi  ostida  buzishga  intilayotgan  kuchlarning  asl 
niyati  nima ekanligi  haqida to‘g‘ri, haqiqiy bilimga ega boMadilar.
6


1-MAVZU:  DAVLAT VA DIN.  0 ‘ZBEK IST0NDA DAVLATNING 
DIN VA DINIY TASHKILOTLAR BILAN MUNOSABATI
Darsni o‘tish texnologiyasi:
M avzuni  tushuntirish 
va 
Lining  sarnaradorligini  oshirish  uchun 
“B-B-B’ 
chizm asi  usulini  q o'llash  m aqsadga m uvofiq.
B-B-B chizmasi
Bilamiz
Bilishni xohlaymiz
Bildik
Mavzu  bo‘yicha  o‘quvchilarga  bilganlarini  yozish  taklif  etiladi. 
O'quvchi  daftariga “Bilamiz” -  deb bilganini  yozadi.  Bunga 5  daqiqa  vaqt 
beriladi.  Ushbu  vazifa  bajarilgach,  guruh  o ‘zaro  bilganlarini  bir-biriga 
aytib  beradi,  keyin  hammaning  fikrini  umumlashtirib,  5  daqiqa muhokama 
qilinadi.  So‘ngra har bir guruhdan  bir kishi  3  daqiqa ichida guruh nomidan 
taqdimot  o'tkazadi.  0 ‘quvchilarga  Z  daqiqada  “Mavzu  bo‘yicha  nimani 
bilmoqchisizlar?” 
savoliga 
javob 
yozish 
topshiriladi. 
Ular 
“Bilmoqchiman'’  -  degan  fikr  yozadilar.  Har  bir  guruhdan  bitta  o‘quvchi 
guruhning  fikrini  umumlashtirib  so'zga  chiqadi.  Keyingi  bosqichda 
o‘quvchilarga  mavzu  bo'yicha  matnlar  tarqatiladi.  0 ‘quvchilar  matndan 
yangi bilganlarini “Bilib oldim”- deb yozadilar.
Mashg'ulotlarda  bunday  texnologiyalardan  foydalanish  asarda  ilgari 
surilgan  g‘oyalami  o‘quvchi  yoshlar ongiga chuqurroq  singdirishga xizmat 
qiladi.
7


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə