M lafasov, X. S. Jumaniyozov, G. K. Masharipova, E. Xoliqov, E. M. Mallaeva diniy ekstremizm, missionerlik


- MAVZU:  MUSULMON OLAMINING TERRORIZMGA



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix26.10.2018
ölçüsü2,94 Mb.
#75640
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39

3- MAVZU:  MUSULMON OLAMINING TERRORIZMGA 
QARSHI KURASHI
Dars o ‘tish  texnologiyasi:
Mavzuni  yoritishda  o‘quvchilami  faollashtirishga  xizmat  qiladigan 
usullardan biri  “FSMU” texnologiyasi qoMlaniladi.
Ushbu  texnologiya  munozarali  masalalarni  hal  etishda,  bahs- 
munozara  o'tkazishda  qoMlaniladi,  chunki  bu  texnologiya  o ‘quvchilami 
o‘z  tlkrini  himoya  qilishga,  erkin  fikrlash  va  o‘z  fikrlarini  boshqalarga 
etkazishga,  ochiq  holda  bahslashishiga  hamda  shu  bilan  birga 
bahslashish  madaniyatiga  o‘rgatadi.  Ushbu  texnologiya  o‘quvchilarga 
tarqatilgan  qog‘ozlarga  o ‘z  fikrlarini  aniq  va  qisqa  holatda  ifoda  etib, 
tasdiqlovchi  dalillar  yoki  inkor  etuvchi  fikrlarni  bayon  etishga  yordam 
beradi.
O'tkazilish tartibi:
Har  bir  o‘quvchiga  FSMU  texnologiyasining  to‘rtta  bosqichi 
yozilgan qog'ozlar tarqatiladi.
F- fikringizni  bayon eting
S- fikringizga sabab ko'rsating
M- ko'rsatgan sababingizni  isbotlovchi  misol  keltiring
U- fikringizni  umumlashtiring
O^quvchilar bilan bahs mavzusi yoki muammo belgilab olinadi.
Kichik  guruhlarga  bo‘lib,  ularga  FSMU  texnologiyasining  to‘rtta 
bosqichi  yozilgan  katta  formatdagi  qog‘ozlar  tarqatiladi  va  ularga 
o‘quvchilaming  alohida  yozgan  qog‘ozlardagi  fikr  va  dalillarini 
umumlashtirgan  holda  yozishlari  taklif etiladi.  Kichik  guruhlar  yozgan 
fikrlarini  o‘qib himoya qiladilar.  Treningda o ‘qituvchi  tomonidan mavzu 
bo‘yicha fikrlar umumlashtiriladi.
Mavzuni inustahkamlashda “Pinbord” usulini  ham qo‘llash mumkin.
“Pinbord”  (inglizcha:  pin-mustahkamlash;  board-doska).Bu  o'qitish 
usulining  mohiyati  shundan  iboratki,  unda  munozara yoki  o ‘quv  suhbati 
amaliy  usul  bilan  bog'lanib  ketadi.  Uning  afzallik  funksiyalari- 
rivojlantiruvchi  va  tarbiyalovchi  vazifadir.  0 ‘quvchilarda  muloqat 
yuritish va munozara olib borish madaniyati  shakllanadi, o‘z fikrini faqat 
og‘zaki  emas,  balki  yozma  ravishda  bayon  etish  mahorati,  mantiqiy  va 
tizimli  fikr yuritish ko'nikniasi  rivojlanadi.
55


Yuqorida  ko‘rsatilgan  uslublarda  darslami  tashkil  etish  o‘quvchilar 
tomonidan 
mazkur  asaming 
mazmun-mohiyatini 
chuqur  anglab 
yetishlariga  imkoniyat  yaratadi.  Ulami  mustaqil  fikrlashga  o'rgatadi, 
ularda bahs-munozara,  qiyosiy tahlil  qilish ko’nikmalarini  shakllantiradi.
0 ‘tgan  asr  ajoyib  ilmiy  kashfiyotlar  asri,  inson  Koinot  olami  sirlari 
qo‘yniga  kirib  borgan  asr,  axborot  va  texnikaviy  imkoniyatlar  asri 
sifatida  tarixdan  joy  oldi.  Shu  bilan  birga,  XX  asr  oxiriga  kelib  ikki 
mafkuraviy  qutb  o ’rtasidagi  qarama-qarshilik  o 'z  intihosiga  etdi.  Dunyo 
xaritasida  keskin  o'zgarishlar  yuz  berib  yangi  mustaqil  davlatlar  paydo 
bo'ldi.  Ular  mustaqil  rivojlanish  va  ijtimoiy  munosabatlami  yangilash 
yo'liga 
o ‘tib 
o'zlarining 
jahon 
sahnasidagi 
mavqeilarini 
mustahkamlashga,  tenglar  orasida  teng  bo'lishga  harakat  qilishmoqda. 
Lekin 
bu 
yangilanishlar 
amalga 
oshirilayotgan 
jarayonning 
xususiyatlariga e’tiborni  qaratadigan bo'lsak, eng avvalo:
Bir qator mamlakatlarda keskin  siyosiy  vaziyat saqlanib,  demokratik 
jarayonlar qiyinchilik bilan qaror topayotganini;
Milliy  o'zlikni  anglashning  faol  jonlanishi  xamda  millatlar  va 
elatlarning o 'z  taqdirini  o'zi  belgilashga intilayotganini;
Etnik va millatlararo ziddiyatlarning saqlanib qolayotganini;
Qotib  qolgan  mafkuraviy  aqidalarning  qadrsizlanishi  hamda  siyosiy 
va  diniy  ekstremizmning  turli  shakllari  kuchayib  borayotgani  va 
boshqalami kuzatish  mumkin.
Jamiyat  hayotining turli jabhalarida  boshlanib  ketgan  tub  islohotlar 
milliy o'zlikni  anglash, m a’naviy -  diniy  qadriyatlami ham qamrab oldi.
Jahondagi  yirik  dinlardan  bo'lgan  Islom  dini  ham  bu  yangilanishlar 
jarayonidan  chetda  qolgani  yo‘q.  Musulmon  dunyosida,  hatto  undan 
tashqarida  ro‘y  berayotgan  hodisalar  jahon  hamjamiyatida  «islom 
ovozasi»  haqida  gapirish  imkonini  berdi.  Din,  shu jumladan,  islom  dini 
ming  yillar  davomida  inson  tabiatida  chuqur  ildiz  otgan,  undagi 
umuminsoniy  axloq  m e’yorlarini  shakllantirgan.  Odamlarda  ishonch 
hissini  mustahkamlagan.  Ularga hayot sinovlari  va qiyinchiliklami  engib 
o ‘tishlarida  kuch  baxshida  etgan.  Afsuski,  dindan,  insonlardagi 
e’tiqoddan  faqat  bunyodkor  kuch  sifatida  emas,  balki  vayronkor  kuch 
sifatida, 
o‘zlarining  tor  doiradagi 
manfaat-maqsadlarini 
amalga 
oshirishda foydalanishga urinish xollari  uchrainoqda.
56


XX  asrning so‘ngi  o ‘n yilliklarida, yangi  asrning  boshlarida xalqaro 
miqyosda  o'zini  baralla  namoyon  etayotgan 
diniy  ekstremizm  va 
terrorizm  xatarli  kuchga aylandi.  Bugungi  kunga  kelib  mazkur xatar shu 
qadar  keng  ko‘lam  va  xilma-xil  ko‘rinishlar  kasb  etdiki  odamlar  unga 
e’tiborsiz,  ba’zan  loqayd  bo‘lib  qaramoqdalar.  Ulaming  nazdida  «diniy 
ekstremizm», 
«xalqaro  terrorizm» 
hayotiy 
voqelikning  ajralmas 
qismidek.
0 ‘rta  asrlar  va  XIX  asr  oxirlariga  qadar  davlat  arboblariga  qarshi 
qaratilgan  qurolli  hujum  shaklida  paydo  bo‘lgan  siyosiy  terrorizmni 
bugun  har  qadamda  uchratish  mumkin  bo‘ldi.  O'tgan  asrning  60- 
yillaridan  boshlab  dunyoning  turli  mintaqalari  turli-tuman  terroristik 
tashkilotlar  o ‘chog‘iga  aylandi.  Ma’lumotlarga  qaraganda  hozirgi  kunda 
dunyoda  500  ga  yaqin  terrorchilik  tashkilotlari  faoliyat  ko'rsatmoqda. 
Ular  1968—1980-yillar  mobaynida 6700  ga yaqin  terrorchilik  ini  amalga 
oshirib 3668 ta kishining umriga zomin  bo‘lishgan!.
Zamonaviy  terrorizmning  ikkita  alohida  xatarli  belgisini  ajratib 
ko‘rsatish  mumkin:  bir  tomondan  u  tobora  shafqatsiz  g ‘ayriinsoniy 
mohiyat kasb  etib  borayotgan  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  aqlga sig‘dirish 
qiyin 
jo ‘g‘rofiy 
ko"lamlami 
zabt 
etmoqda. 
AQSh 
davlat 
departamentining  m a’lumotlariga  ko'ra,  1992-yiIda  362  ta  terroristik 
harakatlar  sodir  etilgan  bo‘lsa,  hozirgi  kunga  kelib  bunday  noxush 
hodisalar  yiliga  600  dan  oshib  ketdi.  Ekstremistlar  tomonidan  amalga 
oshirilayotgan  harakatlar odamlarning  ertangi  kunga  bo'lgan  ishonchiga 
putur  etkazmoqda,  xalqaro  miqyosdagi  muammolarni,  jumladan,  turli 
diniy  e’tiqod  vakillari  bo‘lgan  xalqlar  orasida,  turli  sivilizatsiyalar 
orasidagi  ishonchga  soya  tashlamoqda,  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarga 
to‘siq boMmoqda.
Ekspertlar 
fikricha, 
dunyoning 
turli 
mintaqalarida 
faoliyat 
yuritayotgan  ekstremistik  tashkilotlar  eng  zamonaviy  qurollar  bilan 
ta’minlangan  boMib,  ularning  ko‘pchiligi  o'ziga  islom  dinini  niqob  qilib 
olgan.  Bunday  tashkilotlar  qatoriga  «al-Qoida»,  «al-Jihod  al-Islomiy», 
«at-Takfir  val-Hijra»,  «Hizbulloh»,  «XAMAS»  va  boshqalami  kiritish 
mumkin.
1 Диний  экстремизм  ва терроргомта карши курашнинг маънавий-маърифий асослари.-Т.: 
«Тошкент ислом университета». 2005.-79-бет.
57


Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə